Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
O’ZBEKISTONDA IQLIM O’ZGARISHLARINING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI
Abdukaxorova Sadoqat Baxshullo qizi · Ilmiy rahbar: Shamsidinova Gulchexra Dustmorodovna
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan. Maqolada Yerning tarixiy o'zgarishlari, iqlimning tabiiy ravishda qanday o'zgargani va bugungi kunda inson faoliyati ta'sirida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada iqlim o'zgarishlarining sabab va oqibatlari, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro va milliy chora-tadbirlar haqida so'z boradi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli, O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslari va ekologik siyosatga doir eng muhim yangiliklar hamda davlat va shaxsning ekologik mas'uliyatlari haqida ma'lumot berilgan. Maqola ekologik ta'lim va ongni oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish, shaharlar va hududlarda ekologik tozalikni saqlash kabi amaliy choralarni amalga oshirishning zarurligini ta'kidlaydi. Kalit so'zlar: iqlim o'zgarishlari, ekologik muammolar, O'zbekiston, xalqaro hamkorlik, BMT, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, global isish, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik siyosat. Ilmiy faktlarga ishonadigan bo’lsak, bugungi kunda sayyoramizning yoshi taxminan 4,5 milliard yilni tashkil etadi va bu davr mobaynida Yerda sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hozirgi atmosfera tarkibi, iqlim, sayyora massasi, biologik xilma-xillik o’sha vaqtdagidan tubdan farq qiladi. Dastlab sovuq bo’lgan sayyorada yillar o’tgan sayin okeanlar va qit’alar paydo bo’ldi, endi u o’zi va Quyosh atrofida ham nisbatan sekinroq aylana boshladi. Natijada esa Yerda biologik xilma-xillik ortib bordi, sayyora namlik oqimida, issiqlik almashinuvida va atmosfera tarkibida keskin o’zgarishlarga uchradi. Shunga ko’ra ayta olamizki, iqlim o’zgarishlari Yerning butun hayoti davomida to’xtovsiz davom etib kelgan, ammo, ular Yerda tabiiy ravishda sodir bo’lgan va yuzaga kelgan o’zgarishlar ham tabiiy moslanishlarga asos bo’lgan. Bugun esa inson omili nafaqat iqlim o’zgarishlari, balki, ularning jadallashuviga ham sababchi bo’lmoqda. Xususan, O’zbekiston hududida ham bir qancha iqlimiy o’zgarishlar va ularning natijasida vujudga kelgan ekologik muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bunday muammolar negizida esa yuqorida aytib o’tilgan tabiiy va antropogen omillar turadi. Iqlim o’zgarishlarining qay sababdan paydo bo’lishi, qanday oqibatlarga olib kelishi va ularning oldini olish bugunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. So’nggi yillar davomida dunyo bo’yicha iqlimiy masalalarni o’rganuvchi va tatqiq qiluvchi bir qator ilmiy markazlar tashkil etilgan bo’lib, ulardan eng mashhurlari qatoriga Butunjahon meteorologiya tashkiloti, Global Atrof-muhit jamg'armasi, "Yerning do'stlari" xalqaro tashkilotlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy 74 yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan. FAO– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi. VOZ- xalqaro sog`likni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary- gigiyenik masalalari bilan shug`ullanadi. VMO- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o`zgarishlar bilan shug`ullanadi. IMKO- dengizlar bo`yicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi. Yuqoridagilardan tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi. Aytish joizki, dunyo bo’ylab iqlim o’zgarishlari va ekologik ko’rsatkichlarning o’zgarishi yuzasidan tinimsiz izlanishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, so`nggi bir yarim asrda bunday o`zgarishlarda inson omili katta rol o`ynayotgani e’tibordan chetda qolgani yo’q. Jumladan, ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlanib, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdorining ortishi, demografik o`sish, avtomobillarning ko`payishi havoning o`rtacha harorati ortishiga sabab bo`layapti. Iqlimni mo`tadil saqlashda katta ahamiyatga ega bo`lgan o`rmonlar maydoni esa yildan-yilga qisqarib bormoqda. Tabiiyki iqlim o`zgarishlari keyingi yarim asr ichida bizning mintaqaga ham sezilarli ta`sir o`tkazdi. Bir paytlar mavjlanib yotgan Orol dengizi maydoni o`nlab baravarga qisqarib, uning o`zani qaqroq sahroga aylandi. So`nggi yillarda havo haroratining ko`tarilishi natijasida Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta`minlaydigan Pomir va Tyansh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqlim o'zgarishlari, ekologik muammolar, O'zbekiston, xalqaro hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik siyosat., qayta tiklanuvchi energiya, BMT, global isish, ekologik xavfsizlik
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026