К содержанию
РецензированоRU2026

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida innovatsion komponent

IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA · INNOVATSION KOMPONENT · Xudaynazarova D.X.

Цифровая экономика · 2026

Аннотация

Развитие инновационной экономики обеспечивает повышение уровня конкурентоспособности государства в современных условиях. В статье раскрывается понятие «инновации» как новшества и экономической категории. Рассмотрены особенности внедрения инноваций в условиях, когда цифровизация выступает в качестве движущей силы экономических процессов, направленных на инновационное развитие. Рассмотрены основные перспективные направления экономического развития государств в условиях цифровизации. Annotation: The development of an innovative economy ensures an increase in the level of competitiveness of the state in modern conditions. The article reveals the concept of “innovation” as an innovation and an economic category. The features of the introduction of innovations in the conditions when digitalization acts as a driving force of economic processes aimed at innovative development are considered. The main promising directions of the economic development of states in the context of digitalization are considered. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish davlat siyosatining zamonaviy yo‘nalishlaridan biridir. Iqtisodiyotni raqamlashtirish ham nazariy, ham amaliy jihatdan ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb mavzudir. Buning sababi, davlat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish jarayonida raqamlashtirish katta rol o‘ynamoqda. Tadqiqot muammosi sifatida raqamli iqtisodiyot institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy davlatda innovatsion komponentni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatlarini o‘rganish ko‘rib chiqildi. 5 “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022 Raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va barqaror dinamikasini oldindan belgilab beradi. Innovatsiyalar bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilar, shu jumladan O.V. Bartyuk [1], J.U. Qambarova [2], A.A. Kisurkin [3], I.L. Kovalyov [4], L.A. Milnikova [5], I.V. Solovyova, L.I. Ushvitskiy [6], E.V. Shilova [7] va boshqa mualliflar ishlarida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot maqsadi - raqamli iqtisodiyotning zamonaviy sharoitida innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish xususiyatlarini ko‘rib chiqishdir. Zamonaviy iqtisod sharoitida aynan bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish istiqbollariga erishish va davlatning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish mumkin. “Innovatsiya” tushunchasini tavsiflab, L.A. Milnikova o‘zining ilmiy ishlarida ba’zi olimlar “innovatsiya”ni “yangi kiritma” deb o‘rganishlarini, boshqalar esa uni innovatsion faoliyat natijasi deb ta’riflashlarini, boshqalar esa yangilikka sarmoya sifatida tushunishlarini ko‘rsatgan. Shubhasiz, innovatsiya - bu ilmiy va tadbirkorlik faoliyatining yakuniy natijasi holidagi yangilik bo‘lib, ilmiy loyihaga sarmoya sifatida talqin etiladi. Innovatsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida innovatsion jarayonlarda ishtirok etuvchi bilimlar majmui sifatida qaraladi, va o‘z navbatida bu iqtisodiy samara beradigan va zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan tyexnologik o‘zgarishlarni belgilovchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Innovatsiyalarning roli doimiy ravishda o‘sib bormoqda va innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion salohiyat, raqamlashtirish tushunchalari bilan bog‘liq. Bu jihat innovatsion rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan harakat elementlarining mavjudligini tavsiflaydi [5]. Ustuvor innovatsion rivojlanishni amalga oshirish ichki innovatsion salohiyat va boshqaruvning samarali ta’siri tufayli yuzaga keladi. Innovatsion rivojlanish strategiyasi davlatdagi innovatsion jarayonlarni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan. Muayyan boshqaruv ta’sirni ishlab chiqishda zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish shartlari va omillarini hisobga olish kerak [6]. O.V.Bartyukning ta’kidlashicha, keng ma’noda innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o‘sish omillari deganda ma’lum bir miqdoriy va sifatiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishiga yordam beradigan jarayonlar tushunilishi kerak. Muallifning fikriga ko‘ra, innovatsion iqtisodiy o‘sish omillarini ta’sir qilish usuli bo‘yicha shunday tasniflashni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri - innovatsion salohiyatni shakllantirishga va innovatsiyalarni amaliyotda qo‘llash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar. Bu guruh omillarining shakllanishiga milliy innovatsion tizimning (MIT) ichki elementlari va resurslari ta’sir ko‘rsatadi; 6 “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022 2) bilvosita - innovatsion salohiyatni shakllantirish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratuvchi omillar. Ushbu guruh omillarining shakllanishiga MITning tashqi elementlari ta’sir qiladi [1]. A.A.Kisurkinning tadqiqotida mintaqaning innova

Доказательный фрагмент

«Развитие инновационной экономики обеспечивает повышение уровня конкурентоспособности государства в современных условиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Развитие инновационной экономики обеспечивает повышение уровня конкурентоспособности государства в современных условиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technologies, raqamli tadbirkorlik, digital economy, raqamli iqtisodiyot, инновационное предпринимательство, raqamli texnologiya, инновационные технологии, innovatsion tadbirkorlik, цифровые технологии, цифровая экономика, цифровое предпринимательство, innovative technologies, digital entrepreneurship, innovatsion texnologiyalar, innovative entrepreneurship
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти