К содержанию
РецензированоUZ2026

IBN XALDUN FALSAFASI VA UNING IJTIMOIY NAZARIYALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI · Nazirov Sherzodbek Rustamsher o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari, falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan. Uning hayoti va u qoldirgan meros “Muqaddima” asaridagi falsafiy g’oyalari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: “Muqaddima”, “asabiyya”, sotsiologiya, siyosatshunoslik, geosiyosat, tarixshunoslik, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, “Kitab ul-ibar”, axloq, qon-qarindoshlik, guruh hissi, ijtimoiylik, ibtidoiylik. Ibn Xaldun (1332-1406) Sharq falsafasi va ijtimoiy fanlar tarixida alohida o’rin egallagan mutaffakirlardan biri hisoblanib, uning falsafasi va nazariyasi zamonaviy ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan hissa qo’shgan. Ibn Xaldunning eng mashxur asari “Muqaddima” bo’lib, unda u tarix, sotsiologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik fanlarining asosiy tamoyillarini o’ziga xos tarzda falsafiy yondashuvda bayon qilib o’tgan. Ibn Xaldun Abu Zayd ibn Muhammad (1332-yil 27 may, Tunis- 1406-yil 17-mart, Qohira)-arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushd izdoshi. 1349-1375 yillarda Tunis, Fes, G’arnota, Bujioya(Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi bo’lgan. Asosiy asari: “Kitob ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”, 1370). Asarda Ibn Xaldun jamiyat xususida o’z fikrlarini hamda sharq musilmon xalqlari tarixini bayon qilgan. Ibn Xaldun kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bog’liq hisoblagan. Agarda Ibn Xaldun o’z tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bog’liqligini hamda mexnat va kishilarning o’zaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Ibn Xaldun tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan1. Ibn Xaldun jamiyatni rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilishga urinib ko’rgan ilk olimlardan biridir. Ibn Xaldun jamiyatlar rivojlanishi va sivilizatsiyalar rivojlanishini davriy jarayon deb ta’riflagan. U jamiyatning rivojlanishi, gullab-yashnashi va tanazzulga yuz tutishini tahlil qilgan. Ibn Xaldun inson ibtidosining hayvonot olami ichida bo’lgan vaqtini yovvoyilik (tavaxxush) deb atashgan. Inson tabiati qo’ynida faoliyat yuritar ekan, kichik jamiyatlarga (ijmo) uyushib yashashni boshlashdi. Ijmo bu jamiyat, u o’z taraqqiyoti davrida ikki bosqichni ibtidoiylikni (badaviya) va tamaddun (hadaro) bosqichlarini bosib o’tadi2. Barbarlik bosqichi- qabilalar va xom-ashyo iqtisodga asoslangan jamiyat. Madaniyat bosqichi- iqtisodiy rivojlanish va kuchli ijtimoiy tuzilmalar shakllangan davr. Inqiroz bosqichi- haddan tashqari farovonlik vaa ma’muriy tizimning zaiflashishi oqibatida tanazzul. Asabiyya (ijtimoiy birdamlik) nazariyasi. Ibn Xaldun “asabiyya” atamasi bilan jamiyatning birlik va birdamlik ruhini ifoda etadi. Unga ko’ra, asabiyya jamiyatning mustahkamlanishida asosiy omil bo’lib, uning zaiflashishi jamiyatning parchalanishiga olib 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Xaldun 2 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1. с. 94 55 keladi. Tarjimonlar “al-asabiyya” atamasining turli ta’riflari va tarjimalarini taklif qilganlar masalan, “ijtimoiy birlik”, “birdamlik”, “guruh hissi”, “esprit de”, “ibtidoiy birdamlik hissi” va “irratsional birdamlik hissi”. Ba’zilar al-asabiyyani tajovuzkor qabila kuchi va mantiqsiz birdamlik hissi sifatida belgilagan va hokimyatga intilish sifatida tushinilgan. Ibn Xaldun “asabiyya” atamasini quyidagi ma’nolarda qo’llaydi: 1. Qon-qarindoshlik aloqasi. 2. Qon-qarindoshlik munosabatlari orqali bog’liq bo’lgan odamlar guruhi. 3. Qon-qarindoshlik munosabatlari asosida shakllangan birdamlik hissiyoti. Ibn Xaldun ijtimoiy hayotiy tartibning bo’rtib turuvchi o’zak omili taassub deb biladi. Endi “asabiyya”, ya’ni “taassub” tushinchasining mohiyatini va jamiyat xayotidagi o’rnini o’rganib chiqamiz. Jamiyat ibtidoiylikdan tamaddunga o’tar ekan, shu bilan bir vaqtda bu jarayon ibtidoiy demokratiya va tengsizlik munosaabatlaridan bo’ysunish, boshqarish munosabatlariga o’tishini ham o’zida ifoda etadi. ibtidoiylik bosqichida odamlarni bog’lab turadigan munosabatlarni Ibn Xaldun “asabiyya” deb nomlangan3. Ibn Xaldun falsafiy qarashlaridan yan bir muhimi bu mexnat va iqtisodiyotning roli. Ibn Xaldun iqtisodiy faoliyatini jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ko’rgan. Mehnat va ishlab chiqarishning o’sishi jamiyatning boylik yaratish va madaniy yuksalishi imkoniyatlarini kengaytiradi. Uning ijtimoiy nazariyalarga ta’siri. Ibn xaldunning ijtimoiy falsafasi hozirgi zamonaviy ijtimoiy fanlarga asos bo’lib xizmat qilgan. Uning asarlari Yevropa va Islom dunyosida tarix, sotsiologiya va iqtisodiyotning rivojiga quyidagicha ta’sir ko’rsatdi: 1. Ibn Xaldun ko’plab mutaxassislar tomonidan “sotsiologiya fanining asoschisi” deb e’tirof etiladi. U jamiyatni o’z-o’zini tashkil qilish tamoyillari, ijtimoiy o’zgarishlarni va guruhlarning o’zaro

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari, falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari, falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“asabiyya”, guruh hissi, sotsiologiya, “Kitab ul-ibar”, geosiyosat, axloq, ijtimoiylik, “Muqaddima”, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, ibtidoiylik., qon-qarindoshlik, tarixshunoslik, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3