К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING MATEMATIK VA STATISTIK TAHLILI

EDUCATION SYSTEM · Sherzod Bo‘riyev Axadovich

Наука и инновации в системе образования · 383 · 2026

Аннотация

Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan. Unda hududiy rivojlanish dasturlari natijalari, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi, shuningdek, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma'lumotlar asosida islohotlarning natijadorligi o‘lchovlari, sohalar kesimidagi ijobiy o‘zgarishlar va mavjud kamchiliklar o‘rganilgan. Natijada, rivojlanish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, statistik tahlil, iqtisodiy o‘sish, turmush darajasi, rivojlanish strategiyalari, samaradorlik ko‘rsatkichlari. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish har bir mamlakatning barqaror taraqqiyoti va aholining farovonligini oshirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu hududiy farqlanishlarni kamaytirish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishdir. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy sohalarni qamrab oladi, balki ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta'minlash kabi keng ko‘lamli maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy barqarorlikka erishish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Xususan, “Hududlarni kompleks rivojlantirish” dasturlari doirasida infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlar hududlarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarning samaradorligini baholashda asosiy manba hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik 90 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference darajasi, aholining real daromadlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Statistik tahlil orqali hududiy rivojlanishdagi tendensiyalarni aniqlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash imkoniyati yaratiladi. Mazkur tadqiqotda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari tahlil qilinadi. Xususan, statistik ko‘rsatkichlar asosida ushbu islohotlarning samaradorligi baholanib, hududiy rivojlanish jarayonlarida duch kelinayotgan muammolar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari asosida istiqbolda islohotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar va metodlar foydalanildi. Ma’lumotlar yig‘ish usullari orqali birlamchi ma’lumotlar to’plab olindi. Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida erishilgan ko‘rsatkichlarni o‘rganish uchun mahalliy hokimiyat organlari va statistika qo‘mitalaridan yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Ikkinchi darajali ma’lumotlar yordamida esa milliy va xalqaro hisobotlar, hukumat qarorlari, rivojlanish dasturlari va boshqa ilmiy-ommabop manbalar o‘rganildi. Statistik tahlil metodlari orqali deskriptiv statistika yordamida hududlar bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar (YaIM o‘sishi, bandlik darajasi, investitsiyalar hajmi, infratuzilma rivojlanishi)ni taqqoslash va umumiy tendensiyalarni aniqlash uchun qo‘llanildi. Korrelyatsiya va regressiya tahlillardan ham foydalanildi, hududiy rivojlanish va islohotlar natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun qo‘llanildi. Masalan, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganildi. Bundan tashqari hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlash va o‘xshash rivojlanish modellari mavjudligini aniqlashda foydalanildi. Solishtirma tahlil usuli yordamida esa turli hududlarning rivojlanish darajasini xalqaro va mintaqaviy standartlar bilan taqqoslash orqali islohotlarning muvaffaqiyat darajasi baholandi. O‘zbekistonning turli viloyatlari o‘rtasida rivojlanishdagi tafovutlar o‘rganilib, mavjud muammolar aniqlandi. Ma’lumotlarning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini o‘rganish orqali islohotlarning uzoq muddatli natijalari baholandi. Bu orqali islohotlarning dinamikasi aniqlanib, rivojlanish sur’atlari tahlil qilindi. Hududiy iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisla

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
statistik tahlil, turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Hududlarni rivojlantirish, rivojlanish strategiyalari, iqtisodiy o‘sish, samaradorlik ko‘rsatkichlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники