Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOYIHALASH JARAYONLARINI AUTOCAD DASTURI DA AVTOMATLASHTIRISH USULLARI
Across the Disciplines · AVTOMATLASHTIRISH USULLARI · Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna · Raxmonov Javoxir Sherali o`g`li · Auto Computer-Aided Design · Auto Computer-Aided Design
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
The representatives of the engineering industry were given information about working with CAD programs and AvtoCAD software in the field of IT technology, and the processes of automating projects in the construction industry and working with AvtoCAD software were shown. Anotatsiya: Muhandislik soha vakillariga IT-texnologiya sohasinida CAD dasturlari va AvtoCAD dasturida ishlash haqida ma`lumot berilgan ayrim qurilish sohasiga doir loyihalarni avtomatlashtirish va AvtoCAD dasturida ishlash jarayonlari ko’rsatib o’tilgan. AutoCAD tizimi haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi. AutoCAD - АQSh Autodesk kompаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo’lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va 140 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir. AutoCAD dаsturi 1982 yildа yarаtilgаn bo’lib, u dаstlаb fаqаt MS DOS tizimi uchun ishlаb chiqilgаn edi. 2000 yildаn boshlаb grаfik yasаshlаrni аvtomаtlаshtirish аsosidа loyihаlаsh dаsturlаri mukаmmаl yarаtilа boshlаndi vа hozirgi vаqtdа Autodesk kompаniyasi AutoCAD tizimini fаqаt Microsoft Windows uchun ishlаb chiqmoqdа. Loyihаlаsh ishlаrini аvtomаtlаshtirish degаndа nimаni tushunish kerаk? Аvvаlo grаfik yasаshlаrni grаfik dаsturlаrning imkoniyatlаri аsosidа аvtomаtik аniq bаjаrish tushunilаdi. Zаmonаviy AutoCAD (Auto Computer-Aided Design – komp`yuter yordаmidа аvtomаtik loyihаlаsh) tizimi interfeysi komp`yuterning eng zаmonаviy vositаlаri vа texnologiyalаrining imkoniyatlаrini hisobgа olgаn holdа yarаtilgаnligi bois chizmа vа sxemаlаrni, loyihаlаsh mаsаlаlаrini yuqori sifаtdа bаjаrilishini kаfolаtlаydi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 35 yildan oshgan bo’lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop dastur bo’lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis – texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda. AutoCAD 2006 dasturi o’rnatiladigan kompyuter ma’lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo’lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi: 1. Operatsion sistema. WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2) WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2) WINDOWS XP Tablet PC WINDOWS 2000 (sp4) 2. Web – brauzer Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket) Izoh: dastur o’rnatilgandan so’ng rasmiylashtirish uchun zarur. 3. Processor Pentium IV yoki undan yuqori 1.5 GGts 18 4. OZU (operativ xotira) 512 MB (tavsiya etiladi) 5. Video 1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum) 6. Qattiq disk (vinchester) 1 GB o’ringa ega bo’lishi 7. Ko’rsatish qurilmasi Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar 8. CD – ROM Dasturni o’rnatish uchun, qaysi model bo’lishidan qat’iy nazar zarur Ushbu mа`ruzаdа loyihаlаsh ishlаrini аvtomаtlаshtirishning grаfik dаsturi AutoCAD tizimining imkoniyatlаri bilаn tаnishib chiqаmiz. 2. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli. AutoCAD ishga 141 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi. Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin: Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: 1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha; 2. Asosiy menyu; 3. Asboblarning standart paneli; 4. “Obyektning xususiyati” paneli; 5. “Chizish” paneli; 6. “O’zgartirish” paneli; 7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri); 8. Holatlar satri; 9. Asosiy ishchi maydon; 10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati. AutoCAD 2004 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 1- rasmdagidan farq qilishi mumkin. AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi: AutoCAD 2004 tizimi interfeysining birinchi satrid
Доказательный фрагмент
«The representatives of the engineering industry were given information about working with CAD programs and AvtoCAD software in the field of IT technology, and the processes of automating projects in the construction i…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe representatives of the engineering industry were given information about working with CAD programs and AvtoCAD software in the field of IT technology, and the processes of automating projects in the construction i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- AutoCAD, Math, CAD, architecture, computer graphics, engineer, arxitektura, muhandis, Autodesk, Tredimax, kompyuter grafik, Auto Computer-Aided Design
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025