Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SURXON VOHASIDA ISLOM DINI BILAN BOG’LIQ ZIYORATGOHLAR
Tojiyeva Nafisa O’roq qizi
Современная наука и исследования · 2017
Аннотация
This article examines the history and current status of shrines and sacred sites in the Surkhandarya region from the perspectives of archeology, ethnography, and sociology. In addition, it reflects measures aimed at restoring our cultural heritage. Keywords: Organization of Islamic Cooperation, Abu Isa Termizi, Imam Bukhari, Sufi Alloyor, Dhu-l Kifl, Khidirsho, Aq Astana, Atkham Sahaba shrines, mausoleum, mosque, pir, sahaba, khoj. ИСЛАМСКИЕ СВЯТЫНИ В СУРХАНСКОМ ОАЗИСЕ Аннотация. В статье рассматривается история и современное состояние святынь и священных мест, расположенных в Сурхандарьинской области, с точки зрения археологии, этнографии и социологии. Кроме того, в нем отражены меры, направленные на восстановление нашего культурного наследия. Ключевые слова: Организация исламского сотрудничества, Абу Иса Термизи, Имам Бухари, Суфи Аллойор, Зуль-Кифл, Хидирша, Белый трон, святыни Атам Сахаба, мавзолей, мечеть, пир, сахаба, ходжа. Kirish: Istiqlol yillaridan so’ng muqaddas ziyoratgohlarga madaniy va manaviy merosimiz yodgorliklari sifatida alohida e’tibor berilmoqda. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnalogiyalar bo’yicha birinchi sammitida so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek: “Islom dini va madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o’rnini hisobga olib O’zbekiston Respublikasida yoshlarning tafakkurini marifat asosida shakllantirish va tarbiyalash, dinimiz tarixi, buyuk allomalar va aziz avliyolarimiz merosini o’rganish va targ’ib etish yurtimizning o’ziga xos tarixi, madaniyati va bebaho manaviy 922 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 merosimizni to’liq o’rganish vazifasini kun tartibiga qo’yish”,yangi ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Islom ilohiyati va tasavvuf falsafasi hadis ilmi bo’yicha buyuk ajdodlarimizdan qolgan merosni izchil o’rganish va ijodiy o'zlashtirish naqadar muhim bo’lsa, bunday tabarruk zotlarning hayoti va vafoti bilan bog’lik qadamjolar tarixini oʻrganish ham shunchalik muhimdir. Islom madaniyati va tarixini aks ettiruvchi tarixiy obidalar Surxondaryo viloyatida ham asrlar mobaynida avaylab- asrab kelindi. Adabiyotlar tahlili va metadologiyasi: Surxon vohasida qadimgi islom dini bilan bog’liq ziyoratgohlar bo’yicha ko’pgina olimlar izlanishlar olib borgan. Maqolani tayyorlashda Tursunov S Surxondaryo viloyati toponimlari, O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy svilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati, Xoliqov Z, Dejimurodov X Termiz va Chog’onyonning o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi, „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ning ahamiyati katta bo’ldi. Termiz tumanidagi Hakim Termiziy, Kokildor ota, Kirq qiz, Sulton Sodot, Sheroboddagi Atoullo Said Vaqqos, Uzun tumanidagi Abu Hurayra, yani Ostona bobo va boshqa ziyoratgohlar shular jumlasidandir. Termiz shahrining 2500 yillik yubiley munosabati bilan Surxon vohasidagi ziyoratgohlar qaytadan tamirlandi va shu ravishda ziyorat uchun boradigan muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish va manaviy yuksalish maskanlari bo’lib hisoblanadi. Eng yirik ziyoratgohlar asosan Termiz va uning atrofidagi hududlarda joylashgan. Bularga Hakim Termiziy, Zul-Kifl, Qirqqiz majmuasi, Sulton Saodat maqbaralar majmui, Kokildor ota, Murch bobo sag’anasi kabi yodgorliklar kiradi. Muqaddas qadamjolar qabrning mavjud yoki mavjud emasligiga qarab 2 turga bo’linadi: 1.Shaxs dafn qilingan qabrlar (haqiqiy). 2.Ramziy qadamjolar. Ramziy ziyoratgohga aylanganlari xalq orasida hurmatga sazovor kishi yoki islom yo'lidagi sahoba, pir, sayyid, to’ra, avliyo va diniy unvonlarga loyiq ko’rilgan shaxs nomi bilan bog’liq yoki shaxsi noma’lum Afsonalarga tashrif maskanlari tashkil etadi. “Ramziy qabr” arabcha “ramz”, “belgi”, “ishora” so’zidan olingan bo’lib, uzbek tili etimologik lug’atiga ko’ra, “ishora qilib turuvchi” ma’nosini bildiradi, yangi umumiy tushunchada hurmat ishorasi, belgisi sifatida o’zlashtirilgan. Surxon vohasidagi ziyoratgohlarning aksar holati islom yo'lida xizmat qilgan, islom dini va madaniyati taraqqiyotiga hissa qo'shgan mashhur shaxslarning ismlari bilan bog'liqligini qurish mumkin. Tasavvuf ilmining Termizda keng tarmoq otish sabablaridan biri shuki, Termiz karvon yo'llari o'zaro kesishgan hududda joylashib, Buxoro va Samarqand shahrini Balx bilan bog'lagan bo’lsa, o'rta asrlarda madaniy-marifiy markaz va IX- X asrlarda dunyo diniy ilmi rivojlangan hudud, sayyidlar va fozillar yetishtirgan yurt hisoblangan. Sherobod tumanida islom dunyosi xadisshunosligida Imom Buxoriydan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi alloma, ko’plab asarlar muallifi, muhaddis olim Abu Iso Termiziy dafn etilgan (X-XI asrlar) ziyoratgoh bo’lib, u tumanning sharqiy tomonida, yani olti kilometr masofadagi 923 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Yaxtiyko’l mahallasi hududidagi qabriston yonida joylashgan1. Islom olamida "Sihihi sitta" (Olti ishonchli to’plam) nomi bilan mashur hadis kitoblaridan birining muallifi, buyuk muhaddi
Доказательный фрагмент
«This article examines the history and current status of shrines and sacred sites in the Surkhandarya region from the perspectives of archeology, ethnography, and sociology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the history and current status of shrines and sacred sites in the Surkhandarya region from the perspectives of archeology, ethnography, and sociology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Organization of Islamic Cooperation, Abu Isa Termizi, Imam Bukhari, Sufi, sahoba, Atxam Sahoba ziyoratgohlari, Imom Buxoriy, Xidirsho, pir, Sufi Olloyor, masjid, maqbara, Oq Ostona, xo’ja., Islom hamkorlik tashkiloti, Zu-l Kifl, Abu Iso Termiziy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014