К содержанию
РецензированоEN2025

MEHNATGA OID HUQUQLAR HIMOYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Yarashev Bobomurod Chalgashevich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the constitutional norms concerning the provision of employment for citizens, protection against unemployment, and poverty reduction. It examines the systematic efforts implemented to ensure the execution of these norms, as well as the ongoing systemic reforms in protecting citizens' labor rights and ensuring population employment. The article also studies problems related to this field and provides proposals for their resolution. 7 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: Constitutional norms, poverty reduction, employment, labor, law, unemployment, protection, human rights, political rights, economic, social, cultural and environmental rights, guarantee. Bosh qomusimizga asosan mehnat huquqlarini kafolatlash borasida mehnat huquqining qonuniy asoslari, mehnat shartlarining qonuniy kafolatlari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va bandlikni ta’minlash, xalqaro mehnat standartlari va O‘zbekistonning tajribasi, mehnat huquqlarini amalda himoya qilishni tahlilini amalga oshiradigan bo‘lsak. Konstitutsiyada mehnat huquqining qonuniy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida1 har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan. Shuningdek, majburiy mehnat taqiqlanishi qonuniy asos sifatida belgilangan. Konstitutsiya mehnat huquqlarini himoya qilish uchun davlatning quyidagi vazifalarini: fuqarolarning bandligini ta’minlash; ishsizlikdan himoya qilish; kambag‘allikni qisqartirish; bandlikni ta’minlash va ish o‘rinlari yaratish; adolatli ish haqi va ijtimoiy ta’minot kafolatlarini ta’minlaydi. Bundan tashqari Mehnat qilish huquqi nafaqat konstitutsiyaviy norma, balki ijtimoiy adolat prinsiplarini amalga oshirish uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat shartlarining qonuniy kafolatlari ish joyidagi adolatli munosabatlar va xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini tuzish, bekor qilish va uning shartlari aniq belgilangan.2 Kodeksda quyidagi muhim prinsiplar qayd etilgan: - mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash; - mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash; mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik; 1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “Yuridik adabiyotlar publish” Toshkent – 2023. 8-b. 2 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: 2023. 7 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ - mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi; - xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Xodimlar uchun mehnat shartlarining yana bir qonuniy kafolatlaridan biri bu Xodimlar uchun xavfsiz sanitariya va gigiyena shartlarini ta’minlashdir. Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari qonun doirasida amalga oshishi, sud va davlat inspeksiyalari orqali nazorat qilinishi so‘zimizning isbotidir. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va bandlikni ta’minlash bu borada davlat mehnat bozorini rivojlantirish va barqaror bandlikni ta’minlash maqsadida qator dasturlarni amalga oshirmoqda. Ayollar, yoshlar va nogironlarni mehnat bozorida qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan: Ayollarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning gender tengligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.3 Yoshlar uchun maxsus ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘quvlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.4 Nogiron shaxslar uchun kvotalar ajratish orqali ularning mehnat bozoridagi ishtirokini ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Davlat tomonidan ushbu ijtimoiy guruhlarning mehnatga bo‘lgan huquqlari qonun yo‘lida himoya qilinadi. Xalqaro mehnat standartlari va O‘zbekistonning tajribasi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning qator konvensiyalarini ratifikatsiya qilgan. Bu mamlakatimiz mehnat qonunchiligini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishga xizmat qiladi. XMTning asosiy prinsiplari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Majburiy mehnatni taqiqlash; 2. Bolalar mehnatini cheklash; 3. Mehnatga teng muomala va adolatli ish haqi berish. 3 Ismoilov Sh.A. “Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” yuridik fanlar doktori (dsc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi., 2020 y. 10 bet 4 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: 2023. 5 Ismoilov Sh.A. “Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” yuridik fanlar doktori (d

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the constitutional norms concerning the provision of employment for citizens, protection against unemployment, and poverty reduction.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the constitutional norms concerning the provision of employment for citizens, protection against unemployment, and poverty reduction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitutional norms, poverty reduction, employment, labor, law, huquq, iqtisodiy, ishsizlik, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar, Konstitutsiyaviy normalar, siyosiy huquqlar, himoya, kambag‘allikni qisqartirish bandlik, inson huquqlari, kafolat., mehnat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти