Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTERNET MATERIALLARIGA KIM JAVOBGAR?
Insights Across the · Sharafatdinova Malika Berdaq qizi
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
Maqolamning mazmuni shundan iboratki, internet ma’lumotlari va tarmoqlari haqida batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar: Internet, akademik, davlat, tijorat, internet tizimi, xalqaro tarmoq, informatsiya tizimlari. Internet (lotincha: inter — aro va net — tarmoq) — standart minimal internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli — TCP/IP. Internet tarmogʻining tuzilishi. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. Internet tizimi va bogʻlanish. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqalar koʻrinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internetning rivojlanish tarixi. Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati 115 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 3 doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. XX asrning 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar — Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali „birinchi punktdan to oxirgi punktgacha“ yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi „oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish“ shiori ostida bordi. Masalan, AQSHning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 million bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda „Brittanika“ ensiklopediyasini uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture Board (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. XX asrning oxirgi oʻn yilligida internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha millionga yetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 million kishini tashkil qildi (1999). Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa „bogʻl
Доказательный фрагмент
«Maqolamning mazmuni shundan iboratki, internet ma’lumotlari va tarmoqlari haqida batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolamning mazmuni shundan iboratki, internet ma’lumotlari va tarmoqlari haqida batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- informatsiya tizimlari., davlat, akademik, internet tizimi, Internet, xalqaro tarmoq, tijorat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025