Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LIMON, APELSIN, MANDARIN O‘SIMLIKLARNI XANDAKLARDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Raximov Izzatbek Ravshanovich · Shokirov Mavlonbek Muzzaffar o‘g‘li · Toshpo‘latovAbdumalik Soat o‘g‘li · МАНДАРИНА В ТРАНШЕЯХ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The soil climatic conditions of Uzbekistan are favorable enough for the cultivation of citrus crops and high yields from them. However, due to the cold tolerance of citrus, 7 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ it is necessary to protect them from low temperatures in winter. The critical temperature for lemons is -80S. Mandarin, on the other hand, dies at -120C. Keywords: citrus, lemon, orange, mandarin, ditch, block ditch, nitrogen, phosphorus, potassium, organic, pectin substances. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadiga muofiqdir. Sitrus ekinlar (limon, apelsin, mandarin) yuqori ta’m sifatlariga va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan mevalar beradi. Ko‘pgina mamlakatlarda limon mevalaridan yara, o‘pka va oshqozon kasalliklarini davolashda foydalanishadi. Zamonaviy tibbiyot uni singa kasalligining oldini oluvchi va davolovchi eng yaxshi vosita deb hisoblaydi. Nafas yo‘llari kasalliklari va qon bosimida limon mevalarini iste’mol etish yaxshi natija beradi. O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari sitrus ekinlarini yetishtirish va ulardan yuqori hosil olish uchun yetarlicha qulaydir. Ammo sitruslarning sovuqqa chidamsizligi tufayli, ularni qishki davrda quyi haroratlardan himoyalash talab etiladi. Limon uchun tang harorat -80S hisoblanadi. Mandarin esa -120S da nobud bo‘ladi. Haroratning uzoq muddat -3-40S atrofida bo‘lishi shoxlarning zararlanishi va hosilning yo‘qotilishiga olib keladi. O‘rta Osiyoda limon yetishtirishning eng sodda va ishonchli usuli – xandaklarda yetishtirishdir. Kuzatuvlar va ishlab chiqarish ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy sharoitlarda limonni 2-3 gektarli blokli xandaklarda yetishtirish eng maqbuldir. Xandaq xo‘jaligi uchun sizot suvlari chuqur joylashgan (4-5 m dan kam emas), kuchli shamollardan himoyalangan balandroq joy tanlanadi. Sitrus ekinlar uchun xandaqlar o‘qi bo‘yicha sharqdan qarbga qarab joylashtiriladi, ularning uzunligi konfiguratsiyaga bog‘liq ravishda 45-60 m atrofida bo‘ladi. Barcha xandaqlar umumiy ayvon bilan biriktiriladi, uning o‘qi janubdan shimolga qarab yo‘naltiriladi. Blokda xandaqlarning joylashish tartibi quyidagi 1-rasmda aks ettirilgan. 7 38 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ChUQUR XANDAKNING KO‘RINIShI Ekskavatorlar bilan bo‘lmalar shakllantirib chiqilgach, skreper vositasida ostki tubi 2,7-2,8 m va ustki sathi 3 m kenglikda bo‘lgan 1,7 m chuqurlikdagi xandaqlar qazib chiqiladi. Xandaqlarning bunday konussimon profilda bo‘lishi ularning devorini o‘pirilib ketishdan asraydi YARIM XANDAKNING KO‘RINISHI Xandaqlarning ustki qismini qurishda umumiy ayvondan peshayvon chiqariladi. Xandaq chetlari beton yoki pishgan qisht bilan mustahkamlanadi. Xandaqlar va ayvon ustiga o‘simliklarni qishki himoyalash uchun ikki yoqlama nishabli karkas o‘rnatiladi. To‘sinlar yog‘och yoki metal burchakliklardan yasaladi, tayanch to‘sinlar 3-3,5 m masofada joylashtirib chiqiladi. O‘simliklarni o‘tqazish uchun eng qulay muddat mart oxiri – aprel bo‘lib (janubiy tumanlar), bu paytda takroriy ayozlar xavfi kuzatilmaydi. Tuproqning tez cho‘kishi va namlik 7 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ zahirasining hosil bo‘lishi uchun xandaqlar o‘z vaqtida sug‘oriladi. O‘simliklar xandaq o‘qi bo‘ylab 2 m oraliq bilan bir qator qilib ekiladi. Xandaqlarni qazishda yuqorigi unumdor qatlam qayta solinishi uchun bir tomonga to‘plab qo‘yiladi, so‘ngra xandaq tubiga 10-15 kg/m2 hisobidan chirigan go‘ng sochiladi va chopiladi. So‘ngra unumdor qatlam chirigan go‘ng, qum va superfosfat qo‘shilgan holda qayta solinadi. Sngra ikki egat bo‘ylab xandaq yeri sug‘oriladi. Buning uchun markaziy magistraldan suv oluvchi 12-15 sm diametrli quvur ayvon bo‘ylab o‘rnatiladi, xar bir xandaqqa jumrak ochiladi va xandaq oxirida oqava suvlarni yig‘uvchi kichik quduqcha qaziladi. Tajribali suvchilar suv oqimini shunday berishadiki, oqava deyarli yuzaga kelmaydi. Xandaklardagi o‘simliklar o‘suv davrida har 7-10 kunda sug‘oriladi. Bitta sug‘orish oralatib tuproq yumshatib chiqiladi. Qishki davrda zaruratga ko‘ra 2-3 marta sug‘orish o‘tkaziladi. Tuproq doimo navm va yumshoq holatda ushlanadi. Tuproqning qurib qolishi barglarning to‘kili
Доказательный фрагмент
«The soil climatic conditions of Uzbekistan are favorable enough for the cultivation of citrus crops and high yields from them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe soil climatic conditions of Uzbekistan are favorable enough for the cultivation of citrus crops and high yields from them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- citrus, lemon, orange, mandarin, ditch, block ditch, nitrogen, phosphorus, sitrus, blokli xandak, azot, xandak, organik, pektin moddalar., kaliy, apelsin, limon, fosfor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025