К содержанию
РецензированоUZ2026

EMPIRIK MODELLASHTIRISH YORDAMIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH · Xudoyorov Laziz Niyozovich · Poshokulova Mohigul Kaxramonovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Empirik modellar ta’lim tizimining zaif va kuchli tomonlarini tizimli o‘rganishga imkon beradi. Bu esa islohotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Modellashtirish ta’lim siyosatida statistik va empirik ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi. Kalit soʻzlar: empirik, model, modellashtirish, bilimlar iqtisodiyoti. Ta’lim sifati mamlakatlarning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Empirik modellashtirish ta’lim tizimini global talablar bilan moslashtirish uchun tahliliy asos yaratadi. Maktabgacha va maktab ta’limida mavjud resurslardan oqilona foydalanish uchun moddiy-texnik baza va inson resurslarini empirik modellar orqali tahlil qilish muhimdir. Statistik ma’lumotlarga asoslangan yondashuv orqali o‘quv dasturlari, pedagogik uslublar va ta’lim infrastrukturasi takomillashtiriladi. Har bir hududda ta’lim tizimining o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlash va rivojlantirish uchun empirik modellashtirishdan foydalanish muhim. Davlat tomonidan ta’lim tizimiga joriy etilgan islohotlar yoki loyihalarning samaradorligini baholashda ham empirik modellar samarali hisoblanadi. Ushbu tamoyil yordamida islohotlar natijalarini aniq oʻlchab, ular qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini aniqlash imkonini beradi. Empirik va ekonometrik usul bilimlar iqtisodiyotining mohiyati haqida turli ta’limot va qarashlar mavjudligini bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga asoslangan ilmiy bilish bo‘lib, u oddiy kundalik bilish, g’oyibona bilish va boshqalardan tubdan farq qiladi. 1-rasm. Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida empirik modellashtirishning qo‘llanilishi quyidagilardan iborat: 32 ` Empirik modellashtirishning qo‘llanilishi -o‘quv dasturlarini optimallashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlariga mos dasturlarni ishlab chiqish; -pedagogik samaradorlikni baholashda o‘qituvchilarning pedagogik usullarining natijadorligini modellashtirish; -demografik tendensiyalarni inobatga olishda ta’lim muassasalari soni va joylashuvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun modellar ishlab chiqish; -ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini baholashda ta’lim tizimining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlash. Empirik va ekonometrik usul bilimlar iqtisodiyotining mohiyati haqida turli ta’limot va qarashlar mavjudligini bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga asoslangan ilmiy bilish bo‘lib, u oddiy kundalik bilish, g’oyibona bilish va boshqalardan tubdan farq qiladi. Bilimlar iqtisodiyotini empirik usullari, iqtisodiyotni hamma tomonlarini aloqadorlik va bog’lanishlarini birgalikda o‘rganishi, uni xatolik va bir tomonlama qarashdan saqlaydi. Empirik bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning ma’lum tizimlari iqtisodiy jarayonlarni vujudga keltiradi. Shuning uchun, iqtisodiyot tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g’risidagi ilmiy tizimlarga egadir. Fikrimizcha empirik modellashtirish ta’lim tizimidagi real ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish imkonini beradi. Masalan, oʻquvchilar va oʻqituvchilar faoliyati, dars oʻtish natijadorligi yoki sinflar kesimidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini tahlil qilish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun aniq qarorlar ishlab chiqiladi. Nevron tarmoqlar algoritmlari ta’lim tizimidagi murakkab tahlil va prognozlar uchun mos keladi. Masalan, o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini chuqur tahlil qilish uchun. -tarmoqni o‘quvchilar va natijalar orasidagi o‘zgaruvchilar bilan bog’lash; -rarmoqni tarqatish va xatolarni hisoblash; -tarmoq parametrlarini yangilash va xatolarni minimallashtirish uchun orqaga tarqatish algoritmi yordamida optimallashtirish. 33 ` Ushbu algoritmlar maktabgacha va maktab ta’lim tizimida empirik modellashtirish tamoyillarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir algoritm o‘zining maxsus xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim tizimidagi turli jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini empirik modellashtirish tamoyillarini bir nechta asosiy o‘zgaruvchilar va tenglamalar yordamida ifodalash mumkin. O‘quvchilar bilim o‘zlashtirishini baholash modeli, o‘quvchilarning bilim darajasi o‘rtacha o‘zlashtirish darajasi (𝑂), ta’lim resurslari (𝑅), o‘qituvchilar sifati (𝑆), sinfdagi o‘quvchilar soni (𝑁) va o‘quvchilarning motivatsiya darajasi (𝑀) kabi o‘zgaruvchilarga bog’liq. O=f(R,S,N,M) Xulosa qilib aytganda, maktabgacha va maktab ta’lim tizimini empirik modellashtirish tamoyillari ta’lim sifatini oshirish, resurslarni samarali taqsimlash va o‘quv jarayonlarini yanada samarali qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limida empirik modellashtirish tamoyillarini qo‘llash zarurati tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilimlar iqtisodiyoti., empirik, modellashtirish, model
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5