Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IS’HOQ OTA ZIYORATGOH TARIXI
Yuldoshev Dilshod Jalol o’g’li · Mamatqulov Egamnazar Nuriddin o’g’li
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
In this article, historical sources and literature provide information about the history and current state of the shrine of Isaac Ata, located in Mirishkor district, Kashkadarya region. Keywords: Isaac Ata’s shrine, pilgrimage, tourism, pilgrimage tourism, historical and cultural heritage. Mustaqillik yillarida sovet davridan farq qilgan holda xalqning ma’naviyati, o‘zligi qaytishi bilan mazkur ziyoratgohlar nafaqat turizm, balki tarixiy-madaniy meros obyektiga aylantirilib, ularning har biri davlat ro‘yxatiga olindi. Tarixchi olim A.Choriyev Qashqadaryo viloyat hududida saqlangan tarixiy obidalar va ziyoratgoh qadamjolarning umumiy sonini 78 ta ko‘rsatib, eng qadimiysi IX – XII asrlar, aksariyati XVI va XIX asrlar me’moriy yodgorliklari tashkil etishini qayd etadi1. Arab geografi va tarixchisi Yoqut Hamaviyning guvohlik berishicha, oʻrta asrlardayoq Movarounnahr hududida 4000 ta qalʼa mavjud boʻlgan. Ayni kunlarda ular Qashqadaryo viloyati hududida ham koʻpchilikni tashkil qiladi. Birgina Qarshi tumanida rasman 123 ta tarixiy yodgorlik roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 59tasi qadimgi va oʻrta asrlarda bunyod qilingani aniqlangan. Qadimiy asarlarda Nasaf (Qarshi) mulkida 182 nafar avliyo yashab oʻtgani qayd qilingan2. Ushbu avliyolardan biri Is’hoq Muhammad boʻlib, Is’hoq ota ziyoratgohi Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlogʻidan 60 km, Qarshi shahridan 130 km uzoqlikda joylashgan. Bu ziyoratgoh koʻchma qumlardan iborat Pomuq choʻlining “Nor oʻldi” hududida joylashgan boʻlib, aholi yashaydigan 44 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference manzilgohlardan unga eng yaqini Pomuq qishlogʻidan. Qadim choʻldagi suruv surgan chorvadorlarning piri murshidi deya yetti asrdirki, eʼtirof etiladi, oʻzbek, turkman va arab elatlarining ixlos qiladigan maskani hisoblanadi3. Ishoq otaning asli ismlari xonzoda Muhammad al-Mashhur Kurra hoja Atoyi o‘g‘li Ishoq shayx bo‘lib, XII asr oxiri, XIII asrning boshlarida yashab o‘tgan islom olamidagi shayxlardan biridir. U zot ona tomondan Yassaviy tariqatining asoschisi bo‘lmish ulug‘ zotlardan biri xoja Ahmad Yassaviyning nevaralari Gavhar Shahnozbegimdan tug‘ilgan bo‘lib, ota tarafdan esa buxorolik Xusayn shayx Atoyi avlodlaridan bo‘ladi. Rivoyatlarga koʻra, Is’hoq Muhammadning ilmi shu darajada kuchli boʻlganki, yuz chaqirim naridagi bosqinchini idrok etib, himoyalanishga chorlagan. Qolaversa, koʻzi shu qadar oʻtkir boʻlganki, hatto oydagi dogʻ orqali yerdagi hodisalarni sharh etib, bosqinchilar, turli oʻlat va kasalliklarni avvaldan bildirib chorvadorlarni baloqazolardan asragan4. Ammo moʻgʻul bosqinchilari tayyor chorva mollaridan manfaat koʻrgani bois ularning piri murshidlaridan ham xabar topadi va undan qutulish uchun barcha choratadbirlarni koʻradi. Is’hoq Muhammad ota mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan hozirgi maqbara o‘rnida shahid bo‘lgan. Ammo hazratning poklari ogʻalari Qusam Muhammad tomonidan olib ketiladi va Pudina qishlogʻida Is’hoq Muhammad ham osuda yotibdilar. Piri murshid qoni toʻkilgan muqaddas maskanni asrlar davomida mahalliy aholi eʼzozlab kelganlar, ziyoratgoh koʻp millatli chorvadorlarning ixlos qo‘ygan joyiga aylangan. Milliy maʼnaviyatimiz sarchashmasi boʻlgan ziyoratgoh Pomuq choʻlining eng baland nuqtasida oʻrnashgan. Shuningdek, Is’hoq ota haqida xalq orasida turli afsona va rivoyatlar ham tarqalgan. Quyida mazkur rivoyatlardan biri keltiramiz Mirishqor tumanidagi Is’hoq ota ziyoratgohigi bahor oylari ziyoratchilar eng ko‘p tashrif buyuradigan payt bo‘lib, shanba, yakshanba kunlari bu yerga keluvchilar soni ming nafardan ham oshib ketadi.5Yurtimiz istiqlolga erishgandan so‘ng bu tabarruk qadamjoni ham ravnaq topdi. Ziyoratgoh 1995 – 2000-yillarda Baxoriston tumani hokimi vazifasida ishlagan Xayit Tojiyev tomonidan 1998-yil “Is’hoq ota” hayriya jamgʻarmasi tashkil etildi va shu yili xalq tomonidan hashar qilinib, sagʻana ustiga muhtasham maqbara tiklandi.6Bu joyga Mirishkor tumanining Jeynov, Chandir, Mirishkor, Guliston, Vori, Elobod, Obod, Avazcho‘l, Yangiobod, Gunshanbog‘, Zafar, Pomuq, Nayiston qishloqlari va qo‘shni Buxoro viloyatining Qorako‘l, Olot tumanlaridan tashqari qo‘shni Turkmaniston Respublikasi va mamlakatimizning turli gushalaridan ham kuniga yuzlab ziyoratchilar kelib turadi. Bu esa xalqlarimiz o‘rtasidagi inoqlik, diniy hamjihatlikning azaliy qadriyat ekanligidan yaqqol darak beradi.7 Ziyoratgohda 45 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference olisdan tashrif buyurgan ziyoratchilar uchun tunab qolishlariga shinam xonalar qurilgan. Manzil atrofida koʻkka boʻy choʻzgan tut va qayragʻoch daraxtlari soyasida ziyoratchilar hordiq chiqarishadi. Ziyoratgohning shundoqqina yaqinida ziyoratchilar tomonidan niyat qilib soʻyilgan qoʻy-qochqorlar goʻshtidan har xil taomlar pishirish uchun joy ham tashkil etilgan. Bu yerdagi daraxtlarni ham ziyoratchilar yaxshi niyatlar bilan oʻtkazishganini aytishadi. Is’hoq ota Eron zaminining Isfahon deb atalgan shahrida yashab, oʻzlarining haqgoʻyligi b
Доказательный фрагмент
«In this article, historical sources and literature provide information about the history and current state of the shrine of Isaac Ata, located in Mirishkor district, Kashkadarya region.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, historical sources and literature provide information about the history and current state of the shrine of Isaac Ata, located in Mirishkor district, Kashkadarya region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Isaac Ata’s shrine, pilgrimage, tourism, pilgrimage tourism, turizm, tarixiy – madaniy me’ros., ziyorat turizmi, ziyoratgoh, Is’hoq ota ziyoratgohi, ziyorat, qadamjo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014