К содержанию
РецензированоUZ2026

XALQARO MUNOSABATLARDA XAVFSIZLIK TUSHUNCHASI: EVOLYUTSIYA VA ZAMONAVIY MUAMMOLAR

Across the Disciplines · Ochilboyeva Moxinur Omil qizi

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 37-38 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi, bugungi kunda global dunyoda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan xalqaro munosabatlarda xavfsizlik tushunchasi, nazariyalari, shuningdek uning evolyutsiyasi va bugungi kundagi muammo va kamchiliklari yoritildi. Suningdek mazkur maqola bugungi globallashuv va axborot davrida tinchlikka tahdid soluvchi xarakatlar va kuchlarning ortib borishi va o‘z qamrovini kengaytirish natijasida xavfsizlik . Turli shakldagi urushlar, terror harakatlari, inson huquqlariga qaratilgan tahdidlar va yana bugungi kunda dolzarblilik darajasi ortib borayotga iqlim o‘zgarishlari va buni oqibatida paydo bo‘layotgan tabiiy ofatlar misolida ko‘rishimiz mumkinki xavfsizlik nafaqat siyosiy hayotga balki hyotimizning har bir jabhalariga katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro munosabatlarda xavfsizlik tushunchasi Dastlab xavfsizlik tushinchasining o‘ziga e’tibor qaratilsa u dunyo tartibotining ajralmas va muhim figurasi hisoblanadi. Xavfsizlik - zarar yoki xavfdan himoyalanish shartini anglatadi. Bu mulk va infratuzilma kabi jismoniy aktivlarni himoya qilish, shuningdek, shaxslar va jamoalarni zo‘ravonlik va xavfsizlikning turli shakllaridan himoya qilishni nazarda tutishi mumkin. Xavfsizlik tushunchasi keng bo‘lishi mumkin va jismoniy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, energiya xavfsizligi va kiberxavfsizlik kabi turli jihatlarni o'z ichiga oladi. Har bir davlat o‘z ichki siyosatini amalga oshirish jarayonida xavfsizlik yuqoridagi barcha ko‘rinishlarini inobatga olishi har biri bilan alohida institut shaklida tadqiqot olib boorish bilan bir qatorda muammo va kamchiliklarga yechim topish va amalda tatbiq qilish orqali milliy xavfsizlik tizimini shakllantiradi. 30 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Rasm 1 Xavfsizlikning turlari1 Xavfsizlik tushunchasi faqat harbiy ma’noda qo‘llanilmasligi sababli endi uni ta’minlovchi vositalar ham faqat harbiy kuch hisoblanmaydi. Kirish qismida davrlashtirlganidek xavfsizlikning turiga qarab vositalar ham turlicha bo‘lgan va har bir davrda o‘sha zamon talabiga javob bera oladigan texnalogiyalardan foydalanilgan. Qadimgi davrlarda ya’ni xalqaro munosabatlar ilk vujudga kelgan paytda uning xavfsizligini ta’minlash asosan albatta harbiy kuchga tayangan va u orqali nazoratda ushlab turilgan. Bunda xalqaro xavsizlik bugungi kundagi kabi xalqaro tashkilotlar orqali emas balki davlatlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘lgan. Xalqaro xavfsizlik xalqaro hamjamiyatning asosiy havotiridir, chunki xalqaro xavfsizlikka tahdidlar global barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni buzish potentsialiga ega va insoniyatning keng miqyosda azoblanishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro xavfsizlik ham murakkab masala bo‘lib, samarali hal etish uchun davlatlar, xalqaro tashkilotlar 1 https://www.seekpng.com/png/full/402-4028754_fig-buzans-five-sectors-of-security.png 31 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 va boshqa ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik va muvofiqlashtirishni talab qiladi. Xalqaro munosabatlar rivojlangan zamonaviy dunyoda davlatlarning iqtisodiy siyosati, ijtimoiy hayoti va ma’lum darajada harbiy salohiyati ham bir biri bilan bo‘liq bo‘lgan bir paytda xalqaro xavfsizlikni ta’minlanmasligi oqibatida barcha davlatlar juda katta zarar ko ‘rishi va bu kuchlar balansining buzilishiga olib keladi. Xalqaro xavfsizlik tamoyillari quyidagilarni nazarda tutadi: 1. davlatlararo munosabatlarning umuminsoniy tamoyili sifatida tinch-totuv yashashni tasdiqlash; 2. barcha davlatlar uchun teng xavfsizlikni ta’minlash; 3. harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda samarali kafolatlar yaratish; 4. koinotda qurollanish poygasining oldini olish, barcha yadroviy sinovlarni to‘xtatish va ularni to‘liq yo‘q qilish; 5. har bir xalqning suveren huquqlarini so‘zsiz hurmat qilish; 6. xalqaro inqirozlar va mintaqaviy mojarolarni adolatli siyosiy jihatdan hal etish; 7. davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash; 8. xalqaro terrorizmning oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; 9. genotsidni, aparteidni, fashizmni targ‘ib qilishni yo‘q qilish; 10. xalqaro amaliyotdan diskriminatsiyaning barcha shakllarini chiqarib tashlash, iqtisodiy blokadalar va sanksiyalarni rad etish (xalqaro hamjamiyat tavsiyalarisiz); 11. barcha davlatlar uchun teng iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaydigan yangi iqtisodiy tartibni o‘rnatish.2 Bugungi kunda garchi global xalqaro tashkilotlar ushbu tamoyillarga amal qilishida sezlarli kamchiliklar namoyon bo‘lmoqda. Buning tag zamirida aytish joyizki 2 Н.А.Баранов Лекция 6. Международная безопасность: глобальный и региональный аспекты 32 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 manfaatlar to‘qnashuvi hamda kuchlar muvozanatiga bo‘lgan tahdidlar o‘z rolini o‘ynamoqda. Xalqaro xavfsizlik tizimining samaradorligi uning sub'ektlarining majburiyatlari, kafolatlari va imkoni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi, bugungi kunda global dunyoda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan xalqaro munosabatlarda xavfsizlik tushunchasi, nazariyalari, shuningdek uning evolyutsiyasi va bugungi kundagi muammo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi, bugungi kunda global dunyoda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan xalqaro munosabatlarda xavfsizlik tushunchasi, nazariyalari, shuningdek uning evolyutsiyasi va bugungi kundagi muammo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
synapses insights, insights across, across disciplines, xavfsizlik tushunchasi, xalqaro xavfsizlik, bugungi kunda, disciplines synapses
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти