Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HINDISTON ADABIYOTIDA VEDANTALARNING TUTGAN O’RNI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI · Kenjayev Faxriddin Shodmon o’g’li · Tayanch so’zlar · iboralar: Vedalar
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Tayanch so’zlar va iboralar: Vedalar, Vedanta, Braxmanlar, Aranyaklar, Upanishidlar,Sanskrit tili, Ushbu maqola hind adabiyotida Vedalar va uning yakuni bo’lmish Vedantalar haqida so’z yuritilarkan avvalo Hindiston adabiyotining bir muddat tarixiga qaytamiz. Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Tarixchilarning fikricha Vedalar adabiyoti miloddan avvalgi 2500- yildan 500- yilgacha davom ettirilgan. Bizga ma’lum bo’lishicha Vedalar adabiyoti to’rt asardan iborat. Xususan Rigveda, Atxarveda, Samaveda va Yajurveda. Bu kitoblarga batafsil to’xtaladigan bo’lsak , Rigveda buni olimlar boshqa nom bilan ya’ni “madhiyalar devoni ” deb ham atashadi va eng qadimgi va eng muhim to‘plamdir. Ular miloddan avvalgi XI-X asrlarga tegishlidir. U 1028 madhiyadan (sukt) iboratdir. Ba’zi madhiyalar qadimdan marosim duolari sifatida xizmat qilgan, ammo boshqacha marosimlar ham bor. Bular samoviy va to‘y madhiyalaridir. Rigvedada qahramonlik ulug’lash kabi xislatlar oldinga suriladi1. Shuni ta’kidlab o’tish joizki keying kitoblar ham Vedalar adabiyotida xususan hind adabiyotida alohida o’rin tutadi. Ikkinchi madhiyalar to‘plami Atxarvedadir. Hozirgi kunda u 731 madhiyadan iborat va 20 kitobga bo‘lingan2. Bu asar Rigvedaga qaraganda keyinroq yaratilgan va son-sanoqsiz ruhlar, jinlar va sehrli kuchlarga e’tiqod haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Olim larning fikricha, u etnografiya va din tarixi uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Uchunchi to‘plam – Samaveda (ashulalar devoni)dir. U 1549 madhiyadan iborat. Bu madhiyalar qurbonlik qilish marosimida aytilgan. Samavedadagi madhiyalar asosan marosimlarda qurbonlik keltirish uchun aytiladigan va kuylanadigan qo’shiqlar to’plamidir. To‘rtinchi to‘plam - Yajurveda (qurbonlik va xayr-ehsonga tegishli tilovatlar devoni). U qisman madhiyalar va nasriy parchalardan iborat. Bunda turli xil 28 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference bayramlarda yoki kundalik hayotda ham qilinadigan qurbonlik va xayr-ehsonlar haqida kuylanadigan kitob sanaladi. Endi bevosita hind adabiyotida Vedantalarning o’rni haqida so’z yuritamiz va ularni birma-bir ko’rib chiqamiz. Avvalo Vedantalarning o’ziga to’xtaladigan bo’lsak bu qadimgi hind adabiyotidagi Vedalarning yakuni sarhisobi sifatida keltiriladi. Vedanta bu qadimiy hind adabiyoti na’munalaridan bo’lib, uning ma’zmuni asosan vedalarning madhiya-qo’shiqlariga izoh berish bilan bog’liq. Bevosita asar nomi ham “veda” va “ant” ya’ni “oxiri” degan so’zlardan olingan3. O’sha paytda Hindistonda vedalardan tashqari biror bir manba bo’lmaganki hind ziyolilari xususan braxmanlar vedalar tarkibidagi qo’shiq va madhiyalarni zamirida yotgan diniy- falsafiy mazmuniy qarashlarni asta sekin hind xalqiga singdirib ularga izoh yoza boshlashgan. Shu tariqa vedalardan so’ng vadanta ya’ni vedalar yakuni, oxiri yuzaga kelgan. Braxmanlar paydo bo’lgan izoh va qarashlarni mazmun-mohiyatiga ko’ra uch guruhga bo’lishgan ular; -braxmanlar -aranyaklar -upanishidlar Yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadigan bo’lsak vadantalarning yaratilish davri miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga to’gri keladi va yana bir fikr o’rinliki ya’ni kastachilik tizimidan voz kechib yangi dunyoqarashlar ham shakllana boshlagan. Shu tarzda braxmanlar yaratgan diniy falsafiy qarashlar vaqtlar o’tgan sari o’zgarib borgan va kitob holiga kelgan. Dastavval vedantaning birinchi turi hisoblanadigan Braxmanlarga to’xtalib o’tamiz. Braxmanlarning yuzaga kelish davri miloddan avvalgi VII-VI asrlarga to’g’ri keladi deb ba’zi manbalarda keltiriladi4. Tarixdan ma’lumki Hindistonda kasta-varna tizimi shakllangan shu boisdan ham eng yuqori qatlam bo’lmish braxmanlar alohida o’rin tutgan. Braxmanlar veda ilmini o’rganib, inson hayotini muhim to’rt davrga bo’lgan va shu haqdagi malumot va fikrlar “Braxmanlar” to’plamida keng va batafsil bayon etilgan. Ular; -yoshlik bu dastavval hayotni o’rganish hamda shogirdlik davri -grixastxa bu davrda inson oilali bo’lish keltiriladi -darveshlikka o’tish davri -to’liq darveshlik davri Hind faylasuflarini ta’kidlashicha inson hayoti davomida ushbu to’rtta davrni o’z boshidan kechiradi va ular har bir davrga o’zlarini turli xil qarashlarini keltirishadi. 29 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Biz ham har bir davrga birin ketinb to’xtalib o’tamiz. Yoshlik davri hind faylasuflarining ta’kidlashicha bu davrda inson dunyoga kelib yashashni o’rganib endi anglay boshlagan va bu hayotga kelganidan asosiy vazifasi nima ekanligini tushunish davri shu uchun hambu davr boshqacharoq ataladi ya’ni shogirdlik davri. Shundan keytin inson keying hayotga ya’ni oilali bo’lish Grixastxa davriga o’tadi. Bu davrga kelib inson o’z vazifasini bajarish xususan o’zidan nasl qoldirish kabi vazifalarni o’tashi kerak. Bundan tashqari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Upanishidlar, Sanskrit tili, Vedanta, Aranyaklar, Vedalar, Braxmanlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025