Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SISTIT KASALLIGINING KELIB CHIQISHI, ALOMATLARI VA DAVOLASH USULLARI
Insights Across the · DAVOLASH USULLARI
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
Sistit – qovuqning yallig`lanishi hisoblanib, o`tkir va surunkali kechadi. Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida ro`y beradi. Paydo bo`lishiga ko`ra, birlamchi va ikkilamchi; kelib chiqishiga ko`ra, spetsifik va nospetsifik sistit farqlanadi. Ayollarda homiladorlik yoki tug`ruqdan keyingi davrda kuzatiladi. Kirish: Sistit – bu qovuq shilliq pardasining yallig`lanishi bo`lib, odatda ayollar sistitga ko`proq chalinadi. Yer yuzidagi ayollarning, deyarli, yarmi hayotida bir marta sistit bo`lib o`tkan. Ko`pincha bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Sistitning ikki: o`tkir va surunkali turi mavjud. Birlamchi sistit boshqa a`zolardagi infeksiya yuqori siydik yo`llari yoki uretradan qon limfa yo`llari orqali qovuqqa o`tishi natijasida paydo bo`ladi. Bunga, shuningdek, sovuq qotish, spirtli ichimlik ichish, qabziyat, nerv psixikasining buzilishi ham sabab bo`ladi. Ikkilamchi sistit (ko`pincha surunkali kechadi) qovuqda tosh, yot jismlar, o`sma bo`lganda, qovuq sili, prostata bezining o`smasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, ba`zi dorilar, zaharli moddalar ichilganda ham sistit kuzatilishi mumkin. Sistitda bemor tez-tez (har 10-15 minutda) siyadi, siyganda og`riq sezadi, og`riq ayniqsa, siygisi qistaganda va siygandan keyin zo`rayadi, lovullash, achishish, ba`zan siydikda qon va yiring paydo bo`ladi. Yallig`lanish qo`shni a`zolarga o`tganda (piyelonefrit, uretrit va boshqalar) gavda temperaturasi ko`tariladi. O`tkir sistitning oldi olinmasa surunkali tus oladi. Kasallikni aniqlashda siydik tahlili, sistoskopiya, sistografiya, ultratovush tekshiruvlari o`tkaziladi. Kasallikning kelib chiqish sabablari: 1. Infeksiya yuqishidan – pathogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to`qimalardan va ichakdan peshob yo`liga kirib, yuqoriga ko`tariladi va qovuqqa tushib yallig`lanadi. 2. Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta`sirida bo`lishi mumkin. 3. Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o`choqlaridan o`tishi mumkin. Sistitga olib keluvchi omillar: 213 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Tanadan sovuq va zax o`tishi; Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, homiladorlik, tug`ish, ayollarda menopauza, prostata bezining yallig`lanishi; Jarohatlar, uretrada tibbiy manipulatsiyalardan keyin; Qandli diabet, semirish, o`troq hayot tarzi; Ko`p miqdorda achchiq, sho`r va spirtli ichimliklarni iste`mol qilish. Sistitning belgilari: Qorinning pastki qismida og`irlik; Og`riq; Peshob vaqtida og`riq; Achishish va yonish hissi; Loyqalangan va kam miqdorda tez-tez peshob; Siydikda shilliq va qon paydo bo`lishi; Peshob chiqarishga yolg`on va og`riqli istak; Peshob tutolmaslik; Tana haroratining ko`tarilishi. Surunkali sistit belgilari o`tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin, remissiya davri yil davomida qo`zg`alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga davomliroq bo`ladi. Sistit diagnostikasi Umumiy qon tahlili; Umumiy siydik tahlili; Siydikni bakteriologik tekshirish; Siydik pufagining UTTsi; Sistoskopiya Sistitning asoratlari Surunkali piolonefrit rivojlanishi; Buyrakning atrofiyasi va buyrak yetishmaslik kasalligi; Agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash funksiyasini to`liq yo`qotishi mumkin. Sistitni davolash Kasallikni davolash paytida bemor ziravorlarga boy, achchiq, sho`r, tuzlangan ovqatlardan, spritli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi kerak; Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar, yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi dorilar qo`llaniladi (dorilar turini va dozasini shifokor belgilab beradi); Tos a`zolari infeksiyasini davolash. 214 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Davolashda e`tibor berish kerak bo`lgan jihatlar. O`tkir sistit davri 7-14 kun. Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo bo`lishi mumkin. Ammo siydik tahlillari to`liq me`yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qo`llash chastotasini to`xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Agar davolanish muddatdan oldin to`xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo`ladi. Faqat keyingi safar uni davolash qiyinroq bo`ladi, surunkali sistit holatiga o`tadi. Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar, fitopreparatlarni o`zi kamlik qiladi, qo`shimcha immunomodukyatorlar, bakteriofaglar, qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi. Xulosa: Sistitning oldini olish uchun kuniga kamida 1,5-2 litrgacha suyuqlik iste`mol qilish, surunkali infeksiya o`choqlarini davolash, ginekologik va andrologik kasalliklarni davolash, gigiyenaga rioya qilish, siydik pufagini vaqtida bo`shatish, ziravor, achchiq, sho`r taomlardan foydalanishni cheklash, tanani sovuq va zaxga nisbatan chiniqtirish zarur. Foydala
Доказательный фрагмент
«Sistit – qovuqning yallig`lanishi hisoblanib, o`tkir va surunkali kechadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSistit – qovuqning yallig`lanishi hisoblanib, o`tkir va surunkali kechadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synapses insights, insights across, across disciplines, yallig lanishi, paydo ladi, achchiq sho, tkir surunkali
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025