Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XV ASRDA MOVARAUNNAHRDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TARIXNAVISLAR HAYOTI VA FAOLIYATIGA NAZAR
Qarshiboyev Adham
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article provides important information about the life of historians who worked in Movaraunnahr in the 15th century, their historiography. They also provide detailed information about Amir Temur and Timurids' use of a unique style in covering socio-economic, political, and cultural history. Key words: Sharafuddin Ali Yazdi, Mirza Ulugbek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir, Muhammad Sharif, Timurids, Movaraunnahr, historiography, etc. ОБЗОР ЖИЗНИ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИСТОРИКОВ, РАБОТАВШИХ В МОВАРАННАХРЕ В XV ВЕКЕ Аннотация. В статье приводятся важные сведения о жизни историков, работавших в Трансоксании в XV веке, и их историографической деятельности. Они также предоставляют подробную информацию об их уникальном стиле освещения социально-экономической, политической и культурной истории Амира Темура и Темуридов и многое другое. Ключевые слова: Шарафиддин Али Язди, Мирзо Улугбек, Абдулазиз ибн Мухаммад ибн Тахир, Мухаммад Шариф, Тимуриды, Мавераннахр, историография и др. XV asrda Amir Temur va temuriylar davrida bir qancha Movaraunnahrlik tarixchi olimlar faoliyat yuritib kelgan. 9 96 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir va Muhammad Sharif — o'z zamonalarida muhim tarixchilar, olimlar va davlat arboblari bo'lgan. Ulardan eng yirigi Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning 1-yarmiga toʻgʻri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft qishlogʻida (Tafti-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning oxirgi choragida tugʻilgan. Uning tarjimayi holi haqidagi maʼlumotlar oʻzining va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi Shayx Hoji oʻz davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli — soʻfiylar bilan hamfikr boʻlgan. Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd soʻfiylari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning bundan keyingi faoliyati haqidagi maʼlumotlar, uning Sherozda Temuriylar saroyida xizmatda boʻlganligi bilan bogʻliq. Shohruxning oʻgʻli Mirzo Ibrohim Sulton 1414-yili otasi tomonidan Eronning Fors viloyatiga (markazi Sheroz) hokim qilib tayinlanadi. 1435-yilgacha Sharafiddin Ali ana shu shahzodaning saroyida xizmat qiladi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharafiddin Alidan qolgan ilmiy-adabiy meros, adabiyot va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha yozilgan asarlardir. U “Sharaf” taxallusi bilan sheʼrlar yozganligi ham maʼlum. Yazdiyning 1446- yili Hirotga kelgani, bu yerdan Samarqandga Ulugʻbek huzuriga borganligini ham taxmin qilish mumkin boʻlsa-da, biroq bu uzoq vaqt davom etgan emas. Aftidan, Shohrux vafoti (1447-yil) dan keyin tez orada Sharafiddin Ali oʻz vatani Taftga qaytib keladi va shu yerdagi xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha shunday yashaydi. U hijriy 858 (milodiy 1454)-yili vafot etadi va shu xonaqohga dafn etiladi. «Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub ilmi nujum, sheʼriyat va tariqat nazariyasiga oid bir qancha asarlar borki, ularni birma-bir sanab oʻtishni lozim topdik: 1. “Devoni Sharafi Yazdiy” (“Sharafi Yazdiyning sheʼrlar toʻplami”). 2. “Haqoyiq at-tahlil” (“Tahlil, yaʼni “La ilaha illalloh”ning haqiqatlari”). 3. “Sharhi “Qasidai burda” (“Qasidai burda”ning sharhi”). 4. “Sharhi “Asamoi Alloh” (“Alloh ismlari”ning sharhi”). 5. “Tuhfat ul-faqir va hadyat ul-haqir” (“Faqirning tuhfasi-yu haqirning hadyasi”). 6. “Munshaot” (“Xatlar toʻplami”). Maxsus nomga ega boʻlmagan, ammo Amir Temurning tarixi sheʼriy bayon etilgan asar.» 9 97 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu asar nomlaridan koʻrinib turibdiki, Sharafiddin Ali Yazdiy oʻz davrining anchagina bilimlari boʻyicha ozmi-koʻpmi maʼlumotga ega boʻlgan. Shuning uchun ham u Temuriy shahzodalar saroyida xizmatga taklif etilib, zamondoshlari orasida maʼlum darajada shuhrat qozongan. Uning tarixnavislik fani namoyandalari qatoridan oʻrin egallashiga sabab boʻlgan “Zarafnoma” asarining bitilish tarixi ham muallifning oʻz davrining yetakchi muarrixlaridan biri boʻlganligini koʻrsatib turibdi. “Zarafnoma” asari “Fathnomayi sohibqiron”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” degan nomlar bilan ham ataladi, lekin tarix fanida u koʻproq “Zafarnoma” nomi bilan mashhur. Asar tuzilishi jihatidan ikki qismga: Amir Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi “Muqaddima” va bevosita Amir Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qismga boʻlinadi. Har bir qism uchun alohida-alohida yozilgan, koʻp jihatdan mushtaraklikka ega boʻlgan soʻzboshilarda muallif mazkur qismlarning yozilish tarixini yo
Доказательный фрагмент
«This article provides important information about the life of historians who worked in Movaraunnahr in the 15th century, their historiography.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides important information about the life of historians who worked in Movaraunnahr in the 15th century, their historiography. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sharafuddin Ali Yazdi, Mirza Ulugbek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir, Muhammad Sharif, Mirzo Ulug`bek, tarixnavislik va boshqalar., Movaraunnahr, temuriylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024