К содержанию
РецензированоUZ2026

INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARI TOLASINING TEXNOLOGIK KO‘RSATKICHLARI

А.О. Qо‘zibоyev (Qаrshi muhаndislik-iqtisоdiyоt instituti dоktоrаnti)

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 321-326 · 2026

Аннотация

The article studies the influence of the planting scheme on the technological parameters of the fiber of fine-fiber cotton varieties (Marvarid, Surkhon-14, Boston, Guzoor), and describes the differences in such parameters as fiber type, fiber yield, fiber length, micronaire index, fiber maturity, and relative breaking strength under different planting schemes. Keywords: fine-fiber cotton, variety, planting scheme, fiber type, fiber yield, fiber length, micronaire index, fiber maturity, relative breaking strength. Kirish. Jahon bozorida ingichka tolali yetishtiruvchi ilg‘or mamlakatlar, jumladan Misr paxtasining sifati yuqori baholanadi. Sababi ushbu paxta navi tolasining o‘ta pishiqligi sababli nafaqat to‘qimachilikda, balki avtomobilsozlik va aviasozlikda ham talab yuqori bo‘lgan mahsulotligi bilan ajralib turadi. Kimyo sanoati va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishida ham yurtimizda yetishtiriladigan pishiq va uzun tolali paxtaga bo‘lgan talab ortmoqda. Vohaning issiq iqlimi, unumdor tuprog‘i ingichka tolali g‘o‘za yetishtirish uchun ayni muddao. Nega aynan ingichka tolali paxta. Chunki, bu navli paxta juda issiq ob-havo sharoiti, suvsizlik, garmsel va zararkunanda hasharotlarga chidamlidir. Shu bilan birga, uzun tolaligi, pishiq-puxtaligi hamda to‘qimachilik sanoatida nafis sifati bilan ajralib turadi. Ingichka tolali paxta yetishtirish samaradorligi boshqa navlarga nisbatan 60 foiz yuqoridir. Eksportbopligi, yuqori narxga baholanishi va jahon bozorida talabgorligi, to‘qimachilikda esa pishiq ip-kalava, sifatli mato tayyorlashdagi ahamiyati sabab 98 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ingichka tolali paxta yetishtirishga bo‘lgan qiziqishning ortishiga sabab bo‘lmoqda[3]. O‘zbekistonda paxta yetishtirishda iqlim va agrotexnologik omillar tolaning sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, mikroneyr ko‘rsatkichi tolaning nozikligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ishlab chiqarishda asosiy parametr hisoblanadi. Iqlim sharoiti, sug‘orish tizimi va ekish sxemasi tolaning pishiqligi va uzunligini belgilaydi. Adabiyotlar tahlili. Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga oid ilmiy adabiyotlarda tola chiqishi, uzunligi, mikroneyr ko‘rsatkichlari va pishiqlik darajasining g‘o‘za navlari, agrotexnologik tadbirlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi bayon etilgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, tolaning sifatini baholashda to‘qimachilikka mos keladigan mexanik xususiyatlar hisobga olinadi. Tola chiqish foizi va mikroneyr darajasini yaxshilash uchun navlarning tuproq sharoitiga mosligi hamda qurg‘oqchilikka chidamliligi ahamiyatli hisoblanadi [1]. Hozirgi kunda respublikamiz doirasida tolaning texnologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar kuchaytirilmoqda. Masalan, tolasi uzun va mikroneyr darajasi o‘ta yuqori bo‘lmagan tolalar yuqori sifatli mahsulot hisoblanadi, bu esa to‘qimachilik sanoati uchun ahamiyatlidir [2]. G‘o‘za navlarini nisbatan yaxshiroq texnologik sifat ko‘rsatkichlari g‘o‘za 80x40 smda parvarishlanib, qo‘shqator oralariga 1 marta 5-7 sm chuqurlikda ishlov berilganda olindi, chunki bu holatda g‘o‘zalarni o‘sishi, rivojlanishi, oziqa unsurlarni o‘zlashtirish nisbatan yaxshiroq bo‘lganligi aniqlandi [4]. Tadqiqot natijalari. Tola chiqishi, uzunligi, mikroneyr kabi ko‘rsatkichlar genetik omillar bilan belgilanadi, ammo ekologik sharoit va agrotexnik tadbirlar ularga sezilarli ta’sir qildi. Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga turli ekish sxemalarining ta’sirini tahlil qilish natijalari keltirildi (1-jadval). Bunda tola chiqishi (%)ning eng yuqori ko‘rsatkichi 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan Surxon-14 (nazorat) navida (36,8%), eng past ko‘rsatkich esa 90x8,3x1 sxemada parvarishlangan Marvarid navida (35,4%) qayd etildi. Eng uzun tola 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan G‘uzor navida (39,7 mm), eng qisqa tola 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlangan Surxon-14 (nazorat) navida (37,3 mm) hisobga olindi. Tola uzunligi bo‘yicha G‘uzor navi yuqori natijani ko‘rsatib, bu uning yuqori texnologik sifatga egaligini tasdiqlaydi. Paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichlari 3,6-3,9 oralig‘ida bo‘lib, bu holat tolalarning havo o‘tkazuvchanligi yaxshiligini ko‘rsatadi. Tola pishiqligining yuqori bo‘lishi paxta tolasi mustahkamligini oshiradi va uni sanoatda ko‘p funksiyali mahsulot ishlab chiqarishda ishlatishga imkon beradi. Tola pishiqligi (gk) bo‘yicha eng yuqori natija 90x8,3x1 (nazorat) ekish sxemasida parvarishlangan Bo‘ston navida (4,8 gk) qayd etildi. Tola pishiqligi bo‘yicha barcha navlar yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ishlab chiqarish talablari uchun mos ekanligini ko‘rsatdi. 99 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 1-jadval Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga ekish sxemalarining ta’siri (2022-2024 yy.) Nisbiy Tola Tolaning Ekish Tola Tola uzilish

Доказательный фрагмент

«The article studies the influence of the planting scheme on the technological parameters of the fiber of fine-fiber cotton varieties (Marvarid, Surkhon-14, Boston, Guzoor), and describes the differences in such parame…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article studies the influence of the planting scheme on the technological parameters of the fiber of fine-fiber cotton varieties (Marvarid, Surkhon-14, Boston, Guzoor), and describes the differences in such parame… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fine-fiber cotton, variety, planting scheme, fiber type, fiber, tola tipi, tola chiqishi, mikroneyr ko‘rsatkichi tolaning pishiqligi, ekish sxemаsi, nisbiy uzilish kuchi., nаv, tola uzunligi, ingichkа tоlаli g‘о‘zа
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники