К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO VOHASI AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL

Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Sa’dullayev Umid Shokirovich · Yo’ldosheva Feruza Yashin qizi · КАПЮШОН И НАШИВКА

Современная наука и исследования · 03 · 551-556 · 2026

Аннотация

This article gives a brief information about the traditional hats of women of the Bukhara oasis, their types, history of origin, as well as hats worn in various ceremonies and everyday life. Keywords: doppi, rumol, peshanaband, rumoli pulakchi. O‘zbek milliy liboslari qadim davrlardan beri maqtovga sazovor bo‘lib kelgan va o‘zbek madaniyati rivoj topgan ayni hozirgi davrda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Aholi an’anaviy kiyim-kechaklari-o‘rganilish jihatdan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Xususan, Buxoro vohasi aholisi maishiy turmush tarzining bevosita ajralmas bo‘lagi sifatida ushbu soha etnograf olimlarning diqqat markazida turadi. Ayollar bosh kiyimlari odatda, ikkiga bo‘lingan: boshga kiyiladigan kiyimlar: qalpoq, do‘ppi (kallapo‘sh),quloqchin va boshga o‘raladigan yoki yopinadigan ro‘mol, peshonaband, lachak, durra, durraband, lokki va h.k.1 Ayollarning an’anaviy bosh kiyimlari kiyim egasining oiladagi mavqeini aniq ifodalagan. 1 Дониёров А,Бўриев О,Аширов А.Марказий Осиё халқлари этнографияси, этногнези ва этник тарихи.- Т.:’’Янги нашр’’,2011,- Б.92. 600 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 CHunonchi, bosh kiyim va soch turmagiga qarab qiz bolani turmushga chiqqan kelindan, yosh onani farzandsiz ayoldan, o‘rta yoshli ayollarni esa keksa momolardan farqlash mumkin bo‘lgan. O. A. Suxareva2 T. G.Emelyanenko3, N. P. Lobacheva4lar o‘z asarlaridan Buxoro vohasi kiyimlari shu jumladan , ayollarning an’anaviy kundalik va marosim bosh kiyimlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishgan. Ayollar milliy liboslarini milliy bosh kiyimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida bo‘lgani singari, Buxoroda ham do‘ppi va ro‘mol asosiy ayollar bosh kiyimi bo‘lgan. Ko‘p joylarda, xususan qishloqlarda bosh kiyim yoshiga qarab har xil bo‘lgan.Qiz bolalar do‘ppi kiyib yurishgan. Samarqand, Urgut va uning tevarak atrofidagi qishloqlarda keng tarqalgan do‘ppilar tog‘lik tojik va Markaziy Osiyo yahudiy qizlari do‘ppisiga o‘xshagan yumaloq ko‘rinishda bo‘lib, hozirda bunday do‘ppilar yo‘qolib ketgan. 5 XX asrda qiz va juvonlar orasida dumaloq do‘ppi keng tarqalgan. Ayollar do‘ppisining sirti butunlay ’’o‘rma’’, ’’xodo‘zi’’ usulida kashtalangan. Bosh kiyim bilan bog‘liq turli marosimlar ham bo‘lgan.Masalan, to‘y o‘tgandan keyin do‘ppi ustidan peshona durra - peshonaband bog‘lab yurilgan. Birinchi farzand tug‘ilgandan so‘ng, do‘ppi o‘rniga ro‘mol bog‘lab yurishgan. Ko‘pincha, qo‘shaloq ro‘mol taqilgan.Birinchisi boshga shundoq tashlab, uchlarini orqaga yig‘ib qo‘yilgan. Ikkinchi ro‘mol esa uning ustidan peshona bilan bog‘langan.6 Buxoro yahudiylari bosh kiyimlari orasida duppining duppi tos deb atagan oltin naqshli turi 1930-1940 yillarda saqlanib qolgan: ularni qizlar, yangi turmush qurgan ayollar bir yil yoki bola tug‘ilguniga qadar kiyishgan, shuningdek keksa ayollar diniy bayramlarda kiyishgan, ibodatxonaga borishda va uyda qizlar singari, ro‘molsiz kiyishgan.7 Erondan kelgan payli – ro‘moli pulakchi va to‘qilgan matodan qilingan uchburchak sharflar ham ular uchun odatiy edi. Bunday sharfni to‘y paytida kelin to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshiga kiygan, yangi turmush qurganlar uni duppi tos ustiga kiyib, uchlarini iyak ostidan o‘tqazib, bo‘yin orqasiga bog‘lashgan. 2 О. А. Сухарева. История средне азиатского костюма Самарканд (2Лполовина XIX-начало XXв.).-Москва «Наука»,1982. 3 Емельяненко Т. Традиционный костюм бухарских евреев (проблемы этнокултурной идентичности).- Санкт- Петербург 2012. 4 Лобачева Н.П., Сазонова М.В. (ред.) Традиционная одежда народов Средней Азии и Казахстана.- Москва «Наука»,1989 5 Дониёров А,Бўриев О,Аширов А.Марказий Осиё халқлари этнографияси, этногнези ва этник тарихи.- Т.:’’Янги нашр’’,2011,- Б.93. 6 О. А. Сухарева . История средне азиатского костюма Самарканд (2Лполовина XIX-начало XXв.).-Москва «Наука»,1982,C.82. 7 Емельяненко Т. Традиционный костюм бухарских евреев (проблемы этнокултурной идентичности).- Санкт- Петербург 2012,- C.40. 601 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Buxoro yahudiy ayollarining o‘ziga xos ikki xil ro‘mol o‘rash usuli: pastki qismi - durra rumol - kichkina va peshonani yopib, baland bog‘langan, yuqori sarband- ro‘molning uchlari bo‘yin va orqa tomondan bog‘langan. Tojiklar va o‘zbeklar uchun, aksincha, tepasi kichikroq ro‘mol bo‘lib, katta ro‘molning uchlari ko‘kragiga osilgan holda qoldirilgan yoki bir uchi orqaga tashlangan. Peshonaband zardo‘zi naqshinkor ro‘mollari durra ro‘mol bilan bog‘liq bo‘lib, ular boy tojiklar va o‘zbeklar tomonidan ishlatilgan bo‘lsa-da, Buxoro yahudiylari orasida ham eng keng tarqalgan bo‘lib, bugungi kunda yahudiy sozandlari - xalq musiqasi ijrochilarining deyarli majburiy bosh kiyimidir.Ro‘mol kiyish Buxoro yahudiylari va qo‘shni aholining XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qizlarga xos liboslarining odatiy xususiyati edi. Ro‘mol Buxoro-Samarqand vohasida odatdagidek bog‘lanardi va tugunni boshning orqa tomoniga baland qilib qo‘yishardi.8 Mazkur maqol

Доказательный фрагмент

«This article gives a brief information about the traditional hats of women of the Bukhara oasis, their types, history of origin, as well as hats worn in various ceremonies and everyday life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article gives a brief information about the traditional hats of women of the Bukhara oasis, their types, history of origin, as well as hats worn in various ceremonies and everyday life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
doppi, rumol, peshanaband, rumoli pulakchi, ro‘mol, peshonaband, ro‘moli pulakchi., do‘ppi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники