Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAYVON NOMI BILAN BOG`LIQ HOLDA ISHLATILADIGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR
FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR · Atamuratova Dilnura Bekmurat qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В данной статье представлены лексические значения фразеологизмов, употребляемых с названием животного. По способу употребления выражений они делятся на отрицательные и положительные типы. Выделены различные аспекты словосочетаний и выражений. Ключевые слова: фразеология, лексическое значение, зоология, домашние животные, названия диких животных. Annotation: This article presents the lexical meanings of phraseological units used with the name of an animal. According to the method of use of expressions, they are divided into negative and positive types. Different aspects of word combinations and expressions are highlighted. Key words: phraseology, lexical meaning, zoology, pet, wild animal names. Tilshunoslikda har bir tilning lug‘at tarkibi frazeologik birliklardan iborat hisoblanadi. Frazeologiya- hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Frazeologiya – grekcha, phrasis- “ifoda”, logos-“ta’limot” degan ma’nolarni bildiradi.Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib, leksikologiya tarkibidan XX asrning 50-yillaridan boshlab mustaqil soha sifatida ajralib chiqqan. Frazeologiya sohasi iboralarning qo`llanilish doirasiga ko`ra bir necha turlargabo‘linadi. Masalan, tana a’zolari ishtirok etgan iboralar: oyog`i tortmadi (biror joyga borishni ko`ngli xohlamadi), sabzovot mahsulotlari ishtirok etgan iboralar: tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq(umidi puchga chiqdi), son ishtirok etgan iboralar: ajalidan besh kun burun (qazo qilinishining o`z vaqti-soatidan ilgariroq), oshxona jihozlari ishtirok etgan iboralar: bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday 51 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference (beqiyos go`zal, nihoyatda dilrabo), hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar: qo`y og`zidan cho`p olmagan (o`ta yuvvosh) kabilarni keltirish mumkin. 1[72] Biz iboralarning hayvon nomi bilan ishlatiluvchi turga to‘xtalmoqchimiz. Bu borada ko`plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Dilnoza Ismailova tomonidan hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralarning salbiylik va ijobiylik bo‘yicha badiiy asarlarda qo`llanilish doiasi o`rganib chiqilqan. Bundan tashqari, Baxrom Jo`raboyev roman-german va o`zbek tillarida qo`llaniluvchi hayvon nomilarini qisosiy aspektda o`rgangan. Hayvon nomi bilan ishlatiluvchi iboralar o`z ichida uy hayvoni va yovvoyi hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar sifatida ham tasniflanadi. Jumladan ular quyidagicha: Uy hayvon nomi bilan bilan bog`liq Yavvoyi hayvon nomi bilan iboralar: qo`llaniluvchi iboralar: 1 . Ichini it tirnadi. (yashirin holda Bir o`q bilan ikki quyonni urmoq. ruhan bezovtalandi (ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi 2 Otdan tushsa ham egardan Ilonning yog‘ini yalagan (juda tushmas.(mavqeyini yo‘qotganiga ayyor). qaramay) 3 Ammamning buzog`i (landovur, Yer tagidan ilon qimirlasa biladi. lapashang) (nihoyatda ziyrak). 4 Ot bilan tuyacha (juda katta farq) Ilon po`st tashlaydi (chiday olmaslik darajasida). 5 Tuya ko‘rdingmi?- yo‘q. (o`zini Pashshadan fil yasaydi (mubolag`a ko`rmaganga, bilmaganga olmoq) qilib, bo`rttirib yubordi Bundan tashqari hayvon nomi bilan qo`llaniluvchi iboralar ham o`z ichida bo‘linadi. (Masalan, faqat ilon nomi bilan bog‘liq iboralar “Ilonning yog‘ini yalagan”, “Yer tagidan ilonqimirlasa biladi”, “Ilon po‘st tashlaydi”) kabi. Ko‘p hollarda hayvon nomi bilan bog`liq iboralar ijobiy ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, “Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan” iborasi – “yuvosh” degan ma’noni anglatadi. Ammo “Yaxshilik bor joyda yomonlik ham bo`ladi” degan xalqimizda bir hikmat bor. Bu tabiiy hol. Xuddi shunday iboralarda ham ijobiylik ma’nosi bo`lgani kabi, salbiylik ma’nosi ham bo`ladi. Bu iboralar ham qo‘llanilish doirasiga ko‘ra: salbiylik va ijobiylik turlariga bo‘linadi. Masalan, “Ammamning 52 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference buzog‘i” landovur, lapashang (ijobiy ma’noda), “Ilonning yog‘ini yalagan” juda ayyor (salbiy ma’noda), “Mushugini “pisht” demaydi”, hech qanday ozor yetkazmaydi, (ijobiy ma’noda), “Tuya qildi” aldab haqqini o‘zlashtirdi, (salbiy ma’noda) kabidir.2[18] Frazeologik birliklarni va so`z birikmalarini bir-biridan farqlash lozimdir. Ibora- gap tarkibida kelganda yoki yakka holda ham, u bir necha so‘zdan iborat bo‘lsa ham, bitta so‘roqga javob berib, bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmalarida tobe va hokimlik munosabatini ifodalab, har qaysisi alohida savollarga javob bo`ladi. Masalan, “Ammamning buzog‘i” ibora sifatida kelganida –“landovur” ma’nosida qo`llanilib, gap tarkibida bitta so`roqqa javob bo`ladi,bitta gap bo`lagi vazifasida keladi. So`z birikmasi sifatida kelsa – “Ammamning buzog`i” ammamning – kimning?, buzog`i – nimasi? kabi savollarga javob bo`lib, moslashuv yo`li orqali bog`langan so`z birikmasi hisoblanadi. Kishi o`z nutqida iboralarnito`g`ri qo`llay olar ekan - bu o`sha insonning naqadar ilmga chanqoq va dangal gapiradigan odam ekanligini anglatib turadi. Bu borad
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлены лексические значения фразеологизмов, употребляемых с названием животного.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлены лексические значения фразеологизмов, употребляемых с названием животного. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, lexical meaning, zoology, pet, wild animal names, zoologiya, uy hayvoni, frazeologiya, yavvoyi hayvon nomlari., leksik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014