К содержанию
РецензированоRU2026

MINORAI KALON

MINORAI KALON · Rasulova Mohichehra Maston qizi · THE GREAT TOWER

Современная наука и исследования · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the architectural monument of the Great Tower, a historical gem of the city of Bukhara. Keywords: The Great Tower, Arslankhan, Karakhanids, Mir Arab Madrasah, The Great Mosque, Master Baqo, Cage. ВЕЛИКАЯ БАШНЯ Аннотация. В статье анализируется архитектурный памятник Большая башня, являющийся историческим шедевром города Бухары. Ключевые слова: Минарет Калан, Арсланхан, Караханиды, медресе Мир Араб, мечеть Калан, Мастер Бака, клетка. Minorai Kalon – Buxoro shahridagi eng mashhur meʼmoriy obidalardan biri bo‘lib, u sharq arxitekturasi durdonalaridan sanaladi. “Kalon” soʻzi fors tilida “buyuk” yoki “ulugʻ” degan maʼnoni anglatgani bois, Minorai Kalon “Katta minora” degan ma’noni bildiradi. Buxorodagi ushbu meʼmoriy yodgorlik Markaziy Osiyodagi eng go’zal minoralardan biri hisoblanadi. Bu minoraning tarixi, meʼmoriy o‘lchamlari va diniy ahamiyati bilan bir qatorda, xalq orasida o‘ziga xos afsonalari bilan ham mashhurdir. Oʻz davrida Minorai Kalondan yuqoridan kuzatish, aholini hayit namozlariga va juma namozlarida сhorlash maqsadida foydalanilgan. Rivoyat qilishlaricha, shaharga kelayotgan karvonlar o'z yo'llarini osongina topishlari uchun minora tepasida tunda olov ham yoqilgan.1 Minorai Kalon Qoraxoniylar hukmdori Amir Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon tomonidan XII asrda, aniqrog‘i, 1124-1127 yillarda qurdirilgan. Masjid va madrasalarga tutash qilib qurilgan ushbu minorani tiklashdan maqsad aslida, shaharning bosh masjidiga odamlarni namozga chorlash bo‘lgan. 1 Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet 979 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Minora yaqinidagi Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi bilan birga yagona majmua tashkil etadi. Bu hudud oʻz davrida nafaqat diniy markaz, balki ilm-fan va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan2. Minorai Kalonning balandligi 47 metrni tashkil etadi va u Buxoro osmonida yuksak koʻrinib turadi. Uning tag qismi 9 metr diametrda boʻlib, yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi. Minora maxsus pishiq g‘ishtdan ishlangan boʻlib, g‘ishtlar geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Ushbu bezaklar yillar davomida oʻz jozibasini yoʻqotmagan va minora mustahkamligini saqlab qolgan. Minorai Kalon yuqoridan masjidlarga va shaharga chaqiriq ovozini yetkazib beradigan baland maydoncha bilan yakunlanadi. Minoraga uning ichidagi 104 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin3. Minorai kalon atrofidagi hovlilardan birida Minora bunyodkori usta Baqoning qabri joylashganligi to’grisidagi ma’lumotlar ham bor. Minorai Kalon haqida xalq orasida turli afsonalar yuradi. Ulardan biri shuki, minoraning qurilishida tuya suti va alebastr qorishmasidan foydalanilgan bo’lib, minoraning poydevorini tiklash jarayonida usta Baqo birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, qahraton qishning ayozi ,yozning jaziramasida toblangan poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻngina qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan. Bu esa uning mustahkamligini taʼminlagan. Yana bir rivoyatda Chingizxon bilan bog‘liq. Chingizxon shaharni zabt etib, uning himoyachilarini yengganidan so‘ng, u minora yonidagi maydonga kirdi. Yuqoriga qaraganida boshidan dubulg‘asi tushib ketadi. Chingizxon uni yerdan ko‘tarish uchun engashadi va shunday deydi: “Men hech qachon hech kimga bosh egmaganman, lekin bu inshoot shunchalik ulug‘vorki, ta’zimga loyiqdir.” Boshqa bir afsonaga koʻra, minora Buxoro xalqi va ularning o‘zaro birdamligi ramzi sifatida barpo etilgan. Minorai Kalon Buxoroning faxri hisoblanadi va bu yodgorlik xalqaro sayyohlar orasida katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. 1924-yil Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan. 1960-yil Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan. 1997-yilda Buxoroning 2500 yilligi nishonlangan bo’lib, mana shu munosabat bilan ko’plab me’moriy yodgorliklar bilan bir qatorda Minorai Kalonda ham taʼmirlash ishlari olib borilgan4. 2 Бобожонов Ш. Шариф шаҳар ёдгорликлари (Бухоро тарихий обидаларига саёҳат). Бухоро: Бухоро нашриёти, 2017 — 310-bet. 3 Бобожонов Ш. Шариф шаҳар ёдгорликлари (Бухоро тарихий обидаларига саёҳат). Бухоро: Бухоро нашриёти, 2017 — 310-bet. 4 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 980 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 To’qqiz asrlik minora YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirgi kunda minora atrofida madaniy va diniy tadbirlar tashkil etilib, uning tarixiy ahamiyati saqlanib kelmoqda. Minorai Kalon nafaqat O‘zbekistonda, balki butun musulmon olamida ulkan diniy va tarixiy obida sifatida tan olingan. Uning betakror go‘zalligi va boy tarixi Buxoro shahrining qadimiy ruhini aks ettiradi.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the architectural monument of the Great Tower, a historical gem of the city of Bukhara.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the architectural monument of the Great Tower, a historical gem of the city of Bukhara. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The Great Tower, Arslankhan, Karakhanids, Mir Arab Madrasah, The Great, usta Baqo, qafasa., Arslonxon, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, Qoraxoniylar, Masjidi Kalon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники