Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MA’RIFATPARVAR ADIB
Across the Disciplines · MA’RIFATPARVAR ADIB · Bekchanova Nazokat Ibadullayevna
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada Abdurauf Fitrat faoliyatining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, ilmiy-nazariy qarashlari, badiiy publitsistik faoliyatidagi oʻziga xoslik oʻrganilib, oʻzbek va jahon adabiyotshunos olimlarining adib haqidagi xulosalari keltirildi. Yozuvchining ijtimoiy-siyosiy jarayondagi qarashlari talqini tahlilga tortildi. Kalit soʻzlar: adabiy meros, adabiyot qoidalari, “She’r va shoirliq”, nazariy tahlil, adabiy va badiiy meros, “Mijmar”, maorif, taxallus. Oʻzbek adabiyoti tarixida Abdurauf Fitrat buyuk yozuvchi, shoir, publitsist, dramaturg, jamoat arbobi sifatida e’tirof etiladi. Fitrat soʻzi dastavval “Navoiy lugʻati”da “tugʻma iste’dod, yaratilish” degan ma’noni anglatishi qayd etiladi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida olib borgan faoliyati adabiy merosimizning gultoji sifatida qadrlanadi. XX asr boshlarida Markaziy Osiyo ziyolilarining ta’sir doirasi kuchli boʻlgan vakillaridan biri hisoblangan Abdurauf Fitrat faoliyatini “Mijmar” taxallusida she’rlar yozish bilan boshlarkan, ilk toʻplamini “Sayha” nomi ostida Istanbulda chop ettiradi. Adabiyotshunos olim Begali Qosimov Fitrat faoliyati, ijod olamiga kirib kelishi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Ne’matulla Muhtaram tazkiralaridan bilishimiz mumkinligini keltirib oʻtadi. Ijodkor yaratgan boy adabiy merosni “Tanlangan asarlar”da toʻplaydi va bu toʻplamga Fitrat qalamiga mansub darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy maqola va tadqiqotlarini kiritib oʻtadi. Adabiyotshunos olim qalamiga mansub “Oʻzbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi” nomli oʻquv qoʻllanmasida Turkistonda jadidchilik yoʻnalishining keng quloch yoyishi, “usuli jadid” maktablarining faoliyati, Fitratning Turkiyadagi tahsil va ijod jarayoni, zamondoshlari va yozuvchilarning u haqidagi fikrlari hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi tashabbuskorligi qayd etiladi. “Tanlangan asarlar” kitobidan adibning adabiyotshunoslikka doir “She’r va shoirliq”, “Adabiyot qoidalari”, “Oʻquv”, “Eng eski turk adabiyoti namunalari” nomli tadqiqot ishlari joy olgan boʻlsa, tilshunoslikka doir “Tilimizning abadiyligi”, “Muqaddimat ul adab”, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrusida bir tajriba”(“Sarf” va 22 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 “Nahv”) hamda ijtimoiy masalalarga doir “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarlari keltirilgan. Shuningdek, manbada Fitrat qalamiga mansub ilmiy-nazariy xulosalar, ijtimoiy falsafiy qarashlar jamlangan. Asarning “She’r va shoirliq” qismida “She’rda kishilarning qonini qaynatgʻuchi, singirlarini oʻynatgʻuchi, miyasini titratkuchi, sezgusini qoʻzgʻatgʻuchi bir kuch, ma’naviy bir kuch bor. Shunday bir kuchi boʻlmagʻan soʻz vazn va qofiyasi boʻlsun she’r boʻla olmaydir”1 fikrlari keltirilganki, bu ijodkorning adabiyotshunoslikka oid nazariy qarashlari hamda shoirlik ilmi bilan bogʻliq xulosalarini ham bayon etadi. Bundan tashqari, “Adabiyot qoidalari” qoʻllanmasidan san’at va adabiyotga berilgan muxtasar ta’rif, badiiy asar mavzu va mundarijasi, ifoda uslubi, sochim va tizim, barmoq va aruz vazni, aruzda rukn va bahrlar, qofiya haqida soʻz yuritarkan, adabiyot nazariyasining ilk tadqiqotlari xususida ma’lumotga ega boʻlishimiz mumkin. Gʻazal, qasida, qit’a, masnaviy, ruboiy, mustazod, musammat, tarji’band va tarkibband haqida ilmiy xulosalarni keltirarkan, she’r ilmida badiiy san’atlarning qoʻllanilishi, ifoda uslubiga koʻra adabiyot turlari, xalq ogʻzaki ijodi janr xususiyatlariga alohida toʻxtalib oʻtadi. Klassizm, ratsionalizm, sentimentalizm, romantizm, realizm, simvolizm, modernizm, naturalizm, futurizm kabi adabiy oqimlarning milliy adabiyotimizda aks etishi xususida qimmatli ma’lumotlarni qayd etadi. Futratning Istanbuldagi faoliyatida “Munozara” asarini forsiy tilda chop ettirish bilan shuhrat qozonarkan, Hoji Muin tarjimasida “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilib chiqadi va unga Mahmudxoʻja Behbudiy soʻzboshi yozadi. Asar haqida B.Qosimov shunday yozadi: “Yoʻl ocherkini eslatuvchi bu asarda Buxoroning maishiy siyosiy turmush manzaralari dunyo koʻrgan bir kishining nigohi orqali tasvir etiladi. Muallif yeri, suvi, havosi betimsol, xalqi gʻoyat mehnatkash, hunarmand bir xalqning ogʻir turmushidan soʻz ochadi, uning sabablarini tahlil etadi” 2. Adib ijodidagi eng sara asarlar yaratilish tarixi, adabiyot va ijod boʻstonidagi oʻziga xos oʻrni haqida ma’lumot berib oʻtadi. Shuningdek, Fitrat qamoqqa olingan yillardagi adibga qilingan nohaqliklar, sud-tergov faoliyatidagi yozuvchiga qilingan tuhmatlar, biroz keyin e’lon qilingan oqlov hukmi toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan. 1 Abdurauf Fitrat “Tanlangan asarlar”. T.: Ma’naviyat. 2009. 6-bet 2 B.Qosimov. “Oʻzbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi”. T.: Fan va texnologiya nashriyoti. 2008. 259-bet. 23 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 4 Adib faoliyati haqida soʻz ketganda adibning xorijdagi tadqiqotchilaridan biri Tokio davlat universiteti Turkshunoslik markazining rahbari professor Xisa
Доказательный фрагмент
«Maqolada Abdurauf Fitrat faoliyatining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, ilmiy-nazariy qarashlari, badiiy publitsistik faoliyatidagi oʻziga xoslik oʻrganilib, oʻzbek va jahon adabiyotshunos olimlarining adib haqidagi x…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Abdurauf Fitrat faoliyatining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, ilmiy-nazariy qarashlari, badiiy publitsistik faoliyatidagi oʻziga xoslik oʻrganilib, oʻzbek va jahon adabiyotshunos olimlarining adib haqidagi x… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “She’r va shoirliq”, “Mijmar”, maorif, adabiy va badiiy meros, adabiy meros, taxallus., nazariy tahlil, adabiyot qoidalari
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025