Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INSHOOTLARNING ZILZILALAR TA’SIRIDA SHIKASTLANISHI
Insights Across the · Barotov Ashurali Ixtiyor o‘g‘li
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 95-99 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sun’iy inshootlarning zilzilalar ta’sirida shikastlanishi haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan. Annotation This article provides information on the effects of earthquakes on bridges and presents the results of analysis. Kalit so‘zlar: ko‘prik, zilzila, ta’sir, qayta tiklash, ko‘prik tayanchi, qoziqlar. Keywords: bridge, earthquake, effect, restoration, bridge support, piles. O‘zbekistonda jadallik bilan bino va inshootlarning qurilishi, hamda turli xil inshootlar loyihalanishi amalga oshirilmoqda, bular qatoriga temirbeton to‘sinli ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, viaduklar, yer osti va usti metropolitenlari kabi ko‘plab sun’iy inshootlar ham kiradi [1-3]. Seysmik hududlardagi turli inshootlarni loyihalash, hisoblash va ekspluatatsiya qilish borasidagi katta yutuqlar mavjudligidan qat’iy nazar, umumiy zilzilabardoshlik nazariyasiga nisbatan ko‘priklar zilzilabardoshligi nazariyasi ancha orqada qolgan, chunki zilzilalardan talofot ko‘rgan hududlardagi inshootlar shikastlanishlariga ko‘ra ko‘priklardagi shikastlanishlarning ulushi kam bo‘ladi, bu esa seysmik hududlardagi qurilish ishlarida asosiy e’tibor turar-joy va sanoat binolarini zilzilabardoshligini ta’minlash masalasiga qaratilishiga olib keladi [4-6]. Insoniyat paydo bo‘libdiki, tabiiy ofatlardan biri bo‘lgan zilzila ta’sirida yashamoqda. lnson ongli faoliyati davomida ushbu ta’sirga qarshi u yoki bu yo‘sinda “kurashib” kelmoqda. Uning tabiiy zilzilalar oldini olishga qurbi yetmasada, tabiiy ofat yetkazadigan zararni minimal darajada kamaytira oladi. Bino yoki sun’iy inshootga ta’sir qiluvchi kuch nisbatan qisqa muddat davomida o‘z qiymati va egallab turgan holatini o‘zgartirib tursa bu dinamik kuch deb ataladi. Bunday kuch ta’siridan 1-rasmda ko`rsatilganidek sistemada vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi deformatsiya va ko‘chish sodir bo‘ladi. Dinamik kuch ta’siridan sistema elementlari nuqtalarida tezlanish paydo bo‘ladi va natijada elementlarda inersion kuchlar vujudga keladi. Dinamik kuchlar ta’siridan bino yoki sun’iy inshootlarda vujudga keladigan kuchlanish, deformatsiya va ko‘chishlar miqdori hamda yo‘nalishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularga turli dinamik kuchlar ta’sir qiladi. Bularga misol tariqasida shamol va harakatlanuvchi kuchlar, portlash jarayonidan bino 251 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 yoki sun’iy inshootlar sirtiga ta’sir qiluvchi kuchlar, asos grunti orqali ta’sir qiluvchi seysmik kuchlarni keltirish mumkin [7, 8]. 1-rasm. Sun’iy inshootlarga ta’sir qiluvchi dinamik kuchlar Sun’iy inshootlarni seysmik shikastlanishlari sabablari quydagilar: 1.Zamin gruntlari tebranishlari natijasida kelib chiqadigan inshoot massalarini tebranma harakatlaridan hosil bo`luvchi gorizontal seysmik kuchlar; 2. Gruntning seysmik tebranishlarini vertikal tashkil etuvchisi tomonidan yuzaga keltiradigan vertikal seysmik kuchlar; 3.Tirkama devorlar va ustunlarga gruntning seysmik gorizontal bosimini inshootlardagi qo`shimcha seysmik kuchlanishlar keltirib chiqaradi; 4.Zilzila sharoitida tonnellar obdelkasiga tog` bosmining ortishi; 5.Ko`priklarni oraliq tayanchlariga suvning (gidrodinamik) seysmik bosimi; 6. Zilzila paytida ayrim gruntlarning ko`tarish qobilyatining pasayishi [7, 9]. Zilzila paytida ko‘prik konstruksiyasining ishlashiga ko‘prikning zilzila markaziga yaqinligi va joy sharoiti ta’sir qilishi mumkin. Bu ikkala omil ham yer silkinishlari va yer deformatsiyalarining intevsivligiga, shuningdek, ko‘prik uzunligi bo‘ylab bu ta’sirlarning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq bo`ladi. 1995 yilgi Xyogo - Ken Nanbu (Kobe) zilzilasi paytida Osaka ko‘rfaziga tutash yoki uning ichida qurilgan baland yo‘llar va ko‘priklarda qulash sodir bo‘lgan. Qulashlarga bir necha turdagi omil sabab bo‘lgan [10, 11]. Birinchidan ko‘p ko‘priklar 10m dan kam chuqurlikdagi shag‘al-qumli-loy grunti ustida joylashgan qum-shag‘alli terassalarda (allyuvial konlar) qurilgan, bu holat tog‘ jinslarining kengayishiga olib kelgan. 252 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 2-rasm. 1995-yil Hyoge – Ken Nanbudagi zilzila. Nishinomiya-ko ko‘prigi Bundan tashqari 3-rasmda Xigashi-Nada viadukining qulashi, 3-marshurtda 637 ta tirgakda o‘rtacha va katta miqdorda zarar ko‘rilgani, 1300 dan ortiq oraliq qurilmalar shikastlangani va taxminan 50 ta oraliq qurilma almashtirish talab qilingani ko‘rsatilgan. 3-rasm. 1995-yil Hyoge – Ken Nanbudagi zilzila. Xigashi-Nada viaduki Ko‘prikdan tushayotgan asosiy yukni tayanchlar qabul qiladi. Tayanchlar ta’sir qilayotgan deformatsiyalarga bardosh bera olishi uchun yetarlicha egiluvchan bo‘lishi lozim. Binobarin, kuchli zilzilalar paytida tayanchlar katta noelastik deformatsiyalarga uchraydi [12]. Tayanchni ishdan chiqishi vertikal yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Tayanchni buzilishi ko‘prik qulashining asosiy sababidir. B
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sun’iy inshootlarning zilzilalar ta’sirida shikastlanishi haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sun’iy inshootlarning zilzilalar ta’sirida shikastlanishi haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bridge, earthquake, effect, restoration, bridge support, piles, ko‘prik, zilzila, qoziqlar, qayta tiklash, ta’sir, ko‘prik tayanchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025