К содержанию
РецензированоEN1990

BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991 YILLAR)

Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li

Современная наука и исследования · 1990

Аннотация

This article provides important information on economic indicators of Bukhara region on the eve of independence, the impact of state policy on the economy, state plans, agricultural issues, cotton policy, food, industrial sectors. Keywords: Cotton policy, "Reconstruction", "Cotton business" CPSU, secretary, collective farm, "Turon" bank, million rubles. ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ (1990-1991 ГГ.) Аннотация. В статье даны важные сведения об экономических показателях Бухарской области накануне обретения независимости, влиянии государственной политики на экономику, государственных планах, вопросах сельского хозяйства, хлопковой политике, продовольственной и промышленной отраслях. Ключевые слова: Хлопковая политика, «Перестройка», «Хлопковый труд», КПСС, секретарь, колхоз, банк «Турон», миллион рублей. Mustaqillik arafasida iqtisodiy mumammolar ko’zga tashlana boshladi. Chunki asosiy e’tibor paxta yetishtirishga qaratilgan edi. 80-yillardagi “Paxta ishi” tergovlari, “Qayta qurish” siyosatining jadallashuvi mamlakatnin to’lqinlantirib yubordi. Buxoro oblasti bu davrda respublikadagi yetakchi hududlardan biri sifatida e’tirof etilardi. 90-yillarning boshiga kelib vaziyat yanada keskinlasha boshladi. Ushbu davr iqtisodiyot uchun o'tish davri hisoblanib, ko'plab iqtisodiy qiyinchiliklar va yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashish jarayonlari bilan kechdi. Shunga qaramay viloyat iqtisodiy o’sish bo’yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etgan. Viloyat iqtisodiyot bo’limining tahliliga ko’ra 1990-yilning 1-choragida sanoat hajmi 3,7 foizga o’sdi. Rejadan tashqari 9,6 mln rubl xalq istemoli mollari ishlab chiqarildi. O’sish sur’atlari oldingi yilning tegishli davriga nisbatan 115,9 foizni tashkil ertdi1. 1 “Buxoro haqiqati” gazetasi. 1990 yil 10 aprel 1018 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Kapital qurilishda davlat kapital mablag’larni o’zlashtirish va qurilish-montaj ishlari chorak rejasi bo’yicha 108,6 foizdan 110 foizga bajarildi. Keyingi davrda birinchi marta shunday ko’rsatkichga erishildi. Sanoat ishlab chiqarish ko’rsatkichi 1990-yilda 4259.8 mln rublni tashkil qilib oldingi yillarga nisbatan sezilarli o’sishni qayd etgan. Mahsulotlarning yetishmasligi 1990- yilda 12,4 mln rublni, istemol tovarlar ishlab chiqarish 1990-yilda 1601.3 mln rubl, yuk aylanmasi 1990-yil 18944 tonna.kmni tashkil etgan 2 . Qishloq xo’jaligi hali ham paxtachilikka bo’ysundirilgan bo’lib, don yetishtirish yil bo’yicha 2634 tonnani tashkil etgan. Viloyat o’z aholisini to’liq un va non bilan ta’minlay olmagan. Shuning uchun un va un mahsulotlari viloyatga import qilingan. Buxoro viloyati Oʻzbekistonning yirik paxtachilik hududlaridan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri paxta yetishtirish edi. Biroq, 1990- 1991 yillarda paxta xomashyosini qayta ishlash va uni eksport qilish bilan bogʻliq qiyinchiliklar kuzatildi.Paxta xomashyosi esa o’sishni qayd etib 522518 tonnani tashkil etib o’tgan davrga nisbatan sezilarli o’sishni qayd etgan. Paxta tolasi ishlab chiqarish 168594 tonnaga yetgan. Ma’lumki 1989 yilda O’z SSr Kom partiyasi birinchi kotibi I. Karimovning qishloq aholisiga tomorqa va yer-uchastkalarini davlat yerlari hisobidan bo’lib berish bo’yicha farmoni qabul qilinga bo’lib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlarni yetishtirish maqsadida tomorqa yerlari ajratila boshlandi. Shunga qaramay sabzavotlar yetishtirish 114660 tonnani tashkil etgan bu ko’rsatkich aholi uchun biroz kamlik qilgan. Viloyatda qovun yetishtirish 1990-yilda 38658 tonnani tashkil etgan bo’lib, yillik rejani 70 foziga yaqini bajarilgan xolos. Kartoshka esa 2626 tonna yetishtirilganva bu viloyat ehtiyojidan pastroq ko’rsatkichni tashkil etgan. Chorva yaylovlarining kamligi va qoramollarning turli kasalliklardan kamayib ketganligi tufayli sutning miqdori ham kamayib 1990-yilda 94249 tonna sut olingan3 . Iqtisodiyotning yana bir asosiy tarmog’i hisoblangan qorako’l teri yetishtirish ortib borgan. Misol uchun 1990-yilda 58300 donani tashkil etgan bo’lsa, 1991-yilda 608788 donaga yetgan. 1991-yilda davlat rejasi 58300 dona bo’lgan va reja 104.4 foizga bajarilgan. Davlat kapital mablag’lari umumiy hajmida korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari salmog’i ko’payib, 34 foizga yetdi. Birinchi chorakda Navoiy elektroximiya zavodida 4,5 tonna treflan ishlab chiqarish bo’yicha quvvatlar. Vobkent tumanida 100 ming kub metr mahsulot ishlab chiqaradigan agloporit sexi. Uchquduq shahri va Navoiy tumanida Avtomat telefon stansiyalari qurilib ishga tushirildi. 1990-yil 1-aprelgacha 200 ming gektardan ziyod yerdan ziyod maydonda namni saqlash tadbirlari amalga oshirilib, 33 ming gektar yer ekishga tayyorlab qo’yilgan. Yil boshidan buyon viloyatda 8674 tonna chorva va parranda go’shti xarid qilingan. Bu rejaga nisbatan 115,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek 22122 tonna yoki 115.3 foiz sut, 41,7 mln dona yoki 112.1 foiz tuxum xarid qilingan. Chakana tovar aylanmasi 103.8 2 Buxoro viloyat davlat arxivi 947-fond, 2604-delo

Доказательный фрагмент

«This article provides important information on economic indicators of Bukhara region on the eve of independence, the impact of state policy on the economy, state plans, agricultural issues, cotton policy, food, indust…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides important information on economic indicators of Bukhara region on the eve of independence, the impact of state policy on the economy, state plans, agricultural issues, cotton policy, food, indust… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cotton policy, "Reconstruction", "Cotton business" CPSU, secretary, collective, Paxta siyosati, “Qayta qurish”, kotib, “Paxta ishi” KPSS, “Turon” bank, kolxoz, mln rubl.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники