Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING ASOSIY BELGILARI (Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar misolida)
Subanov Olimjon Suyarkul o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi · LAW ENFORCEMENT BODIES. (Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi)
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article covers the main features of cooperation of internal affairs bodies with law enforcement bodies. Keywords: internal affairs bodies, law enforcement bodies, maintaining public order, crime prevention. ОСНОВНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ С ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫМИ ОРГАНАМИ. (В отношении органов, осуществляющих профилактику правонарушений) Аннотация. В статье рассматриваются основные особенности взаимодействия органов внутренних дел и правоохранительных органов. Ключевые слова: Органы внутренних дел, правоохранительные органы, охрана общественного порядка, профилактика преступлений. Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining asosiy belgilaridan biri ularning huquqiy tartibga solinganligidir. Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining huquqiy tartibga solinganligi uni tashkil etish tartibini mustahkamlaydi, hamkorlikka kirishuvchi har bir sube’ktning mas’uliyatini oshirishi bilan birgalikda ularning huquq va majburiyatlarini huquqiy kafolatlaydi. Shuning uchun, biz Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligini tartibga soluvchi huquqiy normalar va ularni qo‘llash amaliyotini ilmiy-nazariy tahlil 1012 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 qilishimizdan oldin avvalo, mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi huquqiy asoslarni mazmun-mohiyatini to‘liq anglab olish uchun ularni tegishli guruhlarga ajratib tahlil qilib olishimiz lozim bo‘ladi. a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; g) Ichki ishlar vazirligining idoraviy, shuningdek boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda qabul qilgan idoralararo normativ-huquqiy hujjatlari; d) mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qarorlari Konstitutsiyaning normalari demokratik jamiyatdagi barcha munosabatlarni ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda tartibga solishning birlamchi asosiy manbai sifatida xizmat qilishi bilan har qanday huquqqa xilof qilmishning oldini olishni ta’minlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir guruh qoidalari o‘z navbatida jinoyatlarning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lib, fuqarolarni har xil turdagi jinoiy tajovuzlardan himoya qilishda va ularni jamiyatdagi umuminsoniy, axloqiy normalar asosida tarbiyalashda asosiy manba hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning 13-moddasida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Mazkur ulkan va sharafli vazifalarni ta’minlash, boshqa davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari qatori Ichki ishlar organlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining ham asosiy vazifasidir. Konstitutsiyaning 121-moddasida qonuniylik va huquq- tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda jamoat tashkilotlari va fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatishi mumkinligi kafolatlangani ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini tashkil qilishga asos yaratib bergan bo‘lsa, 58- moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga, ayni paytda jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi ushbu hamkorlikning aniq chegarasini belgilab beradi. Konstitutsiyamizdan keyingi eng asosiy xuquqiy asoslarimizdan biri bu, O‘zbekiston Respublikamizda qabul qilingan qonunlar xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘ligi davlat tomonidan muhofaza qilinadi va kafolatlanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir” deb ko‘rsatib o‘tilgan, 40- moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”[1] deb sog‘ligi yomonlashganda va boshqa hollarda sog‘liqni saqlash organlariga murojaat etishi va davolanishi mumkinligi belgilangan, shu bilan birga mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat 1013 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 tomonidan bepul amalga oshirilishi ta’minlanadi. Konstitutsiyada ko‘rsatilgan fuqarolarning tibbiyot sohasidagi kafolatlarini ta’minlashda Ichki ishlar organlari sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlik qilishlari va aholining bu boradagi huquq va ekrinliklaridan foydalanishlariga va o‘z navbatida qonun normalarining bajarilishini amalga oshiradi. Xozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga nisbat katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008-yil 7-yanvar qonunining qabul qilinganligi, birinchidan, jamiyatda bolalar huquqlari kafola
Доказательный фрагмент
«This article covers the main features of cooperation of internal affairs bodies with law enforcement bodies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the main features of cooperation of internal affairs bodies with law enforcement bodies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- internal affairs bodies, law enforcement bodies, maintaining public order, jamoat tartibini saqlash, Ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026