American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBALARINI TADBIQ ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Nosirov Muzaffar Tolib o’g’li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida yuqori natijalarni ko‘rsatgan mamlakatlarning ta’lim sifatini baholash tizimi o‘rganilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida Singapur, Finlyandiya, Xitoy Xalq Respublikasi kabi davlatlar keltirilgan. Kalit so`zlar: PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlari, o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, ta’lim sifati, ta’lim sifatini boshqarish. BMT ning Ta’lim darajasi indeksida 2020 yil ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston 189 mamlakat orasida 71 o‘rinni egalladi1. Bu albatta, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning, uzluksiz ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi va aholining 99,9 foizining maktab ta’limiga jalb etilganligining natijasidir. Ammo zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda bolalarning maktabga jalb etilishining va savodxonligining o‘zi yetarli emas. Ularda ta’limning sifati boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasi, o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasi, o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasi, rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlari ushbu davlatlarda ta’lim sifatini aniqlab beradi. Ta’lim sifatini baholash - mezonlar, ko‘rsatkichlar va boshqalardan foydalangan holda turli yondashuvlar, tartiblar asosida amalga oshiriladigan murakkab, ko‘p qirrali jarayon. Ta’lim sifati ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyati sifatida aniqlanishi mumkin, u amalda erishilgan ta’lim natijalari va ta’lim jarayonini tartibga solish talablariga, ijtimoiy va shaxsiy talablarning shartlariga muvofiqlik darajasini aks ettiradi. Ta’lim sifati o‘quv adabiyotlarining sifati va standartlarga javob berishidan, o‘qituvchining bilim va tajribasigacha bo‘lgan tizimni o‘zida aks ettiradi. Ushbu bo‘yicha N.A. Zaichenko «ta’lim xizmatlari sifatining akkumulyatorlari” ro‘yxatiga quyidagilarni kiritadi: resurslar sifati - kadrlar, kitoblar, moliya, kapital resurslari, o‘quv bazasi, axborot; muassasalarning sifati - rasmiy va norasmiy qoidalar – maktabdagi o‘quv jarayoni, obro‘si, maqomi; tashqi muhit sifati - hudud, aholi, ekologiya ; faoliyat natijasi sifati: yagona davlat imtihoni, akkreditatsiya ko‘rsatkichlari, maktab uchun tanlovning mavjudligi; 1 Почему в Сингапуре лучшая в мире система образования? // https://orensau.ru/ru/obuchenie/pochjemu- vsingapurje-luchshaja-v-mirje-sistjema-obrazovanija 58 ijtimoiy kapitalning sifati: otaonalar va bolalar - maktab kontingentini tashkil etuvchi oilalar sifati; xususiy investorlarning mavjudligi3 . Ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘rsatkichlariga o‘quv sharoitlari, inson salohiyati (oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushi, yuqori toifadagi o‘qituvchilarning ulushi, 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilarning ulushi, nafaqaxo‘rlarning ulushi, professoro‘qituvchilar tarkibi, o‘quv yuklamalari bo‘yicha o‘qituvchilarning taqsimlanishi, boshqaruv ma’lumotiga ega bo‘lgan rahbarlarning ulushi), sog‘liqni saqlash (1 va 2-sog‘lomlashtirish guruhlari talabalari ulushi, 100 o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan jarohatlar soni, issiq ovqat bilan ta’minlangan talabalar ulushi), sinfdan tashqari ishlar (sport seksiyalariga jalb qilingan o‘quvchilar ulushi, ijodiy jamoalarga jalb etilgan o‘quvchilar ulushi) kabilar kiradi. Singapur ta’lim tizimiga kelsak, ko‘pincha unga nisbatan «mo‘jiza» atamasi qo‘llaniladi. Darhaqiqat, bor-yo‘g‘i 45 yil ichida birorta ham xalqqa ega bo‘lmagan qashshoq davlatda dunyodagi eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimlaridan birini yaratishi hayratlanarli. So‘nggi o‘n yil ichida Singapurlik maktab o‘quvchilari PIRLS, TIMSS, PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha birinchi o‘rinlarni mustahkam egallab kelmoqda. Uning bunday muvaffaqiyatli tajribasi quyidagicha asoslanadi. Singapur - Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo xaritasida paydo bo‘lgan juda yosh davlat. 1960-yillarga qadar Buyuk Britaniyaning kichik ko‘p millatli mustamlakasida umumiy ta’lim tizimi mavjud emas edi. Hukumat ingliz maktablarini asosan mustamlakachilar bolalari uchun olib bordi, asosiy etnik guruhlar - xitoylar, hindlar va malaylar - ingliz tilini bilmas va oliy ta’lim olish imkoniyatiga ham ega emas edi. Mustaqillikka erishgach, qashshoqlik va ishsizlikka qaramay, hukumat inson kapitaliga sarmoya kiritishga qaror qildi. U «intellektual modernizatsiya» va yagona millat shakllanishiga urg‘u berdi. Hozirgi bosqichda Xitoyning o‘rta va oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha strategik rejasi 2002 yilda Xitoy Kommunistik partiyasining 16-s’ezdida tasdiqlangan 2020 yilgacha mamlakatda kichik farovonlik jamiyatini qurish rejalari orqali amalga oshirildi. 2020 yilga kelib ushbu mezonlar quyidagi istiqbollarni nazarda tutadi: to‘liq o‘rta maktab darajasida ta’limni keng
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida yuqori natijalarni ko‘rsatgan mamlakatlarning ta’lim sifatini baholash tizimi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida yuqori natijalarni ko‘rsatgan mamlakatlarning ta’lim sifatini baholash tizimi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- PIRLS, o‘qish savodxonligi, TIMSS, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, PISA va TALIS kabi xalqaro baholash tadqiqotlari, ta’lim sifati, ta’lim sifatini boshqarish.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021