К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI NOMERLASHGA O‘RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Abdullayeva Aziza Sherqul qizi

Наука и технология в современном мире · 01 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarining roli tobora ortib bormoqda. O‘quvchilarga turli mavzularni o‘rgatish jarayonida interaktiv metodlar, kompyuter dasturlari va onlayn resurslar muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sonlar va raqamlar bilan ishlashga o‘rgatish, ularni nomerlashni o‘rganish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga, qiziqishlarini oshirishga va o‘rganish jarayonini yanada samarali qilishga yordam berishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari, nomerlashga o‘rgatish, matematika, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, sonlar, raqamlar, kompyuter. Kirish. Boshlang‘ich sinfda sonlar va nomerlashni o‘rgatish– bu matematikani boshlashning birinchi qadami bo‘lib, bu o‘qituvchilar uchun juda muhim vazifa hisoblanadi. Nomerlash orqali o‘quvchilar sonlarni tushunib olishadi, tartib raqamlarini o‘rganadilar va matematik asoslarni rivojlantirishga tayyorlanadilar. Biroq, sonlar va nomerlashni o‘rgatish jarayoni ko‘p hollarda o‘quvchilarning diqqatini jalb qilishda va ularni bu mavzuga qiziqtirishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Shu nuqtada axborot texnologiyalari yordamga keladi. Bu jarayon, o‘quvchilarga sonlarni tanish, ularni tartibga solish, o‘qish va yozish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Sonlar va nomerlashni o‘rgatish orqali o‘quvchilar matematikaviy fikrlashni boshlashadi, mantiqiy va tizimli yondashuvni o‘rganadilar, shuningdek, kundalik hayotda sonlar va tartib raqamlaridan qanday foydalanishni tushunadilar. Sonlar va nomerlashni o‘rgatishning maqsadlari: 1. Sonlarni tushunish: O‘quvchilar sonlarning mazmunini tushunib, ularni o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Masalan, 1, 2, 3 kabi oddiy sonlarni tushunishdan boshlanadi. 2. Tartib raqamlarini o‘rganish: O‘quvchilar sonlar yordamida tartib raqamlarini, ya’ni birinchi, ikkinchi, uchinchi kabi tushunchalarni o‘rganadilar. Bu ko‘nikma o‘quvchilarga biror narsaning joylashishini yoki o‘rin tanlashni o‘rganishda yordam beradi. 3. Sonlar bilan amallarni bajarish: Boshlang‘ich sinfda sonlar va nomerlashni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga oddiy matematik amallarni, masalan, qo‘shish va ayirishni o‘rganish mumkin. 4. Tartibni anglash: O‘quvchilar ketma-ketlikni tushunib, raqamlarni o‘zaro taqqoslashni va ularni tartib bilan joylashtirishni o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinfda sonlarni o‘rgatish: Sonlar boshlang‘ich sinfda juda oddiy va ravshan tarzda o‘rgatiladi. O‘quvchilarga quyidagi tushunchalar beriladi:  Sonlar: 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar va ularning o‘qilishi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar birinchi navbatda sonlarning o‘qilishi, yozilishi va ularning o‘rni bilan tanishadilar. 21 `  Tartib raqamlari: O‘quvchilar birinchi, ikkinchi, uchinchi kabi tartib raqamlarini o‘rganadilar. Bu raqamlar narsa yoki hodisalarni o‘rganish va ularni tartibga solish uchun ishlatiladi. Masalan, "O‘qish uchun birinchi kitobni tanlang" yoki "Ikkinchi raqamni toping" kabi misollar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tartib raqamlarini amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Nomerlashni o‘rgatish: Nomerlash - bu o‘quvchilarga tartib raqamlarini o‘rganish, narsalarni yoki hodisalarni belgilashda raqamlarni ishlatishni o‘rgatish jarayonidir. Bu o‘quvchilarni tartibni tushunishga, ketma-ketlikni sezishga va tartibli ishlashga o‘rgatadi. Nomerlashning asosiy yo‘nalishlari: 1. Tartibni anglash: Nomerlash orqali o‘quvchilar sonlarni o‘zaro taqqoslashni o‘rganadilar. Masalan, "eng katta" yoki "eng kichik" sonni topish, o‘rinlarni belgilash (birinchi, ikkinchi, uchinchi). 2. Vaqt va joyni belgilash: Nomerlashni o‘rgatish orqali o‘quvchilar vaqtni va joyni aniqlashda sonlardan foydalanishni o‘rganadilar. Masalan, "darsning birinchi qismi", "kuning ikkinchi soati" kabi tushunchalar yordamida vaqtni tartibga solish. 3. Vazifalarni bajarish: Nomerlash orqali o‘quvchilar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni tartib bilan bajarishni o‘rganadilar. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish Bugungi kunda boshlang‘ich sinfda sonlar va nomerlashni o‘rgatishda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi katta ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar, smartfonlar va ta’lim dasturlari o‘quvchilarga interaktiv usulda sonlarni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan:  Interaktiv o‘yinlar: Sonlar va tartib raqamlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan onlayn o‘yinlar.  Mobil ilovalar: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan matematik ilovalar, ularni nomerlash va sonlar bilan ishlashga o‘rgatadi.  Multimedia vositalari: Video va animatsiyalar orqali o‘quvchilar sonlar va nomerlashni tushunishadi. Tadqiqot metodologiyasi va tahlil natijalari. Axborot texnologiyalarining boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi va o‘rganishni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Quyidagi vositalar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini nomerlashga o‘rgatishda axborot texnologiya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarining roli tobora ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarining roli tobora ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlar, kompyuter., nomerlashga o‘rgatish, matematika, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, axborot texnologiyalari, sonlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5