К содержанию
РецензированоUZ2026

ZULFIYAXONIM IJODI HAQIDA QISQACHA SHARH

Abdulazizova Havasxon Alisherovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Maqolada Zulfiyaxonim ijodi zamonaviy nazar bilan tahlil qilingan. Asosiy e'tibor uning she'riyatidagi insonparvarlik, muhabbat, vatanparvarlik va ayollar huquqlarini himoya qilish mavzulariga qaratilgan. Zulfiyaxonim ijodining o‘ziga xosligi, o‘z davrining muammolarini badiiy tasvir orqali ko‘rsatishdagi mahorati va bu asarlarning bugungi o‘quvchilar hayotiga ta’siri yoritilgan. Kalit so‘zlar: Zulfiyaxonim, she'riyat, ayollar huquqi, badiiy tasvir, insonparvarlik. Zulfiyaxonim, o‘zbek adabiyoti va madaniyatining yorqin yulduzlaridan biri, o‘zining o‘lmas ijodi bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Uning she’rlari nafaqat o‘quvchini estetik zavq bilan ta’minlaydi, balki unda chuqur falsafiy va ijtimoiy ma’no yotadi. Bu maqolada Zulfiyaxonim ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning asarlarida jamiyatning o‘sha davrdagi muammolarini ko‘rsatish usullari va ularning bugungi kun uchun dolzarbligi haqida so‘z yuritiladi. ASOSIY QISM Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida she’riyatning ma’suliyati nihoyatda oshib ketdi. Bu ma’suliyat shunday og’irki, uni nozik ayol yelkasida ko’tarolmayoganidek tuyuladi. Ammo o’zbek shoirasi Zulfiyaxonim o’zining ijodi namunalari bilan bufikrni umuman teskarisini isbotladi. Bu haqida uning o’zining ham yaxshi so’zlari bor: Vaqtni kishanlashga hamon men ojiz, Tuprog’im va umrim uzra yelar yo’l. Ne yozsam tub-tubdan hayotga doir, Insoniy qalbimning tebranishi ul. Zulfiyaxonim she’riyati har doim insonparvarlik g‘oyalari bilan boyitilgan. U o‘z asarlarida inson qadr-qimmatini yuksak darajada ulug‘laydi. “Sen yetim emassan” she’rida ona mehriga zor bo‘lgan bola qismati, uning ichki kechinmalari hayotiy tasvirlangan. Ushbu asarda faqat bir insonning dardi emas, balki jamiyatdagi yetimlik muammosi yoritilgan. Zulfiyaxonimning eng e’tiborga molik mavzularidan biri ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatishdir. U “Ayol” nomli she’rida ayollarni jamiyat hayotidagi faollikka chaqiradi. Bu asar nafaqat estetik, balki ijtimoiy ma’no 53 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference jihatidan ham qimmatlidir. Zulfiyaxonim o‘z asarlari orqali ayollarni ilm- ma’rifatga chorladi va ular uchun yangi ufqlar ochishga intildi. Zulfiyaxonim ijodida muhabbat mavzusi keng yoritilgan. Biroq uning muhabbati nafaqat ikki inson o‘rtasidagi his-tuyg‘ularni, balki Vatanga bo‘lgan muhabbatni ham ifodalaydi. “O‘zbekiston – bog‘im mening” she’rida Vatan tasviri mahorat bilan chizilgan. Shoira o‘z yurtiga muhabbatni shunchaki his-tuyg‘ular orqali emas, balki undagi xalqning mehnati, tabiat go‘zalliklari va tarixiy meros orqali ko‘rsatadi. Bundan tashqari uning ko’plab she’rlari,shu jumladan “ Mening Vatanim”, “Qo’limda qurol-u ustimda shinel”, “Bizni kut” kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o’zbek she’riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o’rin olgan. Zulfiyaxonim she’riyatining bugungi kun o‘quvchisiga ta’siri o‘ziga xosdir. Uning asarlari yoshlarda mehr-shafqat, o‘z-o‘zini rivojlantirish va Vatanga sadoqat ruhini uyg‘otadi. Shu bilan birga, ayollarga bo‘lgan e’tibor va hurmatning zaruriyligini yodga soladi. Zulfiyaxonim ijodi nafaqat O’zbek xalqi balkim, uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan bo’lib, har bir o’qigan inson uchun o’zgacha o’rni bor. Uning she’rlarini o’qigan inson beixtiyor qayta-qayta o’qiyveradi. Men o’zim ham Zulfiyaxonimning she’rlarini juda qiziqib o’qiyman har bir satri judayam mukammal tarzda yozilgan. Zulfiyaxonim ijodi haqida ko’plab e’tiroflarni ham o’qidim. Zulfiyaxonim haqida Chingiz Aytmatov shunday e’tirof etgan: “Agar Zulfiya Armanistonda tug’ilganida- Silva, Leningradda tug’ilganida Bergolts, Bolgariyada Bagryana, Yugoslaviyada tug’ilganida ham Desanka Maksimovichdek mashhur shoira bo’la olar edi… Shoira shoirlikka nisbatan kam uchraydigan hodisa. Ana shunday yarqiroq yulduzlar qatorida o’zbek shoirasi Zulfiya munosib o’rin egalaydi…” Bundan tashqari juda ko’plab mamalakatlar mashhur shoirlari, tarjimonlari, Zulfiyaxonimni she’rlarini o’qigan har bitta inson e’tirof etadi. Shu qatorda o’zimni ham Zulfiyaxonimning hayotini o’rganayotganimda uni muhabbatiga bo’lgan vafosi haqida qisqacha bir she’rimni keltirib o’tmoqchiman. Pok sadoqat ramzi o’zingiz, She’rlaringiz vafo timsoli O’zbek qizin poklikka chorlar, Asl yo’lchi yulduz misoli. XULOSA Zulfiyaxonim ijodi – bu o‘z davrining muammolarini o‘ta nozik badiiy uslubda ko‘rsata olgan noyob she’riyatdir. Shoira asarlarining o‘lmasligi, 54 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ularning bugungi kun uchun ham dolzarbligida namoyon bo‘ladi. Zulfiyaxonimni o‘rganish va uning asarlarini targ‘ib qilish yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zulfiyaxonim. “Tanlangan asarlar”. Toshkent: Adabiyot nashriyo

Доказательный фрагмент

«Maqolada Zulfiyaxonim ijodi zamonaviy nazar bilan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Zulfiyaxonim ijodi zamonaviy nazar bilan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zulfiyaxonim, she'riyat, insonparvarlik., ayollar huquqi, badiiy tasvir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники