Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOMILANING NOTO`G`RI JOYLASHISHI
HOMILANING NOTO`G`RI JOYLASHISHI · Rajabova Dildora · НЕПРАВИЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ПЛОДА
Современная наука и исследования · 7 · 2026
Аннотация
Starting from the 29th-30th week of pregnancy, the fetus begins to take a favorable position for birth in the mother's womb. This position is determined by the position of the axis of the uterus and the axis of the fetal spine relative to each other. Usually, the most favorable position for both the woman and the fetus is the position where the fetal head enters the woman's small pelvis. However, in some pregnant women, as a result of the malposition of the fetus, the birth process becomes difficult and, if possible, can be life-threatening. Keywords: fetus, uterus, spine, small pelvis, childbirth, malposition, uterine defects. Homilaning kichik chanoqda ko‘ndalang, qiyshiq joylashganligi noto‘g‘ri joylashuv deyiladi. Har 200 ta homilador ayoldan 1 tasida homilaning no`to`g`ri joylashuvi kuzatiladi. Odatda homiladorlikning bu holati normada tug`ruq muddatigacha kutiladi. 989 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Lekin o`ziga xos qiyinchiliklar tug`dirganligi sababli ham vrach hamda homilador ayol tomonida so`nggi muddatlarda kuzatuvda bo`lishi talab etiladi. Sabablari: • Ko‘p tug‘ish hamda tug‘ruqlari orasining qisqa bo‘lishi; • Bachadon nuqsonlari (ikki shoxli bachadon, egarsimon bachadon) • Ko‘p suvlik yoki kam suvlik; • Homila gipotrofiyasi (ko‘p harakat qiladi); • Muddatdan oldingi tug‘ruq; • Yirik homila; • Ko‘p homilalik; • Yo‘ldoshning oldin kelishi; • Gidrotsefaliya (homilada rivojlanish anomaliyalari kuzatilsa); • Anotomik tor chanoq; • Bachadon miomasi. Homila pozitsiyasi bu- homilaning orqa tomoni qaysi tomonga qaraganiga ko`ra holati: 1. orqa chapga qaragan 2. orqa o`ngga qaragan Homila holati bu- homila o`qining bachadon o`qiga qay holatda turishidir: 1. Uzunasiga holat 2. Ko`ndalang holat 3. Qiya holat Homilaning oldinda kelishiga ko`ra: 1. Boshi bilan 2. Chanoq bilan 3. Ko`ndalang 4. Homilaning qiyshiq kelishi Homilaning chanoq bilan kelishiga ko`ra: 1. To`liq 2. Qisman Homilaning oyoq bilan kelishiga ko`ra: 1. to`liq (2 ta oyoq bilan) 2. qisman (1 ta oyoq bilan) 3. tizza bilan Homilaning bachadonda noto‘g‘ri joylashuvi tashxisi qo‘yilgan ayol homiladorlikning 35- 36 haftalariga kelib, albatta tug‘ruqxonaga yotqizilishi shart! 990 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Negaki, odatda bunday ayollarda tug‘ruq muddatidan erta boshlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, shifokor nazoratida bo‘lish ko‘ngilsiz oqibatlarning yuzaga kelmasligini ta’minlaydi. Suv ketishi holati kuzatilganda, yo‘ldosh ichidagi suyuqlik bilan birga bolaning qo‘li yoki oyoqchasi ham tug‘ruq yo‘liga chiqib qolish xavfi bor. Bu esa bolaning tug‘ruq yo‘lidan harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ilgari bunday holatlarda akusher homilani “tashqi burish” amaliyotini bajargan bo‘lsa, hozirda bu usuldan foydalanilmayapti. Chunki uning amaliy foydasi kam ekanligi isbotlangan. Asoratlari: • Homila pufagining barvaqt yorilishi; • Muddatdan ilgari tug‘ruq; • Tug‘ruq faoliyatining sustligi; • Homila gipoksiyasi va asfiksiyasi; • Bachadon yorilishi. Muammoning oldini olish uchun Homila to‘g‘ri holatda joylashib olishiga yordam berish uchun homilador ayollarga bir qancha mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Bu mashqlar odatda homiladorlikning 29-34 haftalari oralig‘ida bajarilishi lozim. Bo‘lajak ona navbatma-navbat o‘ng va chap yonboshida yotadi. Har bir yonboshga yotish oralig‘i 10 daqiqa bo‘lishi lozim. Har bir yonboshda 3 martadan yotish kerak, mashqlarni kuniga kamida 3 marta bajargan ma’qul. Ammo ayol bachadonida chandiq, mioma, qonli ajralmalar, yurak xastaliklari kabi muammolar kuzatilsa, mashqlar ta’qiqlanadi.
Доказательный фрагмент
«Starting from the 29th-30th week of pregnancy, the fetus begins to take a favorable position for birth in the mother's womb.»
Образец извлечения
Демо-превьюStarting from the 29th-30th week of pregnancy, the fetus begins to take a favorable position for birth in the mother's womb. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fetus, uterus, spine, small pelvis, childbirth, malposition, uterine defects, tug`ruq, bachadon nuqsonlari, homila, kichik chanoq, bachadon, noto`g`ri joylashuv, umurtqa pog`onasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026