К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA QO‘LLANGAN AYRIM IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI

EDUCATION SYSTEM · Pormonov Fayozbek Raxmomberdi o‘g‘li

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy jihatdan tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: ibora, komponent, uslubiy bo‘yoqdor so‘z, frazeologiya, barqaror birikma. Ibora arabcha so‘z bo‘lib biror bir tushuncha yoki gapning bir so‘z bilan ifodalanishi, yani turg‘un bog‘lama. Masalan, qovog‘idan qor yog‘yapti, kapalagi uchdi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib kettdi, qovun tushurdi va hakazo. Ibora o‘zi ifodalayotgan tushuncha bilan so‘zga teng, lekin uslubiy bo‘yoqdorligi sababli bu tenglik buziladi. Ibora har vaqt uslubiy bo‘yoqdor bo‘ladi. Til qurilishining lug‘at sathida leksik va frazeologik qatlam (Uni o‘rganuvchi soha ham) frazeologiya deb yuritiladi. Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi soha frazeologiya deb nomlanadi. Bizning ushbu tadqiqotimizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidagi iboralarni semantik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik. Asarda to‘rt komponentli “qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan” iborasi qo‘llanilgan bo‘lib, frazeologik lug‘atlarda “nihoyat darajada beozor mo‘min” degan ma’noni ifodalaydi. Ushbu ibora O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida quydagi o‘rinda komessar nutqida qo‘llangan: “– Senga qolsa, Vasilyevning alibiysi qo‘lida! To‘laganova qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan farishta” (185-bet). Ikki komponentli “kapalagini uchirmoq” “kayf(i)ni uchirmoq” iborasining varianti bolib, lug‘atlarda “qattiq cho‘chish bilan qo‘rqmoq” ma’nosini o‘zida aks ettiradi. Mazkur ibora romanda quyidagi o‘rinda qo‘llangan: “-Ie, o‘zingmisan, o‘rtoq ? –dedi dadillanib.-Marhamat qani, ichkariga! Odamning kapalagini uchirib yubording-ku,og‘ayni?(61- bet). Bundan tashqari yana ikki komponentli iboralardan “palagi toza” frazeologizmi ham qo‘llangan bo‘lib, semantic ma’nosi “urug‘-aymog‘i, avlodi va oila a’zolaridan ibrat olsa bo‘ladigan; 85 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference namunali, zotli” degan ma’noni anglatadi. Romanda “palagi toza” iborasi quyidagi o‘rinda qo‘llangan: “keyin…. Qarasam, yuzingda nur bor. Mana endi tushundim. Palaging toza ekan” (109- bet). Bu o‘rinda ma’lum bir shaxsning yaxshi bir urug‘ vakili ekanligini anglatadi.“Burnini suqmoq” - “kirmoq” ma’nosini anglatib, ushbu iboraning “tumshug‘(i)ni tiqmoq” varianti ham mavjud. Bu ibora asarning quyidagi o‘rnida qo‘llangan: “Otang ko‘rgan bunaqa “Yozuvchi” lardan qanchasin! Hamma yerga burnini suqadi.(129- bet). Bo‘lar -bo‘lmas ishlarga ham aralashib ketaveradigan odamlarga nisbatan mana shu ibora qo‘llanadi. “Qovun tushirmoq” iborasi “qovun tushirib, shag’al to‘kmoq” iborasining varianti hisoblanib, uning semantic ma’nosi “suhbat mavzusiga qovushmaydigan, noo’rin gap-so’z aytmoq” ma’nolarini o‘zida jamlashi qayd etilgan. Mazkur ibora O‘.Hoshimov romanida aynan shu ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan. “Xolamlardan xabar olay deb kiribmanda ,ko‘ngillarini ko‘taraman, deb qovun tushuribman(82- bet). Bu ibora bilib-bilmasdan biror ishni noto‘g‘ri va noo‘rin bajarib qo‘yadigan odamlarga nisbatan ko‘proq qo‘llanadi. Asarda nafaqat ikki komponentli, balki uch va to‘rt kompanentli iboralar mavjud bo‘lib, “tishini tishiga qo‘ymoq“ -“butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidamoq” ma’nosini anglatadi. Mazkur ibora romanda aynan shu ma’noni bo‘yoqdor va ta’sir doirasi kuchliroq bo‘lishi uchun ishlatilgan. Masalan: “Komessar G‘aniyevning o‘g‘li allaqanday qing‘ir-qiyshiq ulfatlari bilan siyosat so‘qiyapti. Ziyofat tugaguncha tishini tishiga qo‘yib chidadi” (129- bet). “Xom sut emgan” iborasi izohli lug‘atda “hamma qatori; boshqalardan ajralib turadigan joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida aks ettirgan va bu turg‘un birikma “Tushda kechgan umrlar “ romanida Rustamning otasi nutqida qo‘llangan: “Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p narsalarga endi-endi tushunyapman, xom sut emgan banda!”(210-bet). To‘rt komponentli “miyasini qoqib, qo‘liga bermoq” iborasi “quloq- miya(si)ni yemoq” iborasiga sinonim hisoblanib, ma’nosi “so‘rayverib miyasini charchatmoq, sergapligi bilan bezdirmoq” ma’nosini ifodalaydi. Bu ibora O‘tkir Hoshimovning romanida quyidagi o‘rinda qo‘llanilgan: “-Miyamni qoqib,qo’limgq berdingiz-ku, xola. Aytayapman-ku, men boshqa narsani so‘ramoqchiman(105- bet). Asardagi “xom sut emgan” iborasining semantik ma’nosi “hamma qatori; boshqalardan ajralib turadigan joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida aks ettirgan(538-bet). Bu ibora asarda “Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p narsalarga endi-endi tushunyapman, xom sut emgan banda!”tarzida qo‘llangan 86 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference bo‘lib,insonning hayot tarzi davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygani uchun afsuslanish holatini aks ettiradi (210-bet). Xulosa qilib aytganda, iboralarni semantik jihatdan tahlil etganda, ularning har biri turl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy jihatdan tahlilga tortilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy jihatdan tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
komponent, ibora, uslubiy bo‘yoqdor so‘z, frazeologiya, barqaror birikma.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники