Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Tabiiy suvlar tarkibini energiya dispersion rentgenfluoressent tahlili
Across the Disciplines
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 368–372 · 2026
Аннотация
The amount of elements in natural waters of the Surkhandarya region was determined by the method of energy-dispersive X-ray fluorescence analysis and compared with the results determined by the method of stripping voltammetry. Spectrophotometric methods were used to study the total hardness of the natural water composition, the amount of nitrate ion, sulfate ion, nitrite ion. Seasonal water 100 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 3 monitoring was carried out in different areas of the region and the results of the comparison were studied. Keywords: Natural waters, X-ray fluorescence analysis, total hardness, nitrate ion, sulfate ion, nitrite ion, stripping voltammetry. Kirish. Bugungi kunda insonlar va tabiatdagi tirik organizmlar yashashi hamda rivojlanishi uchun suv eng muhim resurs hisoblanadi. Mintaqamizda iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilik miqdori, еr osti suvlari sathining kamayishi, suvga bo`lgan ehtiyoj ortishi sababli, bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Tabiiy suvlar zahirasi, tozaligini saqlash, zararli kimyoviy moddalar bilan zararlanishini oldini olish, tabiiy suvlarning iste’molga yaroqliligini belgilash uning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlar tarkibidagi mikroelementlar miqdorining ortishiga sabab suv oqimi, tezligi, muhiti, harorati va eruvchanlikning ta’siri bo‘lsa, sanoat korxonalari oqova suvlarini еtarli darajada tozalanmasdan daryo suviga qo‘shilishidir. Demak, oqova suvlarining zararlanganlik darajasini aniqlash, suvdagi mikroelementlar miqdorini kamaytirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot ishlarida ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari tavsiflangan va sement ishlab chiqarishni ekologik modernizasiya qilishning asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan, mualliflarning fikriga ko‘ra, sement changining miqdorini kamaytirish, ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytiradigan yopiq suv ta’minoti tizimini yaratish, chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarilishini oldi olingan [1,2]. Olimlar o‘z ishlarida tabiiy va issiq suvni iste’mol qilish uchun hisoblagichlardan foydalanish iste’molchini suv iste’molini nazorat qilishga undaydi va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘lash bilan solishtirganda xarajatlarni 30-40% ga kamaytiradi deb hisoblaydilar [3,4]. Ushbu tadqiqot ishida suvdagi temir miqdori o‘simliklar va odamlar uchun uning asosiy manbalaridan biri ekanligi hamda еr usti va vodoprovod suvlarida temir tarkibini monitoring qilish yildan-yilga dolzarb vazifa hisoblanishi aytib o‘tilgan. Tadqiqot ob’ektlari daryodan olingan suv namunalari va Krasnoyarsk yaqinidagi 101 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 3 Yenisey, shuningdek, Krasnoyarskning uchta turli tumanlarining kranlaridan olingan quvur suvi tarkibidagi temir ionlarini spektrofotometrik usul bilan aniqlangan [5]. Sanoat korxonlarning oqova suvlarini o‘rganish juda muhim hisoblanib, tabiiy suvlar ifloslanishi tirik organizmlar va atrof-muhitga salbiy ta'siri ortib bormoqda. Surxondaryo viloyatidagi Xandiza koni oqova suvlari tarkibidagi mikroelementlar, og‘ir metallar va uning muhiti spektrofotometrik usulda o‘rganildi. Suvlarning tarkibida temir, qo‘rg‘oshin, rux, mis metallari ionlarining miqdori yuqori ekanligi aniqlandi. Aniqlangan ko‘rsatgichlarga asoslanib keyingi ishlarni amalga oshirish uchun vazifalar belgilanib olindi. [6]. Er osti suvlari va okean sho'r suvlari turli tuzlarning yuqori konsentratsiyasini o'z ichiga oladi va unda mavjud bo'lgan yod ionlari asosan kaliy yodid shaklida bo'ladi. Ular birinchi navbatda maxsus oksidlovchilar ta'sirida oksidlanadi. Chiqarilgan yod geksametilentetramin asosida cho‘ktirilib, uning tarkibi rentgen-fluoressensiya usulida kuzatildi. Ushbu tahlil natijalari tahliliga ko'ra, birikma tarkibidagi aminokislotalar orqali yodid bilan kompleks birikma hosil bo'lganligi taxmin qilingan. [7]. Materiallar va usullar. Tadqiqot ishida Batometr M-1 uskunasi yordamida suvdan namuna olindi, suyuq shisha yordamida sorbsiya, rentgenfluoressent spektroskopiyasi usulida ayrim metallar miqdori aniqlandi. Suv namunalarini olish usuli. Suvdan namuna olishda uziga xos uslubda olinadi agar oqar suv xavzalaridan namuna olinadigan bo‘lsa u holda namuna olish asbobi batometr yordamida aniq belgilangan teng oraliq vaqtda namuna olinadi. Tabiiy suv havzalaridan suv namunasi olishga mo‘ljallangan Batometr M-1 uskunasi yordamida suv namunasi olinib, tahlil ishlari olib borildi. Ochiq suv havzalaridan suv namunalari maxsus namuna oluvchi uskuna yordamida namuna hajmi belgilangan tartibda tahlillarni barchasiga еtarli darajada olinishi shart. Namunaga bayonnoma rasmiylashtirilib, unda manbaning nomi va uning joylashgan joyi, namuna olish sanasi (yil, oy, sana va soat), namuna olish joyi va nuqtasi, ob-havo sharoiti, suv harorati, tekshirish maqsadi keltir
Доказательный фрагмент
«The amount of elements in natural waters of the Surkhandarya region was determined by the method of energy-dispersive X-ray fluorescence analysis and compared with the results determined by the method of stripping vol…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe amount of elements in natural waters of the Surkhandarya region was determined by the method of energy-dispersive X-ray fluorescence analysis and compared with the results determined by the method of stripping vol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Natural waters, X-ray fluorescence analysis, total hardness, nitrate, sulfatlar ioni, inversion voltampermetriya., nitritlar ioni, umumiy qattiqligi, Tabiiy suvlar, rentgenfluoressent tahlili, nitratlar ioni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025