Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK TEMIR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MANZARA- XORAZM VOHASI MISOLIDA: DAVLATCHILIK VA HARBIY SOHA MASALALARI
Matyakubov Xamdam Xamidjanovich · Матьякубов Хамдам Хамиджанович
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
In the Early Iron Age, the economic and cultural landscape changed significantly. In the Dovdon Oasis near Sarykamysh, settlements and burial mounds are 38 located on high hills, and no traces of ancient irrigation structures - canals and ditches - have been found around them. The population bred cows, sheep and goats, and horse breeding also played a significant role in animal husbandry. Meanwhile, pastures along the banks of the middle part of the ancient Uzboy basin of the Amu Darya, flowing out of Lake Sarykamysh, began to be seasonally cultivated by nomadic cattle breeders as early as the 7th century BC. The article examines issues of statehood and the military sphere in the Khorezm Oasis in the Early Iron Age. Key words: early Iron Age, economic and cultural landscape, socio-economic relations, pastoral communities, statehood, military sphere. Kirish. Bronza davrida keng o‘zlashtirilgan Xorazm vohasining sharqiy qismidagi Oqchadaryo deltasida mil. avv. VII-VI asrlarga oid manzilgohlar topilmagan. Ma’lumki, bronza davrida Oqchadaryoning irmoqlaridan ariqlar chiqarilib, nisbatan kichik dalalar yarim yer to‘la turar joylari atrofida joylashib, dehqonchilik ishlari urug‘ jamoalarning kuchlari bilan amalga oshirilgan, sug‘orma dehqonchilik sohasi cheklangan holda rivojlangan. Tahlil va natijalar. Sariqamishbo‘yi saklarning hayotida o‘ziga xos xususiyatlaridan iborat ijtimoiy-iqtisodiy tuzum rivojlangan. Chorvachilik xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida foydalanilgan yerlar, qabilalar o‘troqlashib joylashgan yoki mavsumiy ko‘chib yurgan etnik hududlarni tashkil etgan. Bu borada Daryoliq, Dovdon, Uzboy o‘zanlari atrofidagi yaylovlar chorvani boqish uchun manbai bo‘lgan1 . Chorvador jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida chorvachilik xo‘jaligini tashkil etish tamoyillari, yaylovlarning mavsumlar bo‘yicha taqsimlash va yaylovlar chegaralarini belgilash kabi katta ahamiyatga ega vazifalarni tashkil etgan. Ushbu vazifalarni qadimgi davrlarda amalga oshirilishi jarayonlarini o‘rganishda va chorvachilik xo‘jaligi tarixini qayta tiklashda tadqiqotchilar arxeologik va etnografik ma’lumotlarga murojaat etishadi, shuningdek, paleogeografik sharoit o‘rganiladi. Tarixiy-etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, dashtlar sharoitiga mos chorvachilik, asosan, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi (yarim o‘troq) shaklda rivojlangan, negaki bunday xo‘jalik sohasida ko‘p mehnat sarf qilinmagan, chorva uchun yaylov o‘ti ko‘proq yemish bo‘lgan. Shu asosda tuyalar va sovliq qo‘ylar boqilgan, ular cho‘l qumtepaliklarda joydan joyga ko‘chishga moslashgan, aksincha, otlar daryo bo‘ylari to‘qayzorlarda yoki og‘illarda boqilib, don va beda bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan2. Sariqamishbo‘yi havzasidagi dashtlarida, ilk temir davri yodgorliklarning topografiyasi bo‘yicha, taxminan 180x120 kilometr maydonda chorva boqish bo‘yida (ichki Qizilqum cho‘li hisobga olinmaganda) bu ko‘rsatkichlar 250x150 km.ni tashkil etgan (ilova). Ushbu hududlarda turli mavsumlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi saklar jamoalari tomonidan chorva boqilishi va ko‘chib yurishi maqsadlarida foydalanganligini taxmin qilishi mumkin. Bronza davridan boshlab Yevroosiyo dashtlarida, jumladan, Orolbo‘yidagi chorvadorlar jamoalarida katta patriarxal oilalarning ajralib chiqqanligi ma’lum. Bunga ishlab chiqarish kuchlarning taraqqiyoti, qo‘shimcha mahsulotning qo‘lga kiritilishi, mahsuldor 1 Вайнберг Б. И., Юсупов Х. Кочевники северо-западной Туркмении // Степная полоса азиатской части СССР в скифо-сарматское время. – М.: “Наука”, 1992. 2 Сазонова М. В. Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма. – Л., 1978. – С. 54-56. 39 chorvachilikning rivojlanishi, ayirboshlash imkoniyatlarining kengayib borshi va ijtimoiy- iqtisodiy sabablar ko‘maklashgan3. Arxeologik materiallar va ilk yozma manbalar guvohlik berishicha, mil. avv. VII asrga kelib, chorvadorlarning ijtimoiy tuzumida katta patriarxal (ota-o‘g‘illar) oilalarning iqtisodiy mavqei o‘sib borgan. Bu davr jamiyatning tuzilishi “Avesto” da tasvirlangan. “Avesto” ning “Yasna” kitobida oila, urug‘, qabila tilga olinib, jamoalarning ijtimoiy tarkibida kohin, jangchi, chorvador va hunarmand ajratilgan4. Manba bo‘yicha oila-“nmana”, jamiyat tuzilishining boshlang‘ich (past) qatlamini tashkil etib, bir nechta qarindosh katta oilalar urug‘-“vis” jamoalariga birlashganlar. Urug‘ tarkibida kamida 15 ta katta oila kirgan va urug‘ jamoasi jamiyatning asosi bo‘lgan. Urug‘ jamoalari qabila –“zantu “ ni tashkil etgan. Qabila yashaydigan xudud-“shoytra” deb atalgan5. Bu ijtimoiy tuzum dashtlarda yashovchi cho‘ponlarning jamoalarida ko‘chmanchi chorvachilik shakli vujudga kelishi bilan ancha taraqqiy topgan.6 Qadimgi yunon tarixchilarning asarlarida dasht chorvador qabilalariga – savromatlar, daxlar, saklar va massagetlarga nisbatan “etnos”- xalq tushunchasi qo‘llanilmagan, ularning joylashgan hududlari muayyan nom bilan bog‘lanmasdan, faqat qabilalarning etnonimi tilga olinmagan. Masalan, ushbu xolat Gerodotning bayonida: “bu massagetlar
Доказательный фрагмент
«In the Early Iron Age, the economic and cultural landscape changed significantly.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the Early Iron Age, the economic and cultural landscape changed significantly. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- early Iron Age, economic and cultural landscape, socio-economic relations, ilk temir davri, davlatchilik, chorvador jamoalar, harbiy soha., ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik-madaniy manzara
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025