Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RIK MEVALARINI SAQLASHDA DASTLABKI SOVITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH
TASHKIL ETISH · M.M. Isamiddinov
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 120 · 41 -50 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda o‘rik mevalarini saqlashda dastlabki sovitish jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotimizning asosiy natija va xulosalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: o‘rik, saqlash, dastlabki sovitish, harorat, nafas olish, etilen, tabiiy vazn yo‘qotish. Kirish. Harorat yangi meva va sabzavotlarning hosildan keyingi umriga ta'sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi. Mahsulotlarni eng past xavfsiz haroratda saqlash quyidagilarni kamaytiradi: - Meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonidan kelib chiqadigan ta'm va ozuqaviy xususiyatlarini yo'qotishni - Meva yuzasi orqali namlik bug'lanish natijasida vazn yo‘qotishni - Mexanik shikastlanish va zamburug‘li mikroorganizmlar tufayli chirishni - Saqlash xonasi atmosferasida etilen ta'siridan va pishib etish bilan bog'liq rang va ta’mning yo'qolishi natijasida yuzaga kelgan erta pishishni Meva-sabzavotlar o'rim-yig'imdan keyin iloji boricha tezroq imkon qadar past haroratgacha sovutish va mahsulot sotilgunga qadar bu haroratni saqlab turish muhim jarayon hisoblanadi. O'rim-yig'imdan keyin mahsulotlar qanchalik tez sovutilsa, saqlash muddati shunchalik uzoqroq bo'lishi va saqlanganidan keyin meva sifati qanchalik yuqori bo'lishi mumkin. Meva va sabzavotlar uchun ruxsat etilgan sovutish vaqti ularning turiga qarab bir soatdan bir kungacha. Qulay ob-havo sharoitida to'plangan sog'lom mevalarni saqlash muhimdir. Muzlatgichda saqlashdan oldin meva va sabzavotlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuriga ta'sir qilmasligi kerak. Ko'pgina hollarda, agar sabzavot yoki mevalarni oraliq haroratgacha sovutib bo'lmasa, qisman sovutish umuman sovutishdan ko'ra yaxshiroqdir. Ba'zida uskunalar optimal sovutishni ta'minlamasa, mahsulotlar yuqoriroq oraliq haroratgacha sovutiladi. Eng yaxshi sifat mahsulotni iloji boricha uzoq vaqt davomida eng past haroratda saqlash orqali erishiladi. Saqlash, tashish yoki sotish paytida mevalarni isitish juda istalmagan, ammo ularni umuman sovutmaslik bundan ham yomonroq. Meva va sabzavot mahsulotlarini oldindan sovutishning turli usullari mavjud: - havo oqimida - gidrosovutish - maxsus vakuumli sovutgichlarda vakuumli sovutish Asosiy qism. O‘rik mevalarini saqlashdan oldin unga dastlabki ishlov berish jarayoni juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘rik mevasi texnik yetilgan paytda havo harorati yuqori darajaga yetgan, shu bilan birga omborlarda ham havoning nisbiy namligi birmuncha yuqori bo‘ladi. Shu sababli, saqlash uchun qo‘yiladigan kameralarning nisbiy namligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Biz tajribalarimizda oddiy sovitish kamerasi va 47 faol shamollatish tizimiga ega bo‘lgan kameralarda havoning nisbiy namligini rostlash uchun tadbirlarni amalga oshirdik (1-jadvalga). 1-jadval O‘rik mevalarini dastlabki sovutish davomiyligini (min) sovuqxonadagi havonining nisbiy namligiga (%) ta’siri, 2021-2023 yy. Havonining nisbiy namligi, (%) Sovutish Oddiy sovutish Oddiy sovutish +faol shamollatish vaqti, O‘rik navlari min Isfarak Shalax Ko‘rsodiq Xurmai Isfarak Shalax Ko‘rsodiq Xurmai 0 65 65 65 65 65 65 65 65 40 70 68 69 67 78 70 71 69 80 74 71 73 69 85 75 77 73 120 78 74 77 71 88 80 83 80 160 82 77 81 75 90 85 89 87 200 85 80 85 79 95 95 95 95 240 88 83 89 83 280 89 86 93 87 320 92 89 94 91 360 95 95 95 95 O‘rik mevasini dastlabki sovitish jarayoni oddiy sovitish kamerasida sovitilganda havoning nisbiy namligini 95% foizga keltirish uchun qancha vaqt sarflanishi bo‘yicha tajribalarda barcha navlar uchun 360 daqiqa kerak bo‘ldi. Jarayon bosqichlari bo‘yicha tahlillarda esa, turli navlar uchun turlicha ketma ketlik kuzatildi. Jumladan, Isfarak navida oddiy sovitish tizimli kameralarda 80 minutdan keyin nisbiy namlik 65% dan 74 % ga ko‘tarilgan bo‘lsa, Shalax navida 71%, Ko‘rsodiq navida 73%. Xurmai navida esa 69% bo‘lishi kuzatildi. Xuddi shu jarayon faol shamollatish tizimi bilan jihozlangan sovutish kamerasida amalga oshirilganda jarayon keskin tezlashganligi kuzatildi. Barcha navlar uchun nisbiy namlikni 65% dan 95% ga ko‘tarish uchun 200 daqiqa vaqt sarflandi. Bu usulda ham navlarning individiual xususiyatlari sababli nisbiy namlikni oshib borish dinamikasi turli navlarda har xil bo‘lishi namoyon bo‘ldi. Dastlabki sovutish jarayonida mevalarning o‘rtacha harorati yig‘ib -terib olingan paytda 28°C bo‘lgan bo‘lsa, ularning haroratini 2°C ga tushirish uchun o‘rik mevalari uchun 360 daqiqa sarflandi. Faol shamollatish tizimi bilan jihozlangan sovutish kamerasida esa 160 daqiqa sarflandi. Bunda ham jarayonning jadalligi navlar kesimida turlicha bo‘ldi. Xulosa. Tajriba davomida olib borilgan kuzatishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, dastlabki sovitish jarayonidan keyin kameradagi harorat 1,1°C ga tushirilib, saqlash jarayonining oxiriga qadar o‘zgarishsiz ushlab turildi. Bunda meva harorati dastlab 26°C bo‘lgan bo‘lsa, dastlabki sovitish jarayonidan keyin harorat 2°C gacha pasaydi va jarayon so‘ngiga qadar o‘zgarmadi. 48 Ammo mevalarning biokimyoviy tarkibida vaqt o‘tgan sayin muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mev
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda o‘rik mevalarini saqlashda dastlabki sovitish jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotimizning asosiy natija va xulosalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda o‘rik mevalarini saqlashda dastlabki sovitish jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotimizning asosiy natija va xulosalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- harorat, etilen, tabiiy vazn yo‘qotish., o‘rik, nafas olish, dastlabki sovitish, saqlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025