Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFESSIONAL SPORTNI BOSHQARISH MODELLARI
Davurbayeva M.J.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article focuses on the reforms being implemented in the sports sector in our country and the models that are being put forward for the quality of training specialists in the field of physical education and sports managers. Keywords: Physical education, sports and tourism, Resolution “On measures to further improve the system of training personnel and scientific research in the field of physical education and sports”. МОДЕЛИ УПРАВЛЕНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫМ СПОРТОМ Аннотация. В статье рассматриваются реформы, реализуемые в спортивной сфере в нашей стране, а также предлагаемые модели повышения качества подготовки специалистов в области физической культуры и спортивных менеджеров. Ключевые слова: Физическая культура, спорт и туризм, Постановление «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы подготовки кадров и научных исследований в области физической культуры и спорта». Sportdagi mehnat munosabatlarining yuqoriroq darajadagi rivojlanishi va huquqiy tartibga solinishini professional sport munosabatlarida yaqqolroq kuzatishimiz mumkin. Bunda sportchi tovar-pul munosabatlarining ishtirokchisi, oldi-sotdi predmeti, daromad keltiruvchi yollanma ishchi kuchi sifatida namoyon bo‘ladi.Dunyoda professional sportning ikki asosiy modeli, ya’ni Amerikacha va Yevropacha modellari shakllangan bo‘lib, ularning har biri mehnat munosabatlarini tartibga solishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 8 54 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yevropa professional sportini tartibga solish tizimi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari unga davlatning munosabatidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, 40 yaqin professional sportning u yoki bu turlari rivojlangan Yevropa davlatlarining xilma-xil qonunchiligi ham mavjudligini hisobga olish zarur. Biznesning boshqa har qanday turiga xos yuridik me’yorlar va presedent huquqi asosida rivojlanuvchi AQSh professional sportidan farqli ravishda, Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida sportni rivojlantirishga, ba’zilarida esa alohida professional sportni rivojlantirshga oid qonunlar qabul qilingan. Shu bilan birga, Yevropada boshlangan integratsiya jarayoni sportga ham taalluqli bo‘lib, ko‘plab sport turlari bo‘yicha Yevropa chempionatlari, Yevropa ligalari tashkil etiladi, turli mamlakatlar sportchilari xorij klublari sharafini himoya qilishlari esa oddiy holga aylandi. Yevropa kengashining tuzilishi bilan ko‘plab Yevropa doirasidagi xalqaro sport tashkilotlari, ayniqsa, UEFA faoliyatida sportni huquqiy tartibga solish masalalarida u bilan hamkorlik qila boshlashdi. Professional sportning faoliyat yuritishi, eng avvalo, u mavjud davlatning qonunlariga asosan tartibga solinadi. Yevropa mamlakatlarining sportga oid qonunchiligi sport xartiyalari, nizomlar va sport dunyosi amal qiladigan boshqa lokal me’yoriy aktlarning me’yoriy mazmunini belgilab beradi. Shu tariqa professional ligalarning nizom va xartiyalariga ularni takomillashtirish maqsadida kiritilgan o‘zgartirishlarning ko‘pchiligi 1990- yillarda kiritilgan. Masalan, Fransiya professional futbol ligasi xartiyasida professional o‘yinchi maqomi mehnat to‘g‘risidagi qonunning vaqtinchalik shartnomalar tuzishni tartibga soluvchi qoidalarga asoslanadi. Ammo xartiyani tayyorlagan yuristlar mehnat to‘g‘risidagi qonunning talab va me’yorlarini professional sport munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish bilan birga, uni yanada mukammallashtira olishdi, va endi u futbolchi uchun boshqa sohada faoliyat yurituvchi oddiy xizmatchilar uchun nazarda tutilgandan ko‘ra, yuqoriroq darajadagi ijtimoiy himoyani kafolatladi. Ba’zida davlat hokimiyati organlari sport jamiyatlari va professional ligalarni o‘z nizomlariga davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarni kiritishga majbur qilishadi. Lekin ushbu talablar maqsadga muvofiq bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Turli davlatlarda sport tashkilotlari o‘z qoidalarini ishlab chiqishda yillar davomida sinovlardan o‘tgan qoidalarini buzmaslik uchun yoki ushbu sport turining samarali rivojlantirish zarurati, sport natijalarining oshishi bilan tushuntirgan holda davlat organlaridan istisno qilishni talab qilishadi. Sport 8 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ xartiyalari va nizomlarini ma’lum bir davlatlar qonunchiligiga moslashtirish jarayonida xalqaro sport tashkilotlari nizomlari va milliy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatlar tez-tez aniqlanib turiladi. Yevropada professional sportning rivojlanishi bir qator masalalar, eng avvalo, sportchilarni yollash qoidalari va ular mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqishni talab qildi. Masalan, Angliya futbolida uzoq yillar davomida maoshning maksimal darajasini belgilovchi me’yorlar amal qilgan. Shu yo‘l bilan professional ligalar kamroq darajada ta’minlangan klublarni himoya qilishgan, ya’ni jamoa tarkiblarini shakllantirishda klublarning
Доказательный фрагмент
«This article focuses on the reforms being implemented in the sports sector in our country and the models that are being put forward for the quality of training specialists in the field of physical education and sports…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on the reforms being implemented in the sports sector in our country and the models that are being put forward for the quality of training specialists in the field of physical education and sports… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Physical education, sports and tourism, Resolution “On measures to further, sport va turizm sohasi, Jismoniy tarbiya, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025