Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ALPOMISH” DOSTONIDA OILAVIY-MAISHIY MAROSIMLARNING BADIIY IFODASI
BADIIY IFODASI · O'g'iloy Xolmuhammedova
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
“Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining ming yillardan buyon kuylanib keluvchi doston bo‘lib, unda xalqning azaliy orzu-niyatlari, turmush tarsi, milliy qadriyat va an’analari aks etgan. Ayniqsa, dostonda xalqimizning asrlik urf-odat va marosimlarining ko‘plab namunalarini uchratamiz. Bu o‘z navbatida dostonning qanchalik xalqona va turmush tarzini ochiq-oydin tasvirlangani deb bilsak, ikkinchi tomondan o‘zbek xalq marosimlarini o‘rganishda foydalana oladigan manbalardan biri bo‘la olishi shubhasizdir. Kalit so‘zlar: “Alpomish” dostoni, marosim, urf-odat, to‘y marosimi, motam marosimi. “Alpomish” dostoni xalqimiz orasida juda keng tarqalgan va asrlar davomida baxshilar tomonidan sevib kuylab kelingan. “Alpomish” dostonining tarixiy-madaniy ahamiyati tengsizdir. U xalqimizning o‘ziga xos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan orzu-umidlari, porloq kelajak haqidagi o‘y- fikrlari mujassamlashgan. “Alpomish” dostoni – o‘zbek xalqi madaniy turmushi tarixining badiiy oynasi. U o‘zbekning o‘zligini, uning mard va tantiligini, mehmondo‘stligini, bolajonligini namoyon etadigan va bu tuyg`ularni avloddan avlodga o‘tkazib kelayotgan mumtoz epos namunasidir. Dostonda qahramonlik, jasurlikni ulug`lash, mardlik, do‘stlik tuyg`ulari vatanparvarlik g`oyasi elu yurtga, oilaga muhabbat motivlari bilan birlashib ketadi. Unda xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan orzuumidlari, porloq kelajak haqidagi o‘y-fikrlari mujassamlashgan. “Alpomish” dostoni syujetini to‘liq anglash uchun o‘zbek xalq marosimlarini, urf-odat va an’analarini yaxshi bilish talab etiladi. Aks holda, doston mazmunini to‘liq anglash iloji bo‘lmaydi. “Alpomish” dostonida oilaviy-maishiy marosimlarning ham to‘y, ham aza turi bilan bog`liq urf-odatlari talqin etilgan. Dostonda xalqimizning motam marosimiga oid ayrim tushunchalari azador Barchinoyning etti yillik tutqunda qolib ketgan Alpomishni o‘ldi gumon qilib, aza ochishi, aza kiygancha “vo to‘ram”lab yig`i qilishi misolida yorqin tasvirlangan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 14 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Dostonlar ajdodlar va avlodlar jonli aloqasini, vorisligini o‘zida mujassamlashtiradi. Ular xalq ijtimoiy-maishiy hayoti bilan bevosita bog`langanligi tufayli har bir kishiga o‘z xalqi, uning tarixi va kelajagi, istiqboldagi orzu-umidlari bilan vobastalikni his etishga, amaliy faoliyatda esa yuksak axloqiy g`oyalarni asos qilib olishga yordam beradi. Shuning uchun ham dostonlarni to‘plash, o‘rganish va nashr etish hamisha dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Bu ulkan boylikning asosiy tarkibiy qismlaridan birini xalq dostonlari, jumladan, “Alpomish” dostoni tashkil etadi. “Alpomish” dostoni xalqimizning tarixiy o‘tmishini, maishiy-madaniy hayotini juda keng ko‘lamda badiiy ifoda etganligi uchun o‘zbek folklorshunosligida unga nisbatan e’tibor katta. Unga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar salmog`i ham keng. Jumladan, Hodi Zarifov, To‘ra Mirzaev, Muhammadnodir Saidovning bu borada boshlagan ilmiy izlanishlarini yana Saodat Yo‘ldosheva “O‘zbek xalq qahramonlik eposi – “Alpomish”ning badiiyati” (1984) mavzuidagi nomzodlik va Isomiddin Yormatov “O‘zbek xalq qahramonlik eposi poetikasi” (1994) mavzuidagi doktorlik tadqiqotlarida davom ettirishdi. “Alpomish dostonining badiiyatini, asosiy an’anaviy epik motivlarini, unda epos va marosim munosabatini ilmiy tadqiq qilishda H.T.Zarifov, M.Afzalov, T.Mirzaev, M.Murodov, B.Sarimsoqov, S.Ro‘zimboev, M.Jo‘raev, A.Musaqulov, I.Yormatov, M.Yoqubbekova, S.Yo‘ldosheva, S.Mirzaeva, Sh.Turdimov, J.Eshonqulov, D.O‘raeva kabi folklorshunos olimlarning asarlari asosiy ilmiynazariy manba vazifasini o‘tadi. Maqolada qiyosiy-tarixiy, tarixiy-madaniy, qiyosiy-analitik metodlardan foydalanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA “Alpomish” dostonida turli-tuman o‘zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifoda etilgan. Ushbu doston o‘zbek qahramonlik eposining eng yorqin va badiiy barkamol namunasi bo‘lib, uning syujeti, asosan, o‘zbek xalq marosimlari tasviridan tashkil topganligi bilan alohida e’tiborni tortadi. Jumladan, unda oilada farzand tug`ilishi, tug`uruq jarayonida momo doyalarning xizmat ko‘rsatishi, farzandga ism qo‘yish, uni etakka solmoq, beshik to‘yi qilish, to‘ydan oldin maslahat uyushtirish, to‘yga jarchi qo‘yish, sunnat to‘yi, to‘yda to‘ychiga to‘yona berish, o‘g`il-qiz chaqaloqlarni bir-biriga atashtirib beshikkirti qilish yoki ro‘mol o‘rab atashtirish, bolaga ikkinchi ism berish, sovchilik, sovchilarni kutish va kutish, ularga rozilik berish alomatlari, nikoh to‘yidan oldin qalliqqa bormoq (qalliq o‘yini qilish), kuyovga shart qo‘yish, kuyov uchun to‘qqiz tovoq, kuyov tovoq qilish, kelin-kuyovni olovdan aylantirish, qiz yashirdi, chimildiq ildi, kuyov navkar va vakil otalarni belgilash, 15 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference it irillar, oyna ko‘rsatar, soch siypatar, qo‘l ushlatar, kuyov uloq, yuz ochdi, baqan (
Доказательный фрагмент
«“Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining ming yillardan buyon kuylanib keluvchi doston bo‘lib, unda xalqning azaliy orzu-niyatlari, turmush tarsi, milliy qadriyat va an’analari aks etgan.»
Образец извлечения
Демо-превью“Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining ming yillardan buyon kuylanib keluvchi doston bo‘lib, unda xalqning azaliy orzu-niyatlari, turmush tarsi, milliy qadriyat va an’analari aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- urf-odat, “Alpomish” dostoni, marosim, motam marosimi., to‘y marosimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014