К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TAʼLIMDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA AMALIY OʻQUV VA STAJIROFKALARNING AHAMIYATI

Kamola Sayfutdin qizi Fayzullayeva

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Oliy taʼlim jarayonida talabalarda innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini shakllantirishning oʻziga xos jihatlari haqida fikrlar va ushbu yoʻnalishdagi turli xil farmonlar haqida yozilgan. Maqolaning asosiy mazmun mohiyati oliy talim jarayonida kasbiy yondashuvlar boʻladi va ular haqida misollar keltirilgan. Kalit soʻzlar: jarayonida talabalarda innovatsion, Taʼlim to‘g’risida, milliy dastur. Kirish qismi: O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim siyosatining asosiy mohiyati barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta’lim tizimining uzluksiz rivojlanishini kafolatlovchi asosiy hujjatlardir. Bu hujjatlarda ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy tamoyillari, pedagogik jarayonning uzviyligi va tizimlilikka erishish yo‘llari belgilangan. Mazkur yondashuv nafaqat nazariy bilim berish, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi. Malakali pedagog mutaxassislarni tarbiyalashda pedagogika oliy taʼlim muassasalari alohida o‘rin tutadi. Jumladan, hozirgi kunda akademik litsey va o‘rta maxsus, kasb-xunar kollejlariga pedagog mutaxassislarni yetishtirib berishda Toshkent davlat pedagogika universiteta tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Aynan shu oliy taʼlim muassasasida boʻlajak kasb taʼlimio‘qituvchilarini mutaxassislik fanlari asoslari bilan tanishtirish, ularning puxta o‘zlashtirilishini taʼminlash, shuningdek boʻlajak kasb taʼlimi o‘qituvchilarida kasbiy faoliyat koʻnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Asosiy qism: So‘nggi yillarda aynan kasb taʼlimi mazmunini takomillashtirishni taʼminlovchi Davlat taʼlim standartlari ishlab chikildi. Bundan tashqari kasb taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari, takomillashgan ukuv dasturlari, darsliklar xamda kullanmalarning yaratilishiga eʼtibor karatildi. Kasb taʼlimio‘qituvchisini tayyorlash o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning tugʻri tanlanishi, ularning oʻquv material hajmi, oʻquv material mazmuni, oʻtish vaqti, nazariy oʻquv material hajmi, amaliy taʼlim hajmi va boshqalarni ilmiy asosda tashkil qilish, davr talabiga javob beradigan mutaxassis darajasidagi kasb taʼlimi o‘qituvchisini tayyorlashni taʼminlaydi. Xozirgi kunda pedagogika oliy taʼlim muassasalari kasb taʼlimi yo‘nalishlarini bitirganlar kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda muvaffaqiyatli kasbiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kasb taʼlimi taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlash masalalari bo‘yicha koʻplab olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Bu ishlarda kasb taʼlimi o‘qituvchisi tayyorlash muammosining turli tomon va qirralari yoritilgan bo‘lib, quyida biz ularning ayrimlarini taxlil qilmoqchimiz. V.D.Simonenkoning ishlarida mexnat taʼlimi mashgʻulotlari, IV-VIII sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish ishining mazmuni, shakllari usuli hakida maʼlumotlar berilgan boʻlib, 52 texnik, qishlok xoʻjalik va maishiy xizmat ko‘rsatish mexnati jarayonida shu soxa vakillari bilan tanishtirish, ularning faoliyati moxiyati, mazmuni, ishlab chiqaradigan maxsulotlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish mashg’ulotlarining taxminiy rejalari keltirilgan. U.N.Nishonaliyev pedagogika oliy taʼlim muassasasi amaliyotini, chuqur xar tomonlama taxlil etib, kuyidagi xulosalarga kelgan, amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘quv rejalariga maxsus kurslar va maxsus seminarlar kiritish zarur, chunki ular bo‘lajak mexnat va kasb taʼlimi o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini shaksiz oshirish imkonini berishini taʼkidlab o‘tgan. Bo‘lajak mexnat va kasb taʼlimi taʼlimi o‘kituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishda o‘quv-uslubiy majmualarning rolini A.R.Xodjaboyev o‘zining doktorlik dissertatsiyasida xamda undan keyingi ishlarida mukammal tadqiq etgan. N.A.Muslimov kasb taʼlimi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishda motivatsion sifatlar, intellektual saloxiyat, xissiy, irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va o‘z- o‘zini boshqarish layoqatlarini tarkib toptirishga qaratilgan zamonaviy taʼlim - kasb taʼlimi o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘taruvchi yaxlit tizimning tarkibiy qismi, oliy taʼlim muassasalarida kasb taʼlimi o‘qituvchisini tayyorlash jarayonining pedagogik shart-sharoitlari xamda vositalarini aniqlashda asos bo‘ladi deb qayd etgan. A.I.Avazboyev o‘quv predmetlarini mazmunini integratsiyalash asosida mexnat va kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Sh.S.Sharipov talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning pedagogik sharoitini mexnat va kasb taʼlimi fakultetlari misolida keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib zarur xulosa va tavsiyalar keltirgan. O.A.Kuysinov kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil taʼlimni tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oliy taʼlim jarayonida talabalarda innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini shakllantirishning oʻziga xos jihatlari haqida fikrlar va ushbu yoʻnalishdagi turli xil farmonlar haqida yozilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oliy taʼlim jarayonida talabalarda innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini shakllantirishning oʻziga xos jihatlari haqida fikrlar va ushbu yoʻnalishdagi turli xil farmonlar haqida yozilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy dastur., jarayonida talabalarda innovatsion, Taʼlim to‘g’risida
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники