Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK YORDAM BERISHDA NOMODDIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH
Abdullayeva Xilola Urazaliyevna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article is dedicated to the significance of using intangible cultural heritage in providing psychological support to primary school-aged children with disabilities, focusing on the role of intangible cultural heritage elements (music, fairy tales, dances) in developing the psychological resilience and social activity of children. Keywords. Children with disabilities, intangible cultural heritage, psychological support, socialization, integration into society. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕМАТЕРИАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ В ОКАЗАНИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОМОЩИ ДЕТЯМ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ Аннотация. Данная статья посвящена значению использования нематериального культурного наследия в психологической поддержке детей младшего школьного возраста с ограниченными возможностями, где рассматривается роль элементов нематериального культурного наследия (музыка, сказки, танцы) в развитии психологической устойчивости и социальной активности детей. Ключевые слова. Дети с ограниченными возможностями, нематериальное культурное наследие, психологическая помощь, социализация, интеграция в общество. Kirish. Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga samarali qo‘shish, ularning psixologik holatini mustahkamlash hamda ijtimoiylashuviga yordam berish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda nomoddiy madaniy meros vositalari samarali yordam beradi. Xalq an’analari, folklor va ijodiy tadbirlar bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilishi bilan ahamiyatlidir. U oʻz 57 nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun maxsus dasturlar va shart-sharoitlar yaratish haqida so‘z yuritdi. Bunda alohida ehtiyojga ega bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimini kengaytirish; bunday shaxslarni san’at, sport, kasbiy ta’lim va boshqa sohalarda rivojlantirishga ko‘maklashish; imkoniyati cheklangan shaxslarning mehnat bozori talablariga mos keladigan kasblarni egallashi uchun imkoniyatlar yaratish masalalari taʼkidlandi. Insonning psixologik rivojlanishi hayotning har bir bosqichida turli xil o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar rivojlanishida turli xil psixologik o‘zgarishlar kuzatilib, ular jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy jihatlardan sogʻlom bolalardan farq qiladi. Avvalambor, ularda hissiy barqarorlikning pastligi kuzatiladi. Bolalar tez-tez stress, qo‘rquv va xavotirni boshdan kechiradi. O‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi yaqqol namoyon boʻladi. Hayotga yoki biror narsaga motivatsiya va qiziqishning sustligi seziladi. Ayniqsa, ta’lim jarayoniga bo‘lgan motivatsiya past bo‘lishi mumkin. Shu tifayli yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari aqliy cheklovlar bolalarning o‘rganish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy imkoniyatlarining cheklanganligi esa ularning atrof-muhit bilan samarali muloqot qilishini qiyinlashtiradi. Bu yoshda imkoniyati cheklangan bolalar hatto oʻz hissiyotlarini tushunish va ifoda etish qobiliyatining sustligidan aziyat chekadi. Atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moslashishda sekinlik kuzatiladi. Bu psixologik oʻzgarishlar imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida turli xil muammolarni yuzaga chiqaradi. Bu muammolar darajasi asosan ularning jismoniy va psixologik holati, shuningdek, jamiyatdagi qabul qilish darajasiga bog‘liq. Boshqa bolalar bilan teng muloqot qilish qobiliyatining pastligi, o‘z qobiliyatlariga mos kelmaydigan muhitda o‘zlarini cheklangan his qilish, jamoaviy mashg‘ulotlar yoki o‘yinlarda ishtirok etishda qiyinchilik, yetakchilik qilish yoki jamoada rol o‘ynash qobiliyatining pastligi, ko‘pincha boshqa bolalar tomonidan to‘liq qabul qilinmaslik holatlari ularda izolyatsiya hissini kuchaytiradi va ijtimoiy rivojlanishni cheklaydi. Mustaqillikning past darajasi qiyin vaziyatlarda qaror qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hayotiy ko‘nikmalarning sust rivojlanishi sababli doimiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezishadi. Kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar rivojlanishida psixologik va ijtimoiy qiyinchiliklar ularning hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun: Har bir bolaning ehtiyojlariga mos tarzda yondashish va ta’lim dasturlarini shaxsiylashtirish; Oila, jamiyat va ta’lim tizimining bolalarga ko‘proq e’tibor qaratishini taʼminlash; Nomoddiy madaniy meros elementlaridan: xalq ertaklari, milliy qo‘shiqlar va madaniy mashg‘ulotlar orqali ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishini rag‘batlantirish zarur. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda psixologik yordam ularning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy moslashuviga katta
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to the significance of using intangible cultural heritage in providing psychological support to primary school-aged children with disabilities, focusing on the role of intangible cultural her…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to the significance of using intangible cultural heritage in providing psychological support to primary school-aged children with disabilities, focusing on the role of intangible cultural her… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Children with disabilities, intangible cultural heritage, psychological support, jamiyatga integratsiya., psixologik yordam, nomoddiy madaniy meros, ijtimoiylashuv, imkoniyati cheklangan bolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026