Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTON ILK SHAHAR DAVLATLARNING PAYDO BO’LISHI.
EDUCATION SYSTEM · To’ychiyev Eldor Shuhrat o’g’li · Almurodova Dildora Abdumajid qizi
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
The emergence of the first states in our homeland Uzbekistan. To inform students and those interested in the names of ancient states and their domestic and foreign policies. Full disclosure of the factors influencing the development of each state, its own development and crisis. castles located in our territory, a look at their prospects in their time Keyswords: first states, Kxarezm , Baktriya, Davan states, Kang states, Sugd states, Kushans states, cities names and histories. Аннотация Возникновение первых государств в нашей стране Узбекистан. Предоставление информации студентам и всем, кто интересуется названиями древних государств, их внутренней и внешней политикой. В полной мере раскрыть факторы, повлиявшие на развитие каждой страны, ее развитие и кризис. Посмотрите замки, расположенные в нашем регионе и их перспективы в свое время. Ключевые слова: Ранняя государственность, Хорезм, Бактрия, Дованское государство, Кангское государство, Согдийское государство, Кушанское государство, рабство, феодализм, племя, род, название и история крепостей. O'zbekiston davlatchiligi borasida gap ketganda avvalambor Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlati nafaqat O'zbekiston,balki O'rta Osiyo hududidagi ilk davlatlardan sanalishini aytishimiz joiz deb o'ylayman. Davlat qurish ham oson emasligini bilamiz. Albatta, har bir fan davlatchilik tushunchasiga o’z aspekti doirasida ta’rif berishga harakat qiladi. Masalan, falsafiy kitoblarning ayrimlarida davlatga berilgan ta’rifda quyidagi mazmundagi 79 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference so’zlar bor: “Jamiyatni tartibga solib turuvchi va boshqaruvchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi” yoki siyosatshunoslikka oid manbalarda “Jamiyatni boshqaruvchi va qonun bilan kafolatlovchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi” deyilgan. Tarixiy nuqtai nazardan aytganda davlat deb–muayyan boshqaruv apparatiga ega bo’lgan, mavjud qatlamlar manfaatini himoya qiluvchi tuzilmaga davlat deyiladi. Bugungi kunda ham davlatlar o’z tasarrufidagi qatlamlar – ziyolilar, tadbirkorlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, dehqon va ishchilarni qonuniy himoya qiladi. Demak, qadimgi davrlar davlatlarida o’ziga xos boshqaruv shakli bo’lib, mavjud qatlamlarni himoya qilgan. Biroq tarixning guvohlik berishicha, qadimgi davlatlarda ko’proq amaldorlar (quldorlikda quldorlar, feodalizmda katta yer egalari va h.k.) manfaati himoya qilingan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Har bir davlat o’z davlatchilik tarixiga ega. Bizning O’zbekistonimiz hududida ham qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo’lib, bu juda olis davrlarga borib taqaladi. Albatta, davlatlar o’z–o’zidan paydo bo’lmagan, buning o’ziga xos omillari mavjud. Hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, ya’ni 1– mingyillik bilan chambarchas bog’liq. Chunki bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o’sdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo’lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg’or usullariga o’tish va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu – hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va ixtisoslashuvi. Urug’ jamoasi hududiy qo’shnichilik jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o’rtasida doimo kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Qabila chegaralarini qo’riqlash, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug’, qabila boshliqlari turganlar. Ular o’z obro’si va ta’siri bilan mashhur kishilardan saylangan. Mil.av. 1–mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to’rt guruhga bo’lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Xo'jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug’ va qabilalar ichida ayrim to’q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo’lib turadigan harbiy to’qnashuvlar sharoitida urug’–qabila boshliqlarining ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun–qoidalariga asosan yashay boshlaydi. 80 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Harbiy demokratiya–davlatga o’tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo’lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin: Qabila – urug’ – hududiy qo’shnichilik jamoasi – davlat.. Shunday qilib, davlatlar tashkil topishidagi omillar quyidagilardan iborat bo’ldi: ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim kishilarning boyib ketishi). MUHOKAMA Hozirgi O’zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi B
Доказательный фрагмент
«The emergence of the first states in our homeland Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe emergence of the first states in our homeland Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ранняя государственность, Хорезм, Бактрия, qabila, Kang’ davlati, So’g’d davlati, Dovon davlati, Kushonlar davlati, feodalizm, quldorlik, urug’, Baqtriya, Ilk davlatchilik, Xorazm, qal’alar nomi va ta’rixi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025