К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING SHAKLLANISHI

Boltayev Oxun Obid o’g’li

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article considers the formation of the science of history, its development based on ancient sources, and the historical place of the peoples of Central Asia. It is emphasized that epic works served as the main source of historical information in the period before the emergence of written sources of history, and the discovery of writing opened a new direction for historiography. The history of Zoroastrianism, information about the nomadic tribes of Central Asia in the works of ancient Greek and Roman historians was studied. Keywords: History, Zoroastrianism, Central Asia, epic works, written sources, Herodotus, Scythians, Hephthalites, Turkic Khaganate, Orkhon inscriptions, historiography, Chinese sources. ФОРМИРОВАНИЕ ПИСЬМЕННЫХ И УСТНЫХ ИСТОЧНИКОВ ИСТОРИЧЕСКОЙ НАУКИ Аннотация. В статье рассматривается становление исторической науки, ее развитие на основе древних источников, историческая роль народов Средней Азии. Подчеркивается, что эпические произведения служили основным источником исторических сведений в период до появления письменных источников истории, а открытие письменности открыло новое направление историографии. Изучена история зороастризма и сведения о кочевых племенах Средней Азии в трудах древнегреческих и римских историков. 909 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Ключевые слова: История, зороастризм, Средняя Азия, эпические произведения, письменные источники, Геродот, скифы, эфталиты, Тюркский каганат, Орхонские надписи, историография, китайские источники. Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo’lgan? Ushbu savolga javob olish uchun antik, ya’ni qadimgi yunon-rim manbalariga murojaat qilinadi. Yozuv vujudga kelgunga qadar epik asarlar (“epos” – grekcha so’z bo’lib, “doston”, “rivoyat” va “afsona” ma’nolarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba hisoblangan (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Manas” va “Go’ro’g’li” dostonlari bilan birga rus bahodirlari haqidagi Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi xalq eposlari yoki “Igor polki jangnomasi”). Yozuv ixtiro qilinganidan so’ng tosh yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar, keyinchalik xattot va shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan asarlar qadimiy manba hisoblanadi. Chamasi, o’z yozuviga ega bo’lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. 1. Zardushtiylik − insoniyat madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan dunyodagi eng qadimgi dinlardan biridir. Ayni vaqtda, zardushtiylik eng murakkab, o’z navbatida tushunish qiyin bo’lgan dinlardan hisoblanadi. Bundan 2700- yil muqaddam Osiyo dashtlarida vujudga kelgan ushbu din Erondagi uch qudratli (Kayoniylar, Ahamoniylar va Sosoniylar) davlatlarda uzoq asrlar hukm surgan din bo’lishi bilan birga, u juda ko’p Sharq mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyoda ham tarqalgan edi. Yevropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr – qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg’otgan, Zardusht va uning ta’limoti haqida ko’pchilik yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozganlar. Sosoniylar davrida, ya’ni III–VII asrlarda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto” matnlari o’rta forsiy tilga ko’chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug’ila boshlagan edi. Shuni ta’kidlash mumkinki, miloddan avvalgi I asrda yaratilgan “Shahrihoyi Eron”, “Denkard”, “Bundahishn” va “Ardavirafnoma” kabi pahlaviy tilida bitilgan kitoblar hamda sharhlar avestoshunoslikning muqaddimasidir. Saklar, massagetlar, toxarlar va qadimgi Qanxa xalqi, ularning ijtimoiyiqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Maxabxarata”da ham uchratish mumkin. “Maxabxarata” (“Bxarata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Asar mil.avv. X–VIII asrlarda yaratilgan bo’lib, unda afsonaviy shoh Bxarataning ikki toifa avlodlari – kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari hamda urushlari bayon etiladi. Asarda, jumladan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha, savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va qanxaliklar haqida ushbu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudxishtra) eshigi oldida boshqa xalqlar 910 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 bilan birga saklar, toxarlar va qanxaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar – jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolar, paxtadan to’kilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo’y narsalar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”. Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchr

Доказательный фрагмент

«This article considers the formation of the science of history, its development based on ancient sources, and the historical place of the peoples of Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article considers the formation of the science of history, its development based on ancient sources, and the historical place of the peoples of Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
History, Zoroastrianism, Central Asia, epic works, written sources, Herodotus, epik asarlar, Xitoy manbalari., skiflar, Tarix fani, Zardushtiylik, Gerodot, Turk xoqonligi, eftalitlar, O’rta Osiyo, O’rxun bitiklari, tarixshunoslik, yozma manbalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти