К содержанию
РецензированоRU2026

ZULFIYAXONIM HAYOT VA IJOD YO’LIDAGI O’ZIGA XOSLIK.

Raxmonova Gulzoda Ikromovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

This article provides an in-depth analysis of the life, work, and literary activity of the famous Uzbek poet Zulfiya, highlighting her place and significance in Uzbek literature. Through her poetry, concepts such as humanitarianism, love, and loyalty are expressed in a clear and impactful way. Аннотация: В этой статье глубоко анализируются жизнь, творчество и литературная деятельность знаменитой узбекской поэтессы Зульфии, а также подробно рассматривается её место и значение в узбекской литературе. Через её поэзию ярко и воздействующе выражены такие высокие понятия, как гуманизм, любовь и преданность. Kalit so’zlar: Zulfiya, Hamid Olimjon, she’r, she’riyat, adabiyot, muhabbat, sevgi, sadoqat, sog’inch. Keywords: Zulfiya, Hamid Olimjon, poetry, poetry, literature, love, affection, loyalty, longing. Ключевые слова: Зульфия, Хамид Олимджон, стихотворение, поэзия, литература, любовь, привязанность, преданность, тоска. Shoira she’rlarining keng ommaga tanilishi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat bilan boqib, uning boshqalar sezmaydigan nozik jihatlarini anglaydigan, o'ziga xos idrokiga ega qizaloq sifatida ajralib turardi. Bundan tashqari, oilasidagi iliq va badiiy muhit yosh Zulfiyada ijodiy izlanishlarga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirgan. Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun 56 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935- 1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935- yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. – Onamning qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag‘ishlar, o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etar edi. Hozirgidek charog‘on davrda yashasa, onam yo shoira, yo olima bo‘lardi. Shunga aminmanki, mo‘’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda maktab ko‘rmagan ana shu onam uyg‘otgandi, – deb yozadi Zulfiya o‘zining tarjimai holida. Zulfiya Isroilova she’riyatida ko’plab zafarlar qozonishida onasining ham hissasi bor. Yuqoridagi satrda ham bunga yorqin namoyon bo’ladi. Shoiraning “Ne baloga etding mubtalo” sheʼrida Hamid Olimjon nomi toʻgʻridan-toʻgʻri tilga olinmaydi. Ammo shoiraning hayot yoʻli bilan birmuncha tanish boʻlgan har bir oʻqirman sheʼrning u haqda ekanligini tuyishi tayin. Sheʼrdagi alamli murojaat, javobsiz savollar kimga atalganini aniqlashga urinish shunga olib keladi. Sheʼr 1945 yilda yozilgan. Fojia roʻy berganiga yil oʻtgan, lekin uning alamlari eskirgan emas. “Oʻtdi oylar gʻam bilan oqib, Dil topmadi zarra tasallo” misralarida shoiraning insoniy dardi koʻlami tasvir etiladi. Oylarning gʻam bilan oqishi tasviri tuygʻuning miqyosi va shiddatini oʻqirman tasavvurida gavdalantirishga xizmat qiladi. Ayriliq tufayli paydo boʻlgan gʻam daryoday oqmoqda. Hijron oylari ana shu gʻam oʻzanida oqib bormoqda. Vaqt 57 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tinimsiz oʻtib borayotir. U har qanday dardni unuttirishi kerak. Lekin vaqtning oʻtishidan shoira dili zarra qadar tasalli topa olmayapti. Haqiqiy va ulkan yoʻqotish oldida vaqt ham ojiz Xulosa qilib aytganda, Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida nafaqat o‘ziga xos shoira, balki inson sifatida ham o‘z xalqinin

Доказательный фрагмент

«This article provides an in-depth analysis of the life, work, and literary activity of the famous Uzbek poet Zulfiya, highlighting her place and significance in Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an in-depth analysis of the life, work, and literary activity of the famous Uzbek poet Zulfiya, highlighting her place and significance in Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zulfiya, Hamid Olimjon, poetry, poetry, literature, love, muhabbat, sadoqat, adabiyot, she’riyat, she’r, sog’inch., sevgi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники