Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQIY VA JANUBIY-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI URF-ODATLARI, ANʼANALARI
Across the Disciplines · Sobirova Nodira Jumanazar qizi · Xoʻjyozova Dildora Shonazar qizi
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
Every country has its own traditions. This article shows the customs of the countries of East and South-East Asia, in particular: China, Japan, Mongolia, Brunei, Vietnam, Indonesia, Cambodia and Laos. Key words: sarong, priest, umbrella, sake, open-air wedding halls, Buddhist ceremony, bandages, tet, sand "mountain" i. Kirish (Introduction). Har bir xalqning oʻziga xos, avvaldan shakllanib kelayotgan urf - odatlari bor. Bu odamlarning qadimdan shakllanib kelayotgan koʻnikmalaridir. Bu koʻnikmalar yillar davomida zamonaviylashishi, oʻzgarishi ham mumkin. Odamlar asl holatini yoʻqotmasligi ham, qaysidir elementlari yoʻqolishi ham mumkin. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Bu maqolada asosan O. Moʻminovning "Qiziqarli geografiya" asaridan foydalanilgan. Bu kitobning 133 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 "odamlar, udamlar" boʻlimida xalqlarning urf - odatlari haqida qiziqarli va foydali maʼlumotlar berilgan. XXI asr texnologiyalar asri ekanligi hammamizga ma’lum. Bu maqolada global internet tarmoqlaridan ham unumli foydalanildi. Xususan Google qidiruv tizimi va youtube kanallaridan maʼlumotlar oldik. Xususan, Дорамы клуb. Дорама.m.кv.com saytida Svetlana Abromovaning maʼlumotlaridan. Bu saytning "Toy toʻyi: Anʼanalar va urf-odatlar" boʻlimida Tailand toʻylari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Mongoliya davlati haqida qiziqarli faktlar @voy youtube kanalida maʼlumotlar berilgan. www. Bruney davlati haqida ajoyib maʼlumotlar keltirilgan. Videorolikda Bruney davlati haqida maʼlumotlar keltirilgan. www.youtube.com/@ShuhratVoyager kanalida Laoscha toʻy, Luang Prabang boʻylab sayohat va toʻy, sayohat nomli videorolikda Laos toʻylari koʻrsatib berilgan [2,3,4 ]. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Bu maqolada faktlar tahlili va statistik tahlil usulidan foydalanildi. Statistik tahlil. Iqtisodiy - geografik va ekologik tadqiqotlarning muhim usullardan biri bo̳ lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va hududlar boʻyicha majmuali ma‘lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Bu usul orqali xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy tizimga doir fakt va raqamlar tahlil qilinadi, chunki statistik fakt va raqamlar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi. Statistik ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida hududlardagi iqtisodiy - ijtimoiy jarayon, aholining joylashishi, umumiy demografik jarayon, mehnat resurslari, urbanizatsiya, shahar va boshqa aholi punktlari, shuningdek, iqtisodiyotning muhim sohalari - sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari oʻrganiladi. Faktlar tahlili usuli asosida tarmoqlar oʻrtasida hamda tarmoqlar ichidagi farqlar aniqlanadi va korxonalar yoʻnalishi belgilanadi. Faktlar tahlili koʻplab hodisalarni umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli ma‘lumotlarni tayyorlash imkonini beradi. Tahlillarimiz natijalarida quyidagi davlatlar va urf – odatlar bilan tanishamiz. 134 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Tahlil va natijalar (Analysis and results). Indoneziyada, xususan Bali orolida aholi orasiga XX - asr yangiliklari yetib borgan boʻlsada, nikoh anʼanalari hamon eskicha qolgan. Urf odatga koʻra, yigit uylanadigan qizni albatta tunda oʻgʻirlab ketishi shart. Qiz buning uchun avvaldan hozirlanib bisotlarini bir boʻgʻchaga tugib qoʻyadi, hatto nikoh koʻylagi - sarongni ham unutmaydi. Qiz oʻgʻirlab ketilgach, ertasi tongda onasi dunyoni boshiga koʻtarib dod - faryod qiladi. Bu ovozdan uygʻongan qoʻshnilar "Yana bir toʻyona tayyorlash kerak ekan" deb dillaridan oʻtkazib qoʻyadilar. Qiz onasining oh - vohlari uzoqqa choʻzilmaydi: tushga qolmay "qochoqlar" qaytib keladi. Qarindosh - urugʻlari va doʻstlari darhol yigʻilishib, ikki kishi sigʻadigan maxsus zambilni bezatadilar. Kuyov kelinni shu zambilga ibodatxonaga - kohin huzuriga koʻtarib boradilar. Ularning kelishi haqida kohin barvaqt xabardor qilib qoʻyiladi. Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marta ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta - yigit yoki qiz balogʻatga yetganda, ikkinchi marta - nikoh toʻyida va uchinchi marta - birinchi oʻgʻil koʻrganda. Kuyov oq ishton kiyib, kelin esa binafsha rang nikoh kiyimi -sarong kiyib, boʻyinlariga gulchambarlar osilgan, boshlariga gullar qadalgam holda ibodatxonaga kirib boradilar; shu payt nogʻora chalinib tantana boshlab yuboriladi. Ibodatxonada kohinlar kuyov bilan kelinning qoziq tishlarini egovlay boshlaydilar, egovlash bir necha kun davom etadi. Egovlangan tishdan tushayotgan kukun ehtiyotkorlik bilan oltin idishga yigʻiladi va kokos yongʻogʻiga solib ota - bobolar mehrobi yonida kuydiriladi. Shundan keyin kohin kuyov bilan kelinning boʻyniga oq gulchambar osadi. Shu bilan nikoh marosimi tugaydi. Bu oroldagi diniy qonunlarga koʻra, kelin erini Ramu tangri qatori hurmat qilis
Доказательный фрагмент
«Every country has its own traditions. This article shows the customs of the countries of East and South-East Asia, in particular: China, Japan, Mongolia, Brunei, Vietnam, Indonesia, Cambodia and Laos. Key words: saron…»
Образец извлечения
Демо-превьюEvery country has its own traditions. This article shows the customs of the countries of East and South-East Asia, in particular: China, Japan, Mongolia, Brunei, Vietnam, Indonesia, Cambodia and Laos. Key words: saron… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sarong, priest, umbrella, sake, open-air wedding halls, Buddhist, buddaviylik marosimi, tet, zontik, ochiq osmon ostidagi toʻyxonalar, bandajlar, qum, kohin
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025