Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XALQ MAQOLLARINING LEKSIK-SEMANTIK JIHATLARI
LEKSIK-SEMANTIK JIHATLARI · Kaxxarova Shaxlo Shaydilloyevna · СКАЗКАХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article describes the appropriate use of folk proverbs in the stories of Abdullah Qahhor and their lexical and semantic features. Proverbs and sayings, as in his works, have developed inseparably over the centuries, preserving their original form, and have become the main element of literary works. There are many genres. Keywords: nation, people, literature, proverbs, metal, education, culture, etiquette, everyday life. O‘zbekning atoqli va zabardast yozuvchisi, o‘tkir qalam sohibi Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq maqollari hamda qardosh xalqlar maqollarini unumli ishlatib, o‘zining yashayotgan davridagi siyosiy tuzum oqibatida qiyinchilik bilan hayot kechirayotgan xalqning, millatning kundalik hayotini yoritishda ustalik bilan foydalanadi. Shuningdek, aksar hollarda maqolninig asl tuzilishini o‘zgartirmaydi va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalanib, maqol va matallarni hikoyaning istagan qismiga mos ishlata oladi. 994 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Maqollardan ma’no kuchaytirish va vaziyatni fosh qilish kabi maqsadlarda foydalanadi. Hikoyani o‘qishdan oldin maqolni o‘qigan o‘quvchi bir butun hikoya ma’nosini anglab yetadi. Abdulla Qahhor asarlari tarkibidagi kabi maqol va matallar asrlar osha bir-biridan ajralmagan holda rivojlanib, o‘z qolipini saqlab qolgan holda badiiy adabiyotda muallaq o‘rniga ega janrlar bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev Abdulla Qahhorni shunday eslaydi: “Mana, Abdulla Qahhor haqida xotiralar kitobi chiqayapti. Ulkan rus adiblari haqida zamondoshlari bitgan ko‘p xotiralarni o‘qiganman. Ayniqsa, I.Buninning Chexov haqidagi yodnomalari yoqadi. Unda Chexovning qanday o‘tirishi, havo qandoq ekani va nimalar degani g‘oyat aniqlik bilan yozilgan. O‘zimning Abdulla Qahhorni ko‘rgan chog‘larim haqida o‘ylab, xotiralarimni beixtiyor anavi yodnomalarga solishtirishni istasam: “Tavba, — degim keladi. — Bunin Chexovning uyiga reportor sifatida borar ekan, xolos. Yoki… uning xotirasi o‘zi — mo‘’jiza”. Bir yozuvchi boshqa yozuvchining asarlarini turli yillarda tarjima qilsa, bilingki, bu shunchaki havas emas, balki uning asarlarini tarjima qilayotgan odamga yuksak ishonch belgisidir. Menga Qahhorning shaxsiyati, xarakteri, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi yoqadi, qobiliyati Menga uning o‘ziga xos jihati bo‘lgan lirika va kinoya yoqdi.Bir so‘z bilan aytganda, uning barcha jihatlari menga yoqdi.Uning hayotida ham, ijodida ham jasoratini alohida qadrladim, bu uning asarlari uchun tanlagan hayotiy materialida yaqqol namoyon bo‘ldi. U materialga mavzuni va muammoni qanday hal qilganini eslaydi, deb eslaydi yozuvchi Konstantin Simonov1. “Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq. Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham kerak.”2-Abdulla Qahhor Abdulla Qahhor bosib o‘tgan hayot yo‘li ham, ijod yo‘li ham vijdon yo‘li edi. U so‘nggi nafasigacha millat dardi bilan yashadi. Shuning uchun ham unga og‘ir bo‘lgan. Mamlakatda toza fikrlaydigan odamlar kamayib ketgani, shular ham iqtidorini yangi haqiqat izlashga emas, eskilarini takrorlashga sarf aylaganiga qaramay, Abdulla Qahhor doimo ozod fikr, yangi haqiqatlar uchun kurashgan — yolg‘izlanish, tanqidu ta'qiblarni pisand qilmasdan kurashgan. 1 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002. – 558 b 2 Abdulla Qahhor “Yo‘qotganlarim va topganlarim”.-2008 995 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Abdulla Qahhorning ijodiy nafasidan nomardlik, har qanday g‘irromlik titragan, tubanlik o‘zini panaga tortgan. Unga tish qayraganlar esa yuzlariga niqob tortishga majbur bo‘lishgan. Uning borligi millatning ham davlati, ham sarvati, ham shavkati bo‘lgan. Mubolag‘asiz shunday! Ma’lumki, Abdulla Qahhor mahoratining ildizlari nafaqat milliy adabiyotimiz zamini, balki mumtoz rus adabiyoti namoyandalari — Tolstoy, Turgenev, Gogol`, eng avvalo, Chexov ijodiy tajribalari bilan ham chambarchas bog‘liq. Sirasini aytganda, Abdulla Qahhor jahon adabiyotidagi yutuqlarni imkon darajasida ijodiy o‘zlashtirib, milliy nasrimizda yangi sahifalar ochgan. Bu sahifalarda muhrlangan so‘zlar, tuyg‘u va xarakterlarga takror-takror nigoh tashlagan sayin insonning so‘z vositasida mo‘jiza yaratish salohiyatiga bo‘lgan ishonch shuncha ortadi. Men, barcha tengdoshlarim qatori, Abdulla Qahhor asarlarini o‘qishni bolalikda — maktab darsliklaridan boshlaganman. Abdulla Qahhorning meni dastlab juda qiziqtirgan asari “Anor” hikoyasi edi. Shu hikoyadan keyin birin-ketin adibning yupqa-qalin kitoblarini topib o‘qishga kirishib ketganman. Bolalik olislarda qoldi. Yigitlik shamolday o‘tdi-ketdi… Lekin men hamon qahhorxonlikdan to‘xtaganim yo‘q. O‘qish ishtiyoqi ham, taassurot va mu
Доказательный фрагмент
«This article describes the appropriate use of folk proverbs in the stories of Abdullah Qahhor and their lexical and semantic features.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the appropriate use of folk proverbs in the stories of Abdullah Qahhor and their lexical and semantic features. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nation, people, literature, proverbs, metal, education, culture, etiquette, metall, maorif, kundalik turmush., adabiyot, maqol, xalq, madaniyat, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025