К содержанию
РецензированоUZ2026

QUDUQ STVOLINING MUSTAHKAMLIGINI USHLAB TURISH UCHUN INGIBIRLANGAN BURG‘ILASH ERITMALARINI QO‘LLASH VA UNI ASOSLASH

YENGILLASHTIRILGAN BURG‘ILASH ERITMALARINING · QO‘LLANILISHINI ASOSLASH · Mirzayev Ergash Safarovich · O‘zbekiston Respublikasi (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti) · Мирзаев Эргаш Сафарович (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti)

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026

Аннотация

In the process of drilling oil and gas wells, high demands are placed on the properties and parameters of drilling fluids. This article scientifically proves that the wrong choice of properties and parameters of the solution when opening formations with abnormally low formation pressure causes great complications. Keywords: aeration, globules, foaming agent, gas flow, explosions. Aeratsiyali yuvuvchi eritmalar kompressor yordamida suvning oqimiga yoki suvli asosli aralashmaga kerakli miqdordagi havo oqimini haydash yo‘li bilan olinadi. Havo hajmining sarfiga nisbatan aeratsiyalash darajasi shunday hisoblanadiki, burg‘ilash davrida quduq devoriga beriladigan bosim yutilish bosimiga nisbatan kichik bo‘lishi hamda qatlamning bosimidan kichik bo‘lmasligi kerak. Aeratsiyalangan yuvuvchi eritmalardan quduq devoriga beriladigan bosim burg‘ilash rejimiga, uning oqish tezligi va aeratsiya darajasiga bog‘liq. 142 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 Oqimning tezligini oshishi bilan bosim o‘sadi, aeratsiya darajasini kamayishi bilan bosimning ta’siri kamayadi. Aeratsiya darajasining o‘sishi bilan zichlik pasayadi, yuvuvchi eritmaning qovushqoqligi pasayadi va boshqa xossalari ham o‘zgaradi [1]. Kiruvchi oqimdagi havo pufakchalarining zichligi kichik bo‘lganligi tufayli eritma muhitiga nisbatan sekin siljiydi. Eritmaning oqimi quduq tepasiga yaqinlashgan sayin ularning harakat tezligi oshadi, aeratsiyali eritmaning bosim ustuni kamayadi va pufakchalar kengayadi. Suvda pufakchalarning sakrab o‘tish unchalik katta emas, gilli aralashmalarda umuman kichik. Eritmalardagi havo pufakchalarining sakrashini sekinlashtirish uchun aeratsiyali eritmaga ko‘pik shaklidagi sirt faol moddalar (SFM) qo‘shiladi, qaysiki aeratsiyali eritmada mayda-mayda globullar paydo bo‘ladi va so‘ngida ko‘pikka aylanadi. Bo‘limning sirt yuzasiga singib “havo-eritma muhit”, glabullarni havoga katta pufakchalar holida ajralib chiqib ketishiga SFM to‘sqinlik qiladi va ko‘piklarning barqarorligini oshiradi. Ko‘pik shakllantiruvchi SFMning ta’sir samaradorligi suvning minerallanganlik darajasiga va parchalangan jins zarrachalarining tarkibiga bog‘liq [2,3].Sulfanat va etil oksid polifenolning OP-10 aralashmasi chuchuk va tuzli suvlarga eng samarali ta’sir qiladi. Undan gilli va loysiz jinslarni burg‘ilashda foydalanish mumkin. Barqaror ko‘piklar tiksotrop xossasiga ega. Ko‘piklar qo‘llanilganda parchalangan jinslarni olib chiqish yaxshilanadi, mahsuldor qatlamlarning ifloslanishi kamayadi, kompressorning kerakli quvvati sezilarli darajada pasayadi. Minerallangan suvli aeratsiyali eritma yoki ko‘piklar yordamida quduqlar burg‘ilanganda yoki yuvilganda, foydalanilganda jihozlarning korroziyasini jadallashtiradi. Korroziyaning oldini olish uchun eritmaga ingibitorlar qo‘shiladi yoki kalsiy gidrooksid qo‘shiladi va uning ko‘rsatkichi eritma muhitida 10 dan kichik bo‘lmasligi ta’minlanadi. 143 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 Quduqning tubini havo yoki gaz yordamida tozalash. Jahon amaliyotida quduq tubini havo yoki gaz bilan tozalash usullari keng qo‘llaniladi, burg‘ilash eritmasining o‘rniga gaz shaklidagi sirkulyatsiya agenti haydaladi. Eritma oqimi yordamida quduqning tubini maydalangan zarrachalardan tozalash texnologiyasi to‘g‘risida ko‘pgina fikrlar bildirilgan, bir qator yutuqlarga ega ekanligi to‘g‘risida oldingi mavzularda fikrlar bildirilgan [4]. Gaz yordamida quduq tubi qanday tozalanadi, yutug‘i bormi yoki kamchiliklarga egami shu to‘g‘risida fikr yuritamiz. Gaz quduq devoriga katta qarshilik bosimini ko‘rsata olmaydi. U qo‘llanilganda qatlamlarda oqim suyuqligini to‘xtatish, barqarorsiz tog‘ jinslarining bo‘kishini yoki oqib ketishini oldini olish qiyin. Gaz tinch turganda parchalangan tog‘ jinslarning mualloq holda ushlab turish xususiyatiga ega emas, ishqalanuvchi sirtga moylash ta’sirini ko‘rsata olmaydi [5]. Shuningdek gaz agentlarini asosan ko‘p yillik muzli va quduq barqaror jinslardan hamda anomollik koeffitsiyentlari kichik, tarkibida gilli zarrachalar kam bo‘lgan tog‘ jinslarini burg‘ilashda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Quduqdagi maydalangan jins zarrachalarini chiqarishda kiruvchi gazning oqimi katta tezlikka ega bo‘ladi. Gazning ko‘tarilishi jarayonida kengayish sodir bo‘ladi va quduq tepasiga chiquvchi oqimning tezligi 10÷20 m/s ga yetadi. Shuning uchun havo bilan tozalashda katta tezlikda oqimni haydovchi kompressorlar qo‘llaniladi va quduq usti talab darajasida germetiklanadi. Agarda burg‘ilash jarayonida haydaladigan oqim bilan uncha katta bo‘lmagan miqdordagi suv kirsa, parchalangan jinslarning tarkibidagi gilli zarrachalar namlanadi, bir- biriga yopishadi va quduq ustunini qisqarishi paydo bo‘ladi [6]. Gazning oqimi bunday to‘siqlarni yo‘q qilishga kuchi yetmaydi. Qisqarish shakllanmasligini oldini olish uchun gaz oqimi bilan

Доказательный фрагмент

«In the process of drilling oil and gas wells, high demands are placed on the properties and parameters of drilling fluids.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the process of drilling oil and gas wells, high demands are placed on the properties and parameters of drilling fluids. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aeration, globules, foaming agent, gas flow, explosions, quyqum, gidratatsiyalanish, namlanish, gorizontal uchastka, kontaktlashish, kollektor xossalari, eroziyalanish, tog‘ jinsi xossalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники