Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI BOSHQARISH
NEW RENAISSANCE · Bekmuratov A.S.
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article contains information about the reforms in the work organs carried out in the upbringing of the feeling of love of youth for the motherland, the contribution of the Internal Affairs organs to the active participation of personnel in the upbringing of personnel, adding them to the maturity of mature specialists in the spirit of National Education. Keywords: love for the motherland, upbringing, youth, internal affairs units, opportunities, military, soldier Аннотация. В данной статье представлена информация о проводимых реформах органов делопроизводства по воспитанию у молодежи чувства любви к Родине, о вкладе органов внутренних дел в активное участие в воспитании кадров в их становлении зрелыми специалистами в духе национального воспитания. Ключевые слова: любовь к Родине, воспитание, молодежь, органы внутренних дел, возможности, военный, солдат. Respublikamizda ichki xavfsizlikni ta`minlash aholining tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning sha‟ni, qadr-qimmati, huquqi, erkinligi, qonuniy manfaatlari va barqaror taraqqiyotini har qanday ko'rinishdagi tajovuzlardan himoya qilish borasida ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi yaxlit ormativ-huquqiy baza shakllantirildi. Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida yangi dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay o'zgarmoqda. Biz kelajakda el- yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma`nodagi xalqparvar ichki ishlar tizimini yaratishimiz kerak. Iistiqlol sharofati bilan yurtimizda boshqa sohalar kabi ichki ishlar organlariga alohida e`tibor berilmoqda. 557 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Bu soha halqimizning himoyachisi va ko`makchisiga, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishning ishonchli garoviga aylandi. Ayniqsa, so`nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ushbu tizimni tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarini aholiga o`z vaqtida va sifatli yordam ko`rsatadigan, har bir xodimi tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni o`z xizmat burchi deb biladigan ijtimoiy yo`naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga imkon bermoqda. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida bosib o`tilgan yo`l va orttirilgan tajriba, erishilgan yutuqlar, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni xolisona baholash, ayni vaqtda bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni tahlil qilish asnosida ichki ishlar organlari oldiga o`z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bo`yicha yangi vazifalar qo`yilmoqda. O`tgan qisqa davr ichida ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Vazirlik sohaviy xizmatlari va hududiy bo`linmalarining vazifa va funktsiyalarini maqbullashtirish bo`yicha institutsional yondashuv, shuningdek, tizimga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasi va maishiy sharoitlarini yaxshilash kabi amaliy ishlar ularning o`z xizmat vazifalarini mukammal bajarishlari uchun munosib shart-sharoit yaratish imkonini bermoqda. Bugungi kunda rahbar xodimlarning o`z faoliyati yakunlari yuzasidan aholi oldida hisobot berish tartibi, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, xodimlarning mas`uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Eng asosiysi, tizimdagi bu o`zgarishlar mamlakat rahbariyatining doimiy diqqat e`tiborida bo`lib kelmoqda. Yurtboshimizning mamlakat hududlari bo`ylab qilinayotgan safarlarida, albatta, u erda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan bevosita tanishayotganligi, qisqa vaqt ichida bu boradagi ishlarning ahvoli bir necha marta Prezident huzuridagi yig'ilishlarda keng muhokama etilayotganligi buning isbotidir. Xulosa qilib aytganda yoshlarning milliylik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon bo‘lib, bunda dastlab o‘quvchilarga vatanparvarlikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi, avvalo, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar, bu xildagi hatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda vatanparvarlik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi. 558 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1
Доказательный фрагмент
«This article contains information about the reforms in the work organs carried out in the upbringing of the feeling of love of youth for the motherland, the contribution of the Internal Affairs organs to the active pa…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article contains information about the reforms in the work organs carried out in the upbringing of the feeling of love of youth for the motherland, the contribution of the Internal Affairs organs to the active pa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- love for the motherland, upbringing, youth, internal affairs units, opportunities, tarbiya, yoshlar, imkoniyatlar, Ichki ishlar orgonlari, askar., Vatanga muhabbat, harbiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015