Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXSUS IQTISODIY ZONALAR INVESTITSION FAOLLIGINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Djurayeva Iroda Bahrom qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article analyzes the investment activity of special economic zones (SEZs) in Uzbekistan. It examines tax and customs incentives, developed infrastructure, a favorable business environment, regional specialization, export potential, attraction of foreign investments, development of innovative technologies, and other features. The article also presents statistical data on Uzbekistan’s SEZs in recent years and analyzes their contribution to the country's economic development. Kalit so‘zlar: maxsus iqtisodiy zonalar, investitsion faollik, soliq imtiyozlari, eksport salohiyati, infratuzilma, innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, xorijiy investitsiyalar, ekologik barqarorlik. Keywords: special economic zones, investment activity, tax incentives, export potential, infrastructure, innovative technologies, Uzbekistan’s economy, foreign investments, environmental sustainability. Kirish. Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligini oshirishda bir qancha omillar taʼsir etadi. Ushbu omillar maxsus iqtisodiy zonalardagi investitsion muhitni shakllantirish barobarida investorlarga maxsus iqtisodiy zonadagi investitsion imkoniyatlar, mulkiy va nomulkiy munosabatlarning qonuniy tartibga solinish darajasi va kafolatlari, investorlar huquq va manfaatlarining qonun yoʻli bilan himoya qilinishi, kiritilgan investitsiyalar qaytimining investor uchun manfaatli ekanligi haqida batafsil maʼlumot beradi. Taʼsir etuvchi omillarni baholash orqali maxsus iqtisodiy zonalardagi inve stitsiyaon muhitni yaxshilash va natijada investitsion resurslar faollikni yaxshilash hamda yanada faollashtirish boʻyiycha zaruriy chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati mavjud boʻladi. Bu borada, maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligiga taʼsir etuvchi omillarni ikki yirik guruhga: tashqi taʼsir etuvchi omillar va ichki taʼsir etuvchi omillarga ajratish mumkin. Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligiga taʼsir etuvchi tashqi omillarning eng muhimlari sirasiga quyidagilarni keltirish mumkin: - xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hamkorlik tashkilotlariga aʼzolik; - xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadigan reytinglar va indekslar; - jahonda yuz berayotgan iqtisodiy holat (iqtisodiy-moliyaviy inqirozlar, inflyatsiya jarayonlari, pul-kredit sohasidagi oʻzgarishlar). 34 Tashqi omillar haqida soʻz borganda, maxsus iqtisodiy zonalarga xorijiy investorlarni jalb etishda mamlakatning xalqaro reytinglardagi oʻrni muhim oʻringa ega. Respublikamizda xalqaro maydonda etakchi va nufuzli tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan har yili eʼlon qilinib boriladigan sohalar boʻyicha xalqaro reytinglar va indekslarda tobora yuqori pogʻonalarga koʻtarilish orqali mamlakatga xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4210-son Qarori, 2020-yil 2- iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi PF-6003-son Farmoni ushbu yoʻnalishladagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun muhim huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda. Asosiy qism. Jahon Banki guruhi tomonidan 2020-yilda eʼlon qilingan “Doing Business 2020 (Comraring Business Regulation in 190 Economies 2020)” toʻplamida 190 davlatning iqtisodiy rivojlanish yoki uning aksincha holati tahlil etilgan. Mazkur tahliliy toʻplamda qayd etilishicha, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xorijiy investitsiyalar oqimiga mazkur xalqaro tashkilot tomonidan tuziladigan va jahon miqyosida keng eʼlon qilinadigan “Doing Business 2020” xalqaro reytingi rivojlanayotgan davlatlarga investitsiyalarni kiritishda xorijiy investorlarning asosiy qaror qabul qilish mezonlaridan biri hisoblanadi.1 “Biznesni yuritish” reytingining 2018-yil natijalari yuzasidan nashr etilgan toʻplamning “Srecial economic zones (erkin iqtisodiy zonalar)” boʻlimida dunyo miqyosida ushbu zonalarga investitsiyalarni kiritishda xalqaro indekslar va reytinglar natijalarining taʼsiri xorijiy davlatlar va yirik mintaqalarda faoliyat olib borayotgan erkin iqtisodiy zonalar misolida tahlil etilgan.2 Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori oʻrinda boʻlsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik oʻrnatish istagida boʻlgan davlatlar va tashkilotlar umumeʼtirof etilgan reytinglarga, albatta, eʼtibor qaratadi3. Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi “Taraqqiyot Strategiyasi” markazi Shveysariyaning “Rease Nexus” fondi yordamida “Qoʻshma Harakatlar Tadqiqoti” (Rarticiratory Action Research-RAR) loyihasi metodologiyasiga asoslangan holda 100 da
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the investment activity of special economic zones (SEZs) in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the investment activity of special economic zones (SEZs) in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- special economic zones, investment activity, tax incentives, export potential, O‘zbekiston iqtisodiyoti, eksport salohiyati, environmental sustainability., xorijiy investitsiyalar, innovative technologies, foreign investments, soliq imtiyozlari, infratuzilma, Uzbekistan’s economy, ekologik barqarorlik., infrastructure, innovatsion texnologiyalar, investitsion faollik, maxsus iqtisodiy zonalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026