Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIRISHDA SUV RESURSLARINI INTEGRALLASHGAN MAVJUD AXBOROT BOSHQARUV TIZIMLARINI SOLISHTIRISH VA ENG AFZALINI TANLAB OLISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Egamberganova Fazilat Shuhratovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv resurslarini boshqarishning zamonaviy integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari tahlil qilingan. GIS, SCADA, IoT va DSS tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari o‘rganilib, ularning samaradorligi solishtirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, IoT va DSS texnologiyalarini birlashtirgan holda qo‘llash eng maqbul yechim ekanligi aniqlangan. Ushbu yondashuv suv resurslaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Kalit soʻzlar: Qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari, boshqaruv tizimlari, axborot texnologiyalari, suvni tejash, agrotexnologiya, suv resurslarini boshqarish, qishloq xoʻjaligi resurslarini optimallashtirish, ma'lumotlar tizimi, resurslarni samarali boshqarish, agrotexnik xizmatlar, mahsulot yetishtirish, boshqaruv samaradorligi, tizimlar arxitekturasi, raqamli qishloq xoʻjaligi, yasama intellekt, tashqi va ichki manbalar, ekologik barqarorlik, agro-texnologik innovatsiyalar. Qishloq xoʻjaligi sektori insoniyat hayoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning samarali rivojlanishi va barqarorligi, ayniqsa, suv resurslarining oqilona boshqarilishiga bogʻliqdir. Suv, qishloq xoʻjaligi uchun eng zaruriy resurslardan biri boʻlib, uning tejamkor va optimal ishlatilishi orqali agrotexnologiya va mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, bugungi kunda axborot texnologiyalari va integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari (AIBT) qishloq xoʻjaligi sohasida muhim vosita sifatida ajralib turadi. Axborot boshqaruv tizimlari qishloq xoʻjaligi resurslarini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida suv resurslarini boshqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonini monitor qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va texnik xizmatlarni samarali tashkil etish imkoniyati paydo boʻladi. Suv resurslarini boshqarish tizimlarining samarali ishlashini taʼminlashda integrallashgan axborot tizimlari muhim rol oʻynaydi, chunki ular turli manbalardan olingan maʼlumotlarni birlashtiradi va yagona tizimda analiz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, integrallashgan tizimlar orqali qishloq xoʻjaligi sohasida resurslarni samarali boshqarish va raqamli qishloq xoʻjaligiga oʻtish imkoniyatlari kengayadi. Yasama intellekt va maʼlumotlar tizimlari yordamida resurslarni tejash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yuqori sifatda yetishtirish mumkin boʻladi. Tizimlar arxitekturasi va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirishga yordam beradi. 8 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi suv resurslaridan samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Mamlakatda suv ta‘minoti tizimlari qishloq xo‘jaligining barqarorligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, mavjud suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni oshirish zarurati yuqori darajada dolzarb bo‘lib qolmoqda. Suv resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar va integrallashgan axborot boshqaruv tizimlaridan foydalanish suv iste‘molini optimallashtirish va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada suv resurslarini boshqarishda keng qo‘llanilayotgan to‘rt asosiy axborot boshqaruv tizimi — GIS (Geographic Information System), SCADA (Supervisory Control and Data Acquisition), IoT (Internet of Things) va DSS (Decision Support System) tizimlari ko‘rib chiqiladi. Tizimlarning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida eng samarali tizim aniqlanadi. Suv resurslarini boshqarishning zamonaviy tizimlari, masalan: ● GIS (Geographic Information System): Suv resurslarini kuzatish va rejalashtirishda foydali. ● SCADA (Supervisory Control and Data Acquisition): Suv resurslari monitoringi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi. ● IoT (Internet of Things): Sensorlar orqali suv iste’molini real vaqt rejimida nazorat qilish. ● DSS (Decision Support System): Suvni boshqarish uchun qaror qabul qilishga yordam beruvchi tizim. Axborot boshqaruv tizimlarining solishtirilgan afzalliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligida agrotexnik xizmatlarni rivojlantirish va mahsulot yetishtirishda ekologik barqarorlikni taʼminlash kabi omillar ham muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligida suvni tejash va optimal ishlatish texnologiyalari yordamida resurslarni samarali boshqarish hamda agro-tekhnologik innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. 1. GIS (Geographic Information System) GIS tizimi geografik ma‘lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va boshqarish uchun ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida GIS tuproq, o‘simlik holati va suv manbalarini aniqlashda foydalaniladi. ○ Afzalliklari: Suv resurslarini geografik nuqt
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv resurslarini boshqarishning zamonaviy integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv resurslarini boshqarishning zamonaviy integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tizimlar arxitekturasi, resurslarni samarali boshqarish, tashqi va ichki manbalar, agrotexnologiya, agrotexnik xizmatlar, axborot texnologiyalari, agro-texnologik innovatsiyalar., ekologik barqarorlik, suv resurslari, boshqaruv samaradorligi, mahsulot yetishtirish, qishloq xoʻjaligi resurslarini optimallashtirish, ma'lumotlar tizimi, suvni tejash, suv resurslarini boshqarish, integrallashgan axborot boshqaruv tizimlari, yasama intellekt, boshqaruv tizimlari, Qishloq xoʻjaligi, raqamli qishloq xoʻjaligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024