К содержанию
РецензированоUZ2019

QANDLI DIABET BILAN OG’RIGAN HOMILADOR AYOLLARDA KASALLIK KECHISHINING O’ZIGA XOSLIGI

ENTEROPATOGEN ESHERIXIYALARNING SEROGURUHLARI · Mamatova Muborak Nurpulatovna · Shayqulov Hamza Shodievich · Isoqulova Muxabbat Mardanovna

Современная наука и исследования · 588-589 · 2019

Аннотация

Ushbu ilmiy izlanishda diareya bo‘lgan bolalardan EPEC shtammlarini ajratib olindi, serogruppalari aniqlanib ularning salmog‘i baholandi. Bunda 7 tadan 17 tagacha har-xil serologik guruhlarga mansub EPEC lardan eng kup O26, O111, O155 va O114 serogruppalari qayd etildi. Escherichia coli ning O20, O91 va O158 serogruppalari eng kam o‘chraganligi (0,5%) aniqlandi Kalit so‘zlar. Enterobacteriaceae, Escherichia coli, E. coli, ETEC, enterotoksigen, EHEC, enterogemorragik, EIEC, enteroinvaziv, EaggEC, enteroagregativ, DAEC. Kirish. Enteropatogen esherixiya koli (EPEC) — bu Escherichia coli bakteriyasining patovar shtammlari bo‘lib, ular diareya kasalliklarini, ayniqsa bolalarda kolienterit kasalliklarini keltirib chiqaradi. EPECning turli seroguruhlari turli hududlar va populyatsiyalar orasida turlicha uchraydi. EPECning seroguruhlari (O18, O20, O25, O26, O44, O55, O86, O91, O111, O114, O119, O125ac, O126, O127, O128, O142 va O158 kabi) uchrash ehtimoli haqidagi aniq ma’lumotlar tadqiqotlar va ma’lumotlar manbalaridan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin. Bizning tadqiqotlarimiz asosida ushbu EPEC seroguruhlarining uchrash ehtimoli haqida so‘nggi yillardagi olingan ma’lumotlar kasallikning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash uchun zarurdir. Ishning maqsadi. 2019 - 2023 yillarda diareya bo‘lgan bolalardan EPEC shtammlarini ajratib olish, serogruppalarini aniqlash va ularning salmog‘ini o‘zaro qiyoslash. Material va uslublar. Kuzatuv 2019 - 2023 yillarda olib borildi va unda 6 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan 365 nafari (44,4%) 1 yoshgacha, 457 nafari (55,6%) 1-3 yosh oralig‘idagi jami 822 nafar diareya bo‘lgan bemor bolalardan EPEC ning jami 1063 ta shtammlari ajratib olindi. Tashxis va ajratilgan esherixiyalarning pato-, serogruppalari olingan axlatning bakteriologik tekshiruvi va seralogik reaksiyalar bilan identifikatsiya qilish 2009 yilda chop etilgan “Enterobakteriyalar tomondan chaqirilgan kasalliklarini mikrobiologik tashxislash yo‘riqnomasi”ga mos () holda tasdiqlandi. 7.1 106 2 7 Olingan natijalar. O‘rganilgan 2019 yilda 283 ta, 2020 yilda 250 ta, 2021 yilda 209 ta, 2022 yilda 164 ta, 2023 yilda 157 ta, jami 1063 ta EPEC shtammlari diareya bo‘lgan bemorlardan ajratildi va ularning serogruppalari aniqlandi. EPEC shtammlari eng kam 2022 yilda va 2023 yilda (mos ravishda 164 va 157 shtammi) ajratildi. O‘rganilgan yillarda bemorlardan ajratib olingan 1063 ta shtamdagi EPEC lar O18, O20, O25, O26, O44, O55, O86, O91, O111, O114, O119, O125ac, O126, O127, O128, O142 va O158 seogruppalarga yani 17 xil esherixiya serogruppalari aniqlandi (1-jadval). 1-jadval 2019 - 2023 - yillarda bolarlardan ajratib olingan EPEC seogruppalarining manzarasi Sero- 2019 2020 2021 2022 2023 Jami grupp shtamm % shtamm % shtamm % shtamm % shtamm % shtamm % O18 12 4,2 9 3,6 7 3,3 3 1,8 0 0,0 31 2,9 O20 3 1,1 1 0,4 1 0,5 0 0,0 0 0,0 5 0,5 O25 26 9,2 15 6,0 7 3,3 4 2,4 0 0,0 52 4,9 O26 34 12,0 42 16,8 49 23,4 47 28,7 57 36,3 229 21,5 O44 5 1,8 3 1,2 2 1,0 0 0,0 0 0,0 10 0,9 O55 33 11,7 31 12,4 27 12,9 22 13,4 39 24,8 152 14,3 O86 17 6,0 13 5,2 9 4,3 3 1,8 1 0,6 43 4,0 O91 2 0,7 2 0,8 1 0,5 0 0,0 0 0,0 5 0,5 O111 34 12,0 36 14,4 35 16,7 34 20,7 31 19,7 170 16,0 O114 30 10,6 25 10,0 20 9,6 22 13,4 20 12,7 117 11,0 O119 24 8,5 19 7,6 14 6,7 7 4,3 0 0,0 64 6,0 O125 20 7,1 18 7,2 11 5,3 4 2,4 0 0,0 53 5,0 O126 6 2,1 7 2,8 6 2,9 5 3,0 8 5,1 32 3,0 O127 7 2,5 5 2,0 5 2,4 4 2,4 0 0,0 21 2,0 O128 26 9,2 18 7,2 12 5,7 7 4,3 1 0,6 64 6,0 O142 2 0,7 3 1,2 3 1,4 2 1,2 0 0,0 10 0,9 O158 2 0,7 3 1,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 5 0,5 283 100 250 100 209 100 164 100 157 100 1063 100,0 Darhaqikat, bemorlardan ajratib olingan esherixiyalarning qayd etilishini so‘nggi besh yil ichida tahlili, esherixiyalarning sonini ko‘p bo‘lishiga qaramasdan yildan yilga ularning serogruppalar xilma-xiligining kamayib borganligi kuzatildi (2- jadval). 2-jadval 7.1 107 2 7 2019 - 2023 - yillarda bolarlardan ajratib olingan EPEC seogruppalarining xilma-xilligi God 2019 2020 2021 2022 2023 Shtamm 283 250 209 164 157 Kol-vo 17 17 16 13 7 serogrupp Jadvalda ko‘rinib turibdiki, 2019, 2020 yillarda bemorlardan ajratib olingan esherixiyalar eng ko‘p, ya’ni 17 xil serogruppasi ajratilgan. 2021 yilda 16 xil seroguruhlari bemorlardan ajratib olingan bo‘lsa 2022 yildan boshlab esa esherixiya seroguruhlarining xilma xilligi kamayib, shu yili 13 xil va 2023 yilda 7 xil esherixiya seroguruhlari bemorlardan ajratib olingan. Escherichia coli seroguruhlarning salmog‘i bo‘yicha tahllillar shuni ko‘rsatdiki, O26 serogruppasi salmog‘ining ortib borishi tendensiyasi kuzatilib: 2019 yilda - 12%%, 2020 yilda - 16,8% 2021 yilda - 23,4% 2022 yilda - 28,7% 2023 yilda - 36,3% tashkil qildi va o‘rganilgan yillarda o‘rtacha 21,5% ni tashkil etdi. ( 1-rasm) 1-rasm. Escherichia coli seroguruhlarning salmog‘i bo‘yicha o‘rganilgan yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari (%) 7.1 108 2 7 Xuddi shunday O111 serogruppasi salmog‘ining ham ortib borishi tendensiyasi kuzatilib: 2019 yilda -12%%, 2020 yilda - 14,4% 2021 yilda

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy izlanishda diareya bo‘lgan bolalardan EPEC shtammlarini ajratib olindi, serogruppalari aniqlanib ularning salmog‘i baholandi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy izlanishda diareya bo‘lgan bolalardan EPEC shtammlarini ajratib olindi, serogruppalari aniqlanib ularning salmog‘i baholandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ketoatsidoz, dekompensatsiya., insulinoterapiya, gestatsion diabet, homiladorlik, glikirlangan gemoglobin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники