Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XALQ MAQOLLARINI QOʻLLANILISHI
Abdullayeva Nasiba Kuralovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Maqolada xalq badiiy san'atining namunasi bo 'lgan maqol va matallarning o'zaro farqli jihatlari, badiiy asarlarda qo 'llanishi maqsad- vazifalari, asarni ma'nodor qilishdagi ahamiyati va ularning o'quvchiga qanday yetkazib berilishi haqida Abdulla Qahhor asarlari misolida o'rganib chiqiladi. Kalit so'zlar: ibora, maqol, matal, ko'chma ma'no, epigraf, mavzu, munosabat, antonimiya, sinonim, sodda gap, sintaksis, millat, Abdulla Qahhor, fosh qilmoq. Yozuvchi yoki shoir mehnati asosida dunyoga kelgan har bir ijod mahsulining o‘qishliligini ta’minlaydigan narsa –undagi so‘zlar jilosi. Shuning uchun bo‘lsa kerak “ adabiyotning quroli –so‘z ” deb ta’riflanadi. Ya’niki, biron bir asar yaratayotgan ijodkor “adabiyot quroli” yordamida shu asarning o‘ziga xos til xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. “Adabiyotning birinchi elementi – tildir. Til – adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari faktlar bilan birga uning materialidir”. Har qanday milliy til kabi o‘zbek tili ham o‘zbek millatini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir. Badiiy asar tilida keng qamrovli til birliklari fonetik, leksik, grammatik va majoziy vositalarni kuzatish mumkin. Shu bilan birga ijodkorning so‘z boyligidan o‘ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi. Muayyan biror til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati katta ekanligi badiiy asarlar tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qilib kelayotgani ma‘lum. Badiiy asar tili haqida so‘z borar ekan, dastavval, tilning bevosita bir- biriga aloqador uch tomonini qayd etish zarur bo‘ladi: badiiy til, adabiy til, jonli so‘zlashuv tili. Bu tushunchalar bir-birini to‘ldirib, ayni paytda birbiridan ozuqa olib yashaydi. Nazariy manbalarda ularning quyidagi xususiyatlari qayd etiladi: 1) adabiy til grammatik me‘yorlarga bo‘ysundirilgan, qat‘iy talaffuz normalariga ega bo‘lgan, jonli xalq tilidagi har xilliklarni bir xillikka olib kelgan tildir; 2) jonli so‘zlashuv tili yoki umumxalq tilida grammatika va orfoepiya qoidalariga doim ham amal qilinavermaydi, emotsional leksika va frazeologiya, 105 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sheva elementlari, kasb-hunar leksikasi, jargonlar va boshqalardan keng foydalaniladi; 3) badiiy til esa jonli so‘zlashuv tiliga asoslangan, adabiy til bilan chambarchas bog‘langan, hammaga tushunarli bo‘lgan, «so‘z ustalari tomonidan pardozlangan, sayqal berilgan poetik tildir». Yozuvchi hayotiy voqea-hodisalarni tasvirlab, obraz yaratar ekan, u so‘zlashuv tili boyliklaridan, jonli tildagi sheva va kasb-hunarga oid til birliklaridan ham, adabiy til normalaridan ham keng foydalanadi. Ijodkorning til birliklaridan o‘ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi. Ma’lumki, A.Qahhor o‘z asarlarida eng ko‘p xalq donishmandlik namunalariga murojaat qilgan yozuvchi. U asar nomi, epigrafi, dastlabki abzasi, tarkibi yoki xulosa qismida maqollarni ishlatib, asar mazmundorligini oshirgan hamda ular asar tarkibining mustahkam ajralmas qismiga aylanishiga xissa qo‘shgan. Abdulla Qahhor hikoyalarini tahlil qilganda, asardagi maqollarni hikoyalarning qaysi o‘rnida ishlatgani, maqollardan foydalanishdagi maqsadi nima, maqollar gapda qanday vazifani bajarishi hamda ular sintaktik jihatdan o‘zgartirilganligi ko‘rib chiqiladi. Abdulla Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasining epigrafida “Otning o‘limi, itning bayrami” deb yozadi. Epigrafni o‘qiboq o‘quvchi hikoyaning mavzusi kimningdir qiyin vaziyatga tushib qolishi boshqa birovga xursandchilik olib kelishi mumkinligini anglab yetadi. Bunda o‘lim va bayram so‘zlari antonim sifatida qo‘llangan. Ot va it ham salbiy qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. Maqolning tuzilishiga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan va asl holicha qoldirilgan. Shuningdek, hikoyada “Begim deguncha belim sinadi”, “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz”, “Quruq qoshiq og‘iz yirtadi”, “O‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan” kabi maqollar asar bosh qahramonining nochor holda qolgan bo‘lsada, yakkayu yagona boquvchi sigirini topish uchun qo‘lidan kelganicha yuqori mansabdagi shaxslarga sovg‘a-salomlar ulashib, bor-budini sovirishi nazarda tutiladi va bu holat hikoya oxirigacha davom etadi. “Bemor” hikoyasi epigrafida Qahhor uslubiga xos bo‘lgan qisqa va lo‘nda “Osmon yiroq, yer qattiq” maqoli qo‘llanadi. Bunda osmon va yer o‘zaro qaramaqarshi tushunchalar bo‘lib, kambag‘al va omi kishining vaziyatdan chiqib keta olmasligi, hech qanday imkoni yo‘qligini ta’riflaydi. Ushbu hikoyada 106 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bemorga qarashga mablag‘i bo‘lmagan turmush o‘rtog‘ining holatiga nisbatan “Bunday paytlarda yo‘g‘o
Доказательный фрагмент
«Maqolada xalq badiiy san'atining namunasi bo 'lgan maqol va matallarning o'zaro farqli jihatlari, badiiy asarlarda qo 'llanishi maqsad- vazifalari, asarni ma'nodor qilishdagi ahamiyati va ularning o'quvchiga qanday ye…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada xalq badiiy san'atining namunasi bo 'lgan maqol va matallarning o'zaro farqli jihatlari, badiiy asarlarda qo 'llanishi maqsad- vazifalari, asarni ma'nodor qilishdagi ahamiyati va ularning o'quvchiga qanday ye… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ibora, maqol, matal, ko'chma ma'no, epigraf, mavzu, Abdulla Qahhor, munosabat, sintaksis, antonimiya, sodda gap, millat, fosh qilmoq., sinonim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025