Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAHOR KUYCHISI - ZULFIYAXONIMNING SHE'RIYAT OLAMIDAGI O'RNI
Raxmonova Gulzoda Ikromovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В этой статье рассматриваются жизнь и творчество Зульфии Исроиловой, яркой звезды узбекской поэзии. Ее стихи ценятся как символы весны, любви и верности, а ее творческая деятельность занимает особое место не только в Узбекистане, но и в литературе всего тюркского мира. Зульфия через свои глубокие чувства и искренние стихи 97 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference подчеркивает труд народа, любовь к Родине и преданность своей земле. В статье также говорится о ее жизненных испытаниях, творческих успехах, а также литературных связях как в нашей стране, так и в мире. Упоминается, что Зульфия получила международные премии за стихи на индийские темы и переводила произведения других известных писателей на узбекский язык. Ее творчество, укрепляя ее место в литературе, остается великим примером для будущих поколений. Kalit so’zlari. O‘zbek she’riyat, muhabbat, sadoqat, Turkiy dunyo adabiyoti, Hind mavzuidagi she’rlar, adabiyotdagi yuksak o‘rin, abadiy iz Keywords: Uzbek poetry, love, loyalty, Turkic world literature, poems on Indian themes, prominent place in literature, eternal legacy. Ключевые слова: узбекская поэзия, любовь, верность, литература тюркского мира, стихи на индийские темы, высокое место в литературе, вечное наследие. Zulfiya siymosi o‘zbek she’riyatida bahor, muhabbat va sadoqatning ramzi sifatida qadrlanadi. U nafaqat she’rlarining go‘zalligi, balki yuraklardan yurakka o‘tadigan samimiy tuyg‘ulari bilan ham ajralib turadi. Shoiraning ijodi o‘ziga xos bir dunyo bo‘lib, unda bahorning yangilanishi, muhabbatning mushtarakligi va sadoqatning chinakam ma'nosi yuksak ifoda topadi. Zulfiya har bir she'rida o‘zining chuqur hissiyotlarini, insoniyatga bo‘lgan sadoqatini va yurtiga bo‘lgan muhabbatini yo‘g‘on ovoz bilan emas, balki dilkash tarzda, nafis so‘zlar bilan bayon etgan. Shoira o‘z she'rlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun turkiy dunyo adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Uning asarlari muhrlangan muhabbat va sadoqat, insonga, uning yuragidagi tinchlikka va yurtiga bo‘lgan muhabbatning chinakam ifodasi sifatida qadrlanadi. Zulfiya she'riyatining barcha jihatlari hamisha o‘zbek adabiyotining yorqin va qimmatli yodgorligi sifatida esda qoladi. Zulfiyaning hayoti va ijodi har bir o‘zbek ayoliga ibrat bo‘ladigan yuksak namunadir. Uning she'rlari O‘zbekistonning ulug‘vor tabiati, inson mehnati, muhabbat va adolatga bo‘lgan ehtiromini ifodalaydi. Zulfiya Isroilova, o‘zining betakror san'ati bilan, nafaqat she'riyat, balki jamiyatning ma'naviy hayotiga ham katta hissa qo‘shgan. Shoira 1915 yil 1 martda Toshkent shahrida hunarmand oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan adabiyotga qiziqib, xotin-qizlar bilim yurtida o‘qiyotgan vaqtlarida she'r yozishni boshlagan. Uning ijodiy faoliyati keyinchalik yanada rivojlanib, 1935—1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida ta'lim olgan. Bu yillar davomida Zulfiya o‘zining intilishlari 98 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va ijodiy salohiyatini yanada shakllantirib, o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Zulfiya she’riyatining yuksalishida uning turli lavozimlarda, jumladan, 1938-1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig‘i va 1950-1953-yillarda “O‘zbekiston xotin-qizlari” (“Saodat”) jurnalida bo‘lim boshlig‘i sifatida olib borgan faoliyati katta ahamiyat kasb etgan. Shoira, o‘zining 17 yoshida yozgan “Xayot varaqlari” nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan adabiyotga kirib kelib, o‘zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lib ulg‘aydi. Zulfiyaning ijodida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyotining chuqur ta'siri, shuningdek, jahon adabiyoti an’analarining roli beqiyosdir. Uning asarlari ona Vatan va uning cho‘llarida paxtakorlar, mexaniklar va traktorchi qizlarning mehnatiga bag‘ishlangan. Shoira, “She’rlar” va “Qizlar qo‘shig‘I” kabi poetik asarlari orqali, o‘zbek xalqining mehnatini, uning samimiy va fidoyi ruhini ifodalab, ular orasidagi qat'iylik va mehr-muhabbatni yuksaltirdi. Zulfiyaning she’rlari nafaqat uning she'riy mahoratini ifodalab, balki adabiyotdagi o‘z o‘rnini mustahkamlashiga, uning ichki olamini va xohishlarini aniqroq va chuqurroq anglashga yordam berdi. Har bir she'rida uning tajribasi, uning fikrlari va hayotiy qarashlari namoyon bo‘lib, o‘quvchini yangi yo‘llarga, yangicha fikrlar sari yo‘naltirib boradi. Zulfiya, urushdan keyingi yillarda yozgan “Dalada bir kun”, “Tong qo‘shig‘I” kabi she’rlar turkumi va “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga” kabi to‘plamlarida Vatan, uning ulug‘vorligi, hamda mehnat jarayonida fidokorlik bilan yashayotgan insonlar hayotini kuyladi. Shoira o‘z she'rlari orqali har bir insonning mehnatdagi kuchini, yurtiga bo‘lgan sevgisini va fidoyiligini ta'kidlab, o‘quvchisini ulug‘ g‘oya va idealga undadi. Zulfiyaning adabiyotdagi o‘rni shuningdek, uning “So‘roqlaydi shoirni she’rim”, “Oydin”, “Quyosh
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассматриваются жизнь и творчество Зульфии Исроиловой, яркой звезды узбекской поэзии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассматриваются жизнь и творчество Зульфии Исроиловой, яркой звезды узбекской поэзии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek poetry, love, loyalty, Turkic world literature, poems on, muhabbat, sadoqat, abadiy iz, Turkiy dunyo adabiyoti, O‘zbek she’riyat, adabiyotdagi yuksak o‘rin, Hind mavzuidagi she’rlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025