Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXBOROT BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI · Shononova Gulsanam Shavkat qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 6 · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarining shakllanishi ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. O‘quvchilarga axborotlarni to‘g‘ri topish, tahlil qilish, ishlatish va uzatish ko‘nikmalarini o‘rgatish nafaqat ma’lum bir sohada muvaffaqiyatga erishishga, balki umumta’lim maqsadlarining amalga oshirilishiga ham xizmat qiladi. Shu boisdan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyati tobora ortib boraytgani haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: axborot, bilim, malaka, ko‘nikma, axborot texnologiyalari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, interfaol o‘yinlar, vizual vositalar Kirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022- yil 10- oktabrdagi “zamonaviy maktab darslikarini tajriba-sinovdan o’tkazish hamda maktab ta’limi sifatini oshirish to’g’risida”gi 14-sonli bayoni, Prezident Administratsiyasining 2023 –yil 27- apreldagi 08-740-sonli xatiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023- yil 15 –maydagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejani tasdiqlash to’g’risida” gi 115 –sonli buyrug’iga asosan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-sinfdan boshlab o’qitilishi belgilandi.Mazkur bayon ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-2024 o’quv yilidan 1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Zamonaviy jamiyatni haqli ravishda axborotlashtirilgan deb atash mumkin, chunki uning o’ziga xos xususiyati shundaki, biz hamma joyda axborot bilan o’ralganmiz. Аxborot аsri va zаmonаviy jаmiyаt bolаlаrdаn hаtto boshlаng’ich mаktаbda hаm olishlаri mumkin bo’lgаn kаttа miqdordаgi mа’lumotlаrni olish, shаrhlаsh va bаholаsh qobiliyаti kаbi muhim ko’nikmаlаrgа egа bo’lishni tаlаb qilаdi. Axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini tushunish o‘quvchilarning axborotlarni qidirish, tahlil qilish, tanlash, ishlatish, taqdim etish va baholash imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘quvchilarga notanish axborot manbalaridan foydalanish, mustaqil bilim olish, ilmiy-tadqiqot ishlari va yozma ishlarda muvaffaqiyat qozonish imkonini yaratadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta'lim jarayoniga ta'siri boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. O‘quvchilarga axborotlarni izlash, tanlash, tahlil qilish, taqdim etish va baholash ko‘nikmalarini o‘rgatish nafaqat ularning mustaqil fikrlashiga yordam beradi, balki ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi. Maqolada bu jarayonni shakllantirish usullari va olimlarning fikrlari keltirilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda birinchi navbatda, axborotning to‘g‘ri tushunilishi muhimdir. Axborotning mohiyati va unga tegishli ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘quvchilarning ta'lim jarayonidagi faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirishga 7 yordam beradi. Shu bilan birga, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda bir qator olimlar tomonidan bildirgan fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jean Piaget – kognitiv rivojlanish nazariyasining asoschisi bo‘lgan shveysariyalik olim, bolalar bilim va axborotni qanday qabul qilishlarini o‘rganishga katta e'tibor qaratgan. Piagetning ta'kidlashicha, bolalar o‘z bilimlarini amaliy tajriba orqali rivojlantiradilar. Uning fikriga ko‘ra, axborot bilan ishlashni o‘rgatishning samaradorligi, o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratishdan kelib chiqadi. Piagetning bu yondashuvi boshlang‘ich sinfda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi degan purma’no fiklarini berib o‘tdi . Qolaversa, Lev Vygotsky – rus psixologi va ta'lim nazariyasining yetakchi vakili, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘quvchilarning ijtimoiy muhitda o‘rganishini ta'kidlaydi. Vygotskyning fikriga ko‘ra, bolalar faqatgina atrofidagi kattalar va tengdoshlar bilan muloqot orqali bilish jarayonini rivojlantiradilar. Bu yondashuv boshlang‘ich sinfda guruh bo‘lib ishlash, muhokama qilish va axborot almashishning samarali usulini ta'minlaydi. Vygotskyning bu nazariyasi o‘quvchilarning axborot bilan ishlashdagi ko‘nikmalarini rivojlantirishda hamda guruh faoliyatini tashkil etishda o‘z aksini topadi. Tadqiqot metodologiyasi va natijalar. O‘qituvchilarning roli va axborot bilan ishlashni o‘rgatishning asosiy usullari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qituvchilarning roli juda katta. Ular o‘quvchilarga axborotni to‘g‘ri qabul qilish va undan samarali foydalanishning ahamiyatini tushuntirishlari kerak. Quyidagi usullarni ishlatish axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali bo‘lishi mumkin: a) O‘quvchilarga mustaqil qidiruv faoliyatini tashkil etish O‘quvchilarga mustaqi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarining shakllanishi ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarining shakllanishi ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ko‘nikma, axborot, bilim, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, malaka, vizual vositalar, interfaol o‘yinlar, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026