К содержанию
РецензированоUZ2026

HOZIRGI O’ZBEK NASRI VA ULUG’BEK HAMDAM IJODI.

Xudarganova Dildora

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

in this article, the role of Ulugbek Hamdam in contemporary Uzbek prose. The writer’s prose works, such as the novels “Muvozanat” “Sabo va Samandar”, “ Isyon va Itoat” reflected on the problems of the time and issues af social life. Key words: Prose, Image, style, absurd. Istiqlol davri o’zbek nasri g’oyaviy-badiiy yangilanishlar, o’zgarishlar bilan xarakterlanadi. Inson ruhiyatini taftish qilish, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarga hozirjavoblik bugungi kun adabiyotning eng muhim xususiyatidir. Bu davr nasrida Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul , Zulfiya Qurolboy qizi, Salomat Vafo kabi o’ziga xos uslubiga ega bo’lgan ijodkorlar qatorida Ulug’bek Hamdam ijodining ham muayyan o’rni bor. Zamonaviy o’zbek nasrida o’zbek romanchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, badiiy ijodga o’z ovozi, o’z yo’nalishi bilan kirib kelgan Ulug’bek Hamdam ijodi ham boshqa iste’dodli o’zbek nosirlari ijodi qatorida adabiyotshunoslar, tanqidchilarning diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Ulug’bek Hamdam nasriy asarlariga munosabat, avvalo, adabiy-tanqidiy maqolalarda ko’zga tashlanmoqda. Yozuvchi ilk romani “Muvozanat”ning nashr etilishi bilan Dilmurod Quronov unga so’nggi so’z yozib, roman xususida ilk fikrlarini bildiradi . “Muvozanat” romani adabiy hayotimizda o’ziga xos voqea bo’ldi. Asar kecha va kunduzda yashab mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz va ularning qalb tovlanishlari haqida. “Muvozanat” mustaqillik yillarining qaynoq kayfiyatini aks ettirgan realistik asar sifatida yuksak baholanadi. Mazkur roman syujeti asosan bosh qahramoni Yusuf taqdirini ko’rsatgandek tuyuladi. Yozuvchi Istiqlol davridagi yangi shaxs muammosini shu obrazda umumlashtirgandek. Ammo adib Yusufning intilishlarini, undagi muvozanatga kelish jarayonlarini yorqin ko’rsatish uchun uning paralleliga yana uchta Mirazim, Said va Amir obrazlari qo’yadi. Ulug’bek Hamdam to’rt qahramon fonida, ularning birortasi 101 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tutgan yo’lni ma’qullamaydi, Balki insonga xos bo’lgan mana shu to’rt holat muvozanatga kelishi, shundagina insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi mukammal bo’ladi deb hisoblaydi. Ulug’bek Hamdam “Isyon va itoat” romani e’tiqod va imon masalalariga bag’ishlangan bo’lib, asar qahramonlari tiriklik mantig’i va ruh halovatini har ikki dunyo to’g’risidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urindi. Romanda voqealar muallif tilidan hikoya qilinadi. Asar markazida Akbar obrazi turadi. Tadqiqotchi L.Rahimova asardagi Akbar obraziga quyidagicha ta’rif beradi: “ Akbar o’z olamidagi ziddiyatlar bilan kurashar ekan, hayotga teranroq nazar tashlashga urinadi, hayotning o’tkinchi ekanligiga, inson umri azizroq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi” Adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov qayd qilganidek “ Real borliqdagi, inson ruhiyatidagi turli-tuman o’zgarishlar va kechinmalarni ijodkor o’z ongi, dunyoqarashi, estetik ideal, g’oyaviy maqsadi orqali sintez qilish oqibatida badiiy obraz shakllandi. Shu sababli ijodkor yaratgan har bir yangi obraz yangi bir xilqat, yangi bir kashfiyotdir”.Yozuvchining “Isyon va Itoat” romanidagi Tursunboy, Jontalash , Larisa xola , Diana kabilar ana shunday obrazlardir. Bu asarda ham to’rtta obraz muammo markazida turadi. Larisa xola- yaratganga qarshi isyonkor, Tursunboy – itoatning yorqin timsoli, Ustoz va Akbar isyon orqali itoatga kelganlar.Dilmurod Quronov ushbu romanda Ga’rbda keng tarqalgan absurdizm-hayotning o’z ma’nosini yo’qotishi g’oyalarini ko’radi. Absurd bu ko’hna dunyo, hayot yashashning ma’nosi haqidagi o’ziga xos mushohadalar majmuasidir. Absurd asar odat tusiga kirgan hayotiy hodisa jarayonlarni yangicha idrok etishga, bahsga undashi bilan qimmatlidir, Absurd asar aslo befarqlik loqayd munosabat emas, balki fikrdagi, qalbdagi tug’yon-isyon mahsulidir. Muallifning “Sabo va Samandar” romani ishq mavzusida bitilgan asar bo’lib, unda pok va yuksak muhabbat tuyg’usi zamondoshlarimiz qismati orqali sharaflanadi. Hamidulla Boltaboyev aytganidek, “inson doim o’zligini axtarib yashaydi. Mana shu axtarishlar, izlanishlar jarayonida har bir narsaga – gulga yulduzga zaminga yuzlanadi.Ko’zlardan dalillardan ranglardan o’zini izlaydi. Nimanidir kimnidir topganday bo’ladi.Topganiga topinib yashaydi. Bu e’tirof xuddi Samandar uchun aytilganday go’yo.Chunki Samandar ham hayolidagi malikani izladi. Va topdi. “Uslub- yozuvchining adabiyotdagi betakror qiyofasi,bezagi, o’zligi. Uslub- yozuvchi falsafasi in’ikosi’ -degan edi adabiyotshunos A.Rasulov. Ulug’bek Hamdamning asar qahramonlaridan tortib, voqealar tizimi, xullas, asarning 102 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference boshdan-oxir kompozitsiyasida aynan shunday o’ziga xos va mos uslubni ko’ramiz. Romanda nohaq qamalgan haqiqatgo’y Akbarni hurmat qilamiz unga hamdard bo’lamiz. Tabibning ishdan haydalishi qamalishini qoralaymiz, haqsizlikka norozilik bildiramiz. Tursunboyning mehnatkashligini oqlab, ma’naviy qashshoqligiga g’ashimiz keladi, un

Доказательный фрагмент

«in this article, the role of Ulugbek Hamdam in contemporary Uzbek prose.»

Образец извлечения

Демо-превью

in this article, the role of Ulugbek Hamdam in contemporary Uzbek prose. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Prose, Image, style, absurd, uslub, “Isyon va Itoat”, absurd “Muvozanat”, Nasr, “Sabo va Samandar”., Obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники