Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KALIFORNIYA QIZIL CHUVALCHANGIDAN OLINGAN EKSTRAKTINING TARKIBI, XUSUSIYATI VA ODAM TERISIGA TA’SIR MEXANIZMINI O’RGANISH
Insights Across the · MEXANIZMINI O’RGANISH · Bekmirzayev Eshquvvat Ro‘ziboyevich · Allaberdiyev Hamro Davron o'g'li
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
The composition, biological activity, and mechanism of action of the extract obtained from the Californian red worm on human skin were studied. The research analyzed the effect of the extract on the immune system, as well as its effectiveness in combating skin diseases. The extract was found to be effective in strengthening the immune system, combating skin diseases, and reducing the activity of viruses. This study demonstrates that the extract obtained from the Californian red worm has high potential for use in medicine, particularly in the treatment of skin diseases. Keywords: Californian red worm, extract, immune system, skin diseases, biologically active substances, viruses, psoriasis, vitiligo, allergic rashes, medicine, rehabilitation. Kirish: Immun tizimi organizmni kasalliklardan himoya qiluvchi biologik jarayonlar tarmog‘idir. Odamda immun tizimi ikki asosiy guruhga bo‘linadi: tug‘ma va adaptiv (orttirilgan) immun tizimlari. Tug‘ma immun tizimi tezkor javob beradi va umumiy himoya ta’minlaydi, adaptiv tizim esa ko‘proq maxsus va aniq patogenlarga qarshi samarali javob qaytaradi. Immun tizimining disfunktsiyasi turli kasalliklarga, shu jumladan autoimmun kasalliklar, yallig‘lanish kasalliklari va saratonga olib kelishi mumkin. Kaliforniya qizil chuvalchanglari (Eisenia fetida) o‘zining biologik faolligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat o‘simliklar va mikroorganizmlar uchun, balki odam organizmi uchun ham qimmatli biologik faol moddalarga ega. Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktlarning tarkibi va ularning odam immun tizimiga ta’siri, shuningdek, teri kasalliklariga qarshi samaradorligi bu tadqiqotning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 276 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning tarkibi va uning odam organizmidagi ta’sir mexanizmini o‘rganishdir. Tadqiqotda quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning biologik tarkibini aniqlash. 2. Ekstraktning odam terisiga va immun tizimiga ta’sirini o‘rganish. 3. Teri kasalliklariga qarshi samaradorligini tahlil qilish. Materiallar va Metodlar: Tajribalar Oltinsoy tumanidagi "Chep" va "Guliston" mahallalarida amalga oshirildi. Kaliforniya qizil chuvalchanglari o‘simliklardan ajratib olinib, maxsus quritish jarayonidan o‘tkazildi. Ekstraktni olish uchun chuvalchanglar 48 soat davomida pechda quritilib, so‘ngra maxsus asboblar yordamida un shakliga keltirildi. Olingan zardob immunologik testlardan o‘tkazilib, odam immun tizimiga ta’sir darajasi o‘rganildi. Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning tarkibi o‘simliklardan olingan zardoblarning yuqori biologik faolligini ko‘rsatdi. Ekstraktning odam immun tizimiga bo‘lgan ta’siri quyidagicha: 1. Immun tizimi faolligi: Ekstrakt odam organizmida immun tizimini kuchaytirish va meyorlashtirishga yordam beradi. Imunoglobulinlar (IgA, IgG) va sitokinlar ishlab chiqarilishi oshganligi qayd etildi. 2. Teri kasalliklariga ta’siri: Ekstraktning teri kasalliklariga qarshi samaradorligi tekshirildi. Leshmanioz, psoriaz va allergik toshmali kasalliklar kabi teri kasalliklariga qarshi samarali natijalar olingan. Kasalliklar to‘g‘risida kuzatilgan patologik belgilar kamaydi. 3. Holestirin va qon bosimi: Zardobning qon holatiga ta’siri ham o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, holestirin darajasi va qon bosimi normallashgan. Bu jarayonning organizmning umumiy holatini yaxshilashdagi roli katta ekanligini ko‘rsatadi. Muhokama: Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning odam terisiga va immun tizimiga ta’siri, uning biologik faol moddalari bilan bog‘liqdir. Ekstraktning immun tizimiga ijobiy ta’siri uning mikroblarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va tananing himoya tizimini mustahkamlaydi. Teri kasalliklariga qarshi kurashishda, ayniqsa, yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi va viruslarning oldini olishda bu ekstraktning muhim o‘rni bor. Xulosa: Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstrakt immun tizimini kuchaytirish va teri kasalliklariga qarshi samarali vosita sifatida foydalanish uchun yuqori potensialga ega. Bu ekstraktni tibbiyotda qo‘llash, ayniqsa teri kasalliklarini 277 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 davolashda keng qo‘llanilishi mumkin. Yaqin kelajakda uning samaradorligi va xavfsizligi haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar 1. N.K. Belamurov. “Полезные калифорниские черви” Москва 2020 год. 2. Ч.Н.Виноградский. Почвоведение и биогумос Москва 2018 год. 3. Bekmirzayev E. R., Xalilov D. B., qizi Aminova M. N. (2023). Bugungi kundagi transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb muommolari. golden brain. – т. 1. – №. 2. – с. 325-328. 4. Nurova, Z. A., Toshpo’Latov, T. L.
Доказательный фрагмент
«The composition, biological activity, and mechanism of action of the extract obtained from the Californian red worm on human skin were studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe composition, biological activity, and mechanism of action of the extract obtained from the Californian red worm on human skin were studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Californian red worm, extract, immune system, skin diseases, biologik faol moddalar, teri kasalliklari, ekstrakt, allergik toshmalar, immun tizimi, vitiligo, Kaliforniya qizil chuvalchang, viruslar, tibbiyot, reabilitatsiya., psoriaz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025